O’quv-uslubiy majmua


«Dominanta» (asos so‘z) o‘yini



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə73/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

«Dominanta» (asos so‘z) o‘yini. Bu o‘yin ham sinonimlar o‘rganilgach o‘tkazilsa, o‘quvchilar uchun qiziqarli va tushunarli bo‘ladi. 0‘qituvchi dominanta atamasi haqida tushuncha bergach, bir necha sinonimik qatomi o‘quvchilarga yozdiradi va dominanta so‘zlami alohida ro‘yxat qilishni topshiradi. Kim xatosiz aniqlab chiqsa, shu o‘quvchi o‘yin g‘olibi bo‘ladi.
Berilgan so‘zlar:
  1. sovg‘a, hadya, tortiq, armug‘on, tuhfa, in’om;


  1. ovoz, tovush, un, sado, sas, nido;


  2. begona, yot, o‘zga, birov, kishi, notanish, ag‘yor;


  3. samo, ko‘k, osmon, falak, gardun;


  4. o‘tinch, iltijo, iltimos, tavallo, zor;


  5. xo‘rak, emish, ovqat, taom, ne’mat, tamoq;


  6. temperatura, harorat, taft, hovur;


  7. jigarband, xesh, qarindosh, urug‘, avlod, tug‘ishgan, jigar, jigargo‘sha;


  8. to‘zon, g‘ubor, chang, gard;


  9. aqcha, yakan, pul, mullajiring;


  10. ziyo, shu’la, nur, yog‘du;


  11. jinoyat, ayb, gunoh, yoziq;


  12. narsa, buyum, mol, mato (matoh).




Dominant so‘zlar: sovg'a, ovoz, begona, osmon, iltimos, harorat, qarindosh, chang, pul, nur, ayb, buyum, yuz.
2-laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: “Undov va taqlid so’zlar. Qo’shma so’zlarning tuzilishi. Qo’shma so’zlar imlosi”ga oid grammatik jadvallar tayyorlash
I. Mavzu yuzasidan suhbat.
1. Undov va taqlid so’zlar qaysi sinfda o’rganiladi?
2.Undov va taqlid so’lar ham ma’noviy guruhlarga bo’linadimi?
3. Undov va taqlid so’lar yuzasidan qanday jadval tuzish mumkin?
4.Qo’shma so’zlarning tuzilish qoliplari bormi?
5. Qo’shma so’zlar haqida qanday tasavvurga egasiz?
6.Qo’shma so’zlar imlosi haqida tushunchaga egamisiz?
7. Grammatik jadvallar nima uchun kerak?
8. Hamma mavzu yuzasidan ham jadval tuzish mumkinmi?
Qo’shimcha ma’lumot olish uchun tavsiya qilinadi. R. Yo’ldoshev. O’zbek tilidan grammatik jadvallar.Toshkent-1995.
II. Amaliy ishlar bajarish.
1. Quyidagi jadvalni undov so’zlarga moslab to’ldiring, davom ettiring.








2.Bu jadval ham undov so’zlar bo’yicha.

Qo’llanishiga ko’ra turlari












3.Taqlid so’zlar yuzasidan o’zingiz jadval tuzing.



4.Qo’shma so’zlar yuzasidan jadal tuzing va jadvalni to’ldiring.
5. Qo’shma so’zlarning imlosi:
A) Qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlar
B) Ajratib yoziladigan qo’shma so’lar
6.Qo’shma so’zlarning hosil bo’lish qoliplari bo’yicha jadval tuzing


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin