«Berilgan so‘zlarga (masalan, ko‘l, mo‘l va h.k.) tovushdosh so‘zlar top» o‘yini. 0‘quvchilarga berilgan so‘zlaming birinchi, ikkinchi va uchinchi tovushlarini o‘zgartirib tovushdosh so‘zlar (masalan, ko ‘l-kul, qul-qil, qol-holva h.k.) hosil qilish topshiriladi. Topshiriqni birinchi bo‘lib bexato bajargan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi sanaladi.
«Sirli kataklarni to‘ldir» o‘yini. 0‘quvchilarga kataklami toidirib, tovushdosh so‘zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, «toy» so‘zini «soy» so‘zigacha davom ettirish talab etiladi. Namuna: toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy.
Tavsiya etilgan so‘zlar:
bosh, tosh, osh, qosh, yosh, fosh;
bol, pol, tol, sol, qol, mol, hoi, xol.
«So‘z juftlarini davom ettir» o‘yinida o‘quvchilarga san’at- sanat, tal’at—talat, qal’a-qala, ta’na-tana, ta’b-tabsingari so‘zlar berilib, shunday so‘z juftlari tuzishni davom ettirish va ularning ma’nosini sharhlash topshiriladi. Berilgan so‘z juftlarini belgilangan miqdorga (masalan, 15-20 ta so‘z juft) etkazgan o‘quvchi g‘olib deb topiladi. Bu o‘yin o‘quvchilami guruhlarga ajratib, sinf taxtasida ham bajartirilishi mumkin. Qatordagi har bir o‘quvchi doskaga chiqib, bitta so‘z jufti yozadi va bo‘rni ikkinchi o‘quvchiga tutqazadi. 0‘yin shu tartibda davom ettiriladi.
«Ikkala bo‘g‘inida bir xll unli bo‘lgan so‘zlar ro‘yxatini tuzing» o‘yinida birinchi bo‘g‘inida ham, ikkinchi bo‘g‘inida ham bir xil unli qoMlaniladigan so‘zlami (masalan, tutun, butun, uzun, quzg‘un, burgut, uyg‘un, tuyg‘un, mushuk, ustun, uyg‘ur, uchun, uzum, tushum va h.k.) topish va so‘zlar ro‘yxatini muayyan miqdorga yetkazish topshiriladi. Belgilangan miqdorda eng ko‘p so‘z topa olgan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi sanaladi.
«Domino» o‘yinini quyidagicha o‘tkazish mumkin: bir o‘quvchi so‘z aytadi, shu so‘z qaysi harf bilan tugasa, shu harf bilan boshlangan so‘zni boshqa o‘quvchi aytishi kerak, bu o‘yin shu tarzda davom ettiriladi. Namuna: ishla—adolatli— insofli—ilojsiz—zamindor—rostgo‘y — yilnoma — aqlli — irodali — izlanuvchanlik — kasbdosh — shaharlik — kuzgi - istiqbol.
Dostları ilə paylaş: |