O’quv-uslubiy majmua


II. Bahs-munozara uchun muammoli savollar taqdim etish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə68/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

II. Bahs-munozara uchun muammoli savollar taqdim etish.
1. Nima sababdan avvalgi ona tili darsliklarida birinchi bo’lib Ot so’z turkumi o’rganilar edi-yu, hozir fe’l turkumi o’tilmoqda?

2. Nima uchun olmosh so’z turkumi eng oxiri 7-sinfda o’rganilmoqda?


3. 6-sinf Ona tili darsligida so’z tarkibini qanday tarzda o’rganish tavsiya etilgan? Umuman, asos va qo’shimchalar, ularning tasnifi bo’yitcha institutda olgan bilimlaringizdan qanday farqlanadi?
4. 6-sinf Ona tili darsligida sifatdosh va ravishdosh mavzulariga ko’p o’rin ajratilgan. Buning sababi nimada deb o’ylaysiz?
5. Eng qiyin mavzulardan hisoblangan ko’makchi fe’llar va ularni o’quvchilarga tushuntirish yo’llari haqida fikr bildiring.
6. 6-sinf Ona tili darsligida sifatlarning daraja shaklida (avvalgi darsliklarga nisbatan) o’zgarishlar bor. SHular haqida ma’lumot bering.
7. 7-sinf Ona tili darsligida Ismlar atamasi ko’p tilga olinadi. Xo’sh, ismlar atamasi ostida birlashuvchi so’zlarga qaysilar kiradi?
8. Ismlarning munosabat shakllari va lug’aviy shakllariga qaysilar kiradi, hamda mazkur mavzularni o’qituvchi sifatida siz o’quvchilarga qaysi usulda tushuntira olgan bo’lardingiz? Aniq misollar bilan ayting.
27-amaliy mashg’ulot: Sintaksis o’qitish metodikasi
Sintaksis yunoncha so’z bo’lib «tuzish, qo’shish» degan ma‘nolarni ifodalaydi. Shunga ko’ra bu bo’limda gap tarkibidagi so’zlarning bir-biriga qo’shilishi natijasidagi sintaktik birliklarning tabiati, bir so’zning boshqa bir so’z bilan sintaktik munosabatga kirishish usullari, vositalari, so’zlarning bir-biriga qo’shilishidan hosil bo’lgan so’z birikmalari va ularning turlari, gap bo’laklari va ularning turlari, gap va uning boshqa sintaktik birliklardan farqi, gapning turlari kabi masalalar o’rganiladi.
Ma‘lumki, grammatika ikki qismdan iborat bo’lib, sintaksis shu ikki qismning biri hisoblanadi. Grammatikada o’rganiladigan yana bir qismi morfologiya bo’lib, u so’zlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan birliklarni emas, gap tarkibida ishtirok etgan har bir so’zni alohidaalohida olib, uning qaysi belgilariga ko’ra qanday so’z turkumiga oidligini, grammatik ma‘no va grammatik shakllar, shular orasidagi aloqadorlik natijasida yuzaga kelgan grammatik kategoriyalar,
so’zlarni turkumlarga ajratish prinsiplari, har bir so’z turkumining o’ziga xos leksik, Grammatik xususiyatlarini o’rganadi. Grammatikaning bu har ikki bo’limi bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Misol: Biz halollikni doim ardoqlaymiz. Bu gap sintaktik tahlil qilinganda quyidagilarni aniqlaymiz: a) unda ega (biz) va kesim (ardoqlaymiz), to’ldiruvchi (halollikni) va payt holi (doim) ishtirok etgan; b)
unda 3 ta tobe birikma bo’lib, ularning bittasi (biz ardoqlaymiz) gapga teng bo’lgan predikativ birikma, ikkitasi esa (halollikni ardoqlaymiz, doim ardoqlaymiz), so’z birikmasi bo’lib ular orasida boshqaruv va bitishuv aloqasi mavjud; v) bu gapda 4 ta gap bo’laklaridan: bosh bo’laklar (Biz ardoqlaymiz) va ikkinchi darajali bo’laklar (halollikni - to’ldiruvchi, doim - hol)dan tashkil topgan; g) gapda so’zlarni tutashtiruvchi, sintaktik aloqani hosil qiluvchi grammatik vositalar (tushum kelishigi affiksi -ni va shaxs-son qo’shimchasi -- -ymiz) ishtirok etgan; d) sodda ikki sostavli gap. Morfologik tahlil qilinganda, quyidagilarga ahamiyat beriladi: a) Biz so’zi – I shaxs, ko’plikdagi kishilik olmoshi bosh kelishikda; b) halollikni so’zi – sifat (halol)dan yasovchi qo’shimcha (-lik) yordamida ot yasalgan, tushum kelishigi affiksi (-ni)ni qabul qilgan; v) doim so’zi - holat (tarz) ravishi; g) ardoqlaymiz so’zi – ot (ardoq)dan so’z yasovchi affiks –la orqali fe‘l yasalgan, -y ravishdosh affiksi, -miz tuslovchi (shaxs-son zamon ko’rsatkichi). Yuqoridagilardan ko’rinadiki, sintaksis gap haqidagi, uning tarkibidagi gap bo’laklari va so’z birikmalari, sintaktik aloqa va uning vositalarini o’rgansa, morfologiya so’z turkumlari ularning grammatik xususiyatlari kabi masalalarni o’rganadi. Gapdagi so’zlar ma‘lum grammatik qonun-qoida asosida bir-biri bilan birikib so’zqo’shilmasini hosil qiladi. Bunday qo’shilish natijasida so‘z birikmasi va gap tashkil topadi. So‘z birikmasi tushuncha ifodalaydigan gapning tarkibiy qismi sanaladi. Gap esa fikr ifodalaydigan bir yoki bir necha so’z birikmalarining grammatik jihatdan birikuvidan tuziladigan sintaktik birlikdir.
So’zlarning bir-biri bilan qo’shilib birikma hosil qilishi uchun ularning semantik-grammatik tomonlari mos bo’lishi kerak. Masalan: sifat ot bilan birika oladi (go’zal vatan, ilg‘or kishilar, chiroyli bino kabi), ot fe‘l bilan birika oladi (uydan keldi, kitobni o’qidi, sayohatga ketdi kabi). Son ot bilan birikishi mumkin (uchta bola, beshinchi sinf, o’ntacha kitob kabi), olmosh ot bilan birikadi (shu uy, o’sha odamlar, qanday voqea kabi), ravish fe‘l bilan birikadi (tez gapirdi, ko’p ishladim,
ertaroq keldi
kabi) va hokazo. Gapda so’zlarni biriktirib, ma‘lum sintaktik aloqani hosil qilishda sintaktik vositalar ishtirok etadi. Ya‘ni gapni hosil qiluvchi so’zlar bir-biri bilan birikib so’z birikmasi va gapni hosil qilish uchun ularni biriktiruvchi vositalar ishtirok etadi. Bunday vositalar vazifasida eng asosiylari egalik,
kelishik affikslari, tuslovchilar, ayrim yordamchi so’zlar (ko’makchi va yuklamalar) kela oladi. Masalan, Men Vatanimni umr bo’yi ardoqlayman, unga jon-dilim bilan xizmat qilaman gapida ega (men) bilan kesimni (ardoqlayman, xizmat qilaman)ni bir-biriga bog‘lash vazifasida shaxs-son, zamon qo’shimchalari – tuslovchilar (-yman, -aman), to’ldiruvchini (Vatanimni) kesimlarga bog‘lash uchun I shaxs birlikdagi egalik (-im) affiksi va tushum kelishigi qo’shimchasi
(-ni), hollarni kesim bilan bog‘lashda ko’makchilar (bo’yi, bilan) ishtirok etib, so’z birikmalari va gap hosil qilingan. Bulardan tashqari gapda so’zlar orasidagi sintaktik aloqani vujudga keltirishda tartib va intonatsiya ma‘lum darajada rol o’ynaydi. Bular Yuqoridagi asosiy vositalar ishtirok etmaganda qo’llanib, gapning mazmuni va grammatik xolatini o’zgarishiga ta‘sir etadi. Masalan: Yetti kun – bir hafta, bir hafta – yetti kun. Demak, bu xil holatda tartibning o’zgarishi Grammatik holatni o’zgartiradi.
Bu - uy (ega+kesim). Bu uy... (aniqlovchi aniqlanmish) so’z birikmasi – ya‘ni oldingi misolda tugallangan ohang (intonatsiya) bilan aytilib gap hosil qilindi, keyingisida esa tugallanmagan ohang bilan aytilib gap emas, so’z birikmasi (aniqlovchili birikma) hosil qilindi. Gapda so’zlarni biriktiruvchi asosiy sintaktik vositalar (egalik, kelishik affikslari va tuslovchilar, shuningdek, yordamchi so’zlar) ishtirok etmaganda tartib va ohang asosiy rolni bajaradi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin