O’quv-uslubiy majmua


– laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: “Fe’lning zamon shakllari” mavzusi uchun mashq va topshiriqlar tayyorlash



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə76/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

8– laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: “Fe’lning zamon shakllari” mavzusi uchun mashq va topshiriqlar tayyorlash
I. Mavzuga oid suhbat o’tkazish.
1. Fe’lning zamon shakllari deganda nimani tushunasiz?
2. Fe’l zamon shakllari nimaga ko’ra ajratiladi?
3. Fe’lning necha zamon shakli mavjud?
4. Fe’ni zamon shakllariga ajratish shartmi?
II. Fe’lning zamon shakllariga oid darslikda berilgan mashq va topshiriqlarga qo’shimcha ravishda mashqlar va topshiriqlar tayyorlash. Mashqlar tayyorlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
A. 1. Mavzuni to’liq qamrab olishi kerak
2. Oldin o’rganilgan mavzular bilan bog’liqlikka erishish kerak.
3. O’quvchini fikrlashga o’rgatishga yordam berishi kerak.
4. Tanlangan so’lar yoki gaplar tarbiyaviy ahamiyatga ega bolishi lozim
5. Mashq va topshiriqlarda sathlaro va fanlararo bog’lanishga erishish kerak.
B.Savolli va topshiriqli kartochkalar tuzish
Test savollari bankini hosil qilish
Rasmli kartochkalar tayyorlash.
9– laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: 7-sinfda “Olmosh” mavzusi uchun didaktik materiallar tayyorlash
I. Savolli va topshiriqli kartochkalar tayyorlash. Material tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berish:
1. Kartochkaning sifatiga
2. Savol yoki topshiriqlarning takrorlanmasligiga
3. Oldin o’rganilgan mustaqil so’z turkumlariga oid bilimlarni eslashga ko’mak bersin
4.O’quvchini fikrlashga va mulohaza yuritishga undashi lozim
5. Sintaktik bilimlarni eslashga imkoniyat yaratsin
II. Test savollari tayyorlash yuzasidan tavsiyalar
1. Imlo bilan bog’liqlikka erishish kerak
2. Sathlararo bog’liqlik aks etishi kerak
3. O’quvchini ijodiy fikrlashga undashi kerak
4.Test savollari rang-barang bo’lsin
5. So’larning ko’p ma’noliligini anglashga imkoniyat yaratsin( masalan, so’roq olmoshlari misolida)
III. Mavzuni mustahkamlashga oid didaktik o’yinlar uchun material tayyorlash. Didaktik o’yin namunalari.
O`z o`rningni top" o`yini
. O`yin quyidagi tartibda o`tkaziladi. O`qituvchi olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlarni bir necha qog`ozlarga alohida – alohida yozib, ularni stol ustiga teskari holda qo`yadi. Olmoshning ma’noviy guruhlari nomlari yozilgan qog`ozlarni esa bir necha o`quvchiga berib, ularni doska oldiga chiqaradi. O`quvchilar qo`llarida olmoshning biror ma’noviy guruhi nomi yozilgan qog`ozni ushlagan holda qator turadilar. Qolgan o`quvchilar esa bir necha kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh olmoshning biror ma’no guruhi nomi bilan nomlanadi. Guruh a’zolari tartib bilan stol oldiga kelib, qog`ozlarni olib, undagi so`z bilan tanishadilar va mazkur so`z olmoshning qaysi turiga mansub bo`lsa, o`sha ma’noviy guruh nomini ushlab turgan o`quvchi qatoridan o`rin oladilar. Shu tariqa barcha o`quvchilar o`z o`rnini topadilar. O`yin yakunlangach, o`qituvchi o`quvchilar qatori bilan tanishib chiqadi va adashgan o`quvchilarni safdan chiqarib, o`z o`rniga o`tishiga yordam beradi. Adashmasdan o`z o`rnini topgan guruh o`yin g`olibi deb e’lon qilinadi. O`quvchilar bu o`yinda ishtirok etishlari uchun olmoshning ma’noviy guruhlari bilan yaxshi tanish bo`lishlari lozim. Aks holda o`yinda yaxshi ishtirok eta olmaydilar.
O`yinning keyingi bosqichida topshiriq bir oz murakkablashadi va tartibiga o`zgartirish kiritiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari doskaga yozib qo`yiladi. Stol ustiga esa olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlar bilan bir qatorda boshqa turkumga mansub so`zlar ham aralash holda qo`yiladi. O`quvchi endi o`zi olgan so`zning olmosh turkumiga mansub yoki mansub emasligini ham o`ylab ko`rishi kerak. Olmosh turkumini yaxshi o`rgangan o`quvchi o`yinning bu bosqichida ham qiynalmaydi. Guruh a’zolari navbat bilan chiqib so`zlar yozilgan kartochkalarni oladilar va bu so`z olmoshning qaysi guruhiga mansub bo`lsa, uni o`sha guruhga yozib qo`yadilar. Guruhning qolgan a’zolari ham o`yinni shu tartibda davom ettiradilar. O`yin yakunlangach, o`qituvchi yozilgan so`zlarni ko`rib chiqadi va qaysi guruh xatoga yo`l qo`yganligini aniqlaydi. So`zlarni o`z o`rniga xatosiz holda qo`ygan guruhni g`olib sifatida e’lon qiladi. Har bir guruhga tegishli ballarni qo`yadi.
"Saralab ol" o`yini
Bu o`yin ham “Olmosh” turkumini o`rganishda qo`llanishi mumkin. Bu o`yin yakunlovchi o`yinlardan biri bo`lib, biror bo`lim yoki so`z turkumi yakunida o`tkazilishi mumkin. O`yinning o`ziga xos o`tkazilish texnologiyasi mavjud. “Olmosh” so`z turkumining ma’noviy guruhlari o`rganib bo`lingach, shu o`yindan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. O`qituvchi bu o`yinni o`tkazishga puxta tayyorlanishi lozim. Buning uchun olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlar to`rt burchak shaklida qirqilgan qog`ozlarga yoziladi. Xuddi shunday qog`ozlarga ot, sifat, son, fe’l, ravish turkumiga mansub bir necha so`zlar ham yoziladi. Ular aralashtirilib yuboriladi. Masalan: hamma, u, kim, kitob, omad, siz, yaxshi, necha, bordi, kelyapti, onam, kim uchun, nima qilyapti, o`qiyapti, hech kim, bolalar, har kim, inson, o`zim, do`stim, qo`qqisdan, qanday.
Bunday so`zlar bir necha guruhga mo`ljallab tuziladi va har bir guruhga alohida yuqoridagi kabi turli turkumga mansub bo`lgan so`zlar beriladi. Guruh a’zolari berilgan bir necha so`zlar ichidan olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlarni saralab oladilar va ularni ma’noviy guruhlarga ajratadilar. Saralab olingan so`zlar guruhning biror a’zosi tomonidan o`qib eshittiriladi. Qolgan guruh a’zolari esa bunga o`z munosabatini bildiradi. Shu tarzda guruhlarning topshiriqni qanday bajarganliklari aniqlab olinadi. Xatolikka yo`l qo`ygan guruhlarning xatolari tuzatiladi. G`olib bo`lgan guruh alohida rag`batlantiriladi.
Bunday o`yinlar orqali o`quvchilar guruh bo`lib ishlashga o`rganadilar, o`yinlar vositasida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarining diqqati ta’lim jarayoniga to`liq jalb etiladi. Bu o`yinlardan boshqa so`z turkumlarini o`tishda ham foydalanish mumkin.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin