«Nuqtalar o‘rnini so‘zlar bilan tez to‘ldir» o‘yini. 0‘qituvchi o‘quvchilar hukmiga ma’lum bir umumiste’mol so‘zni beradi-da, shu so‘zning barcha ma’nodoshlari o‘rniga nuqtalar qo‘yib chiqadi. 0‘quvchilar nuqtalar bilan ajratilgan nechta so‘z o‘rni bo‘lsa, uni ma’nodosh so‘zlar bilan to‘ldirishadi. Masalan, tabrikladi, sezdi,...; yorug‘,....
Namuna: yorug‘-nurli-charog‘on-yorqin-munawar-porloq-
ravshan-nurafshon. Nuqtalar o‘mini ma’nodosh so‘zlar bilan to‘Idira olgan o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhi o‘yinda g‘olib sanaladi.
«Mazmunan qarindosh, shaklan begona» o‘yini.Bu o‘yinni tashkil etishda ham sinf o‘quvchilari gumhlarga ajratiladi. 0‘yinni boshlagan qator (guruh) muayyan mavzuda gaplar tuzishadi, ikkinchi qator mazmunni saqlagan holda so‘zlami ma’nodoshlar bilan almashtirish orqali gap shaklini o‘zgartirishadi. Keyin o‘yinda vazifalar almashtiriladi. 0‘qituvchi har bir shakli o‘zgartirilgan gap uchun ball qo‘yib boradi va o‘yin oxirida eng ko‘p ball olgan guruh g‘olib sanaladi.
«Sen qanday murojaat qilasan» o‘yini.0‘quvchilarga berilgan murojaat so‘z hirikmalari qatorini davom ettirish vazifasi yuklatiladi. Masalan, o‘qituvchi tomonidan «Mehribon tarbiyachim» so‘z birikmasi berilgan bo‘lsa, o‘quvchilar bu qatomi «Mo‘tabar murabbiyim», «Muhtaram ustozim», «Aziz o‘qituvchim», «Hurmatli mualiimjonim», «Sevimli ustozim» kabilar bilan to‘ldirishadi.
«Erkala va koyi» o‘yini.0‘qituvchi birinchi qatordagi o‘quvchilarga ota-ona tomonidan kichik yoshdagi bolalami erkalovchi so‘zlami, 2-qatorga dangasa bolalami koyishni ifodalovchi so‘zlami ro‘yxat qilishni topshiradi.
Erkalash va koyishni ifodalovchi so‘zlami ko‘p topgan guruh o‘yin g‘olibi sanaladi. Namunalar:
Erkalashni ifodalovchi so‘zlar: Koyishni ifodalovchi so'zlar: oppog'im, do’mbog‘im, toy- uyingga bug‘doy to'lgurlar, chog‘im, ko'zmunchog'im, bolasi tushmagur-ey, pandavaqi qo ‘zichog ‘im, shirinim. bo ‘Ima, landovur, lapashang, ovsar, dangasa, ishyoqmas.