«Nazoratchi harf» o‘yini.0‘qituvchi belgilangan harf asosida o‘quvchilarga so‘z yozishni taklif etadi. Masalan, o‘qituvchi: «sh» harfi birinchi turibdi, demak «sh>harfi so‘z boshida kelishiga namunalar yozing», - deb aytadi. Ishni bajarish uchun aniq 2-3 minut vaqt belgilanadi. 0‘quvchilar yozadilar: shodlik, shahar, shovqin, shalola, sharshara, shu ’la, shuhrat, sharafli, shabnamva h.k. Belgilangan vaqtda ko‘p so‘z yozgan o‘quvchi o‘yin g‘olibi hisoblanadi.
«Doirada berilgan harflar asosida so‘z tuz» o‘yini. 0‘quvchilarga doira ichida 6 ta harf taqdim etiladi. 0‘quvchilar shu harflar ishtirokida so‘zlar hosil qiladilar. Belgilangan vaqtda ko‘p so‘z hosil qilgan o‘quvchilar yoki guruh g‘olib sanaladi. Bu o‘yinni, ayniqsa, unli va undosh tovushlar o‘rganilgandan keyin o'tkazish maqsadga rauvofiq bo‘ladi. Agar o‘quvchilar e’tiboriga a, u, b, f s, t harflari berilgan bo‘lsa, ular bu harflarni qatnashtirib asab, bu, tuz, buta, aft, saf, bas, tub kabi so‘zlar hosil qiladilar.
«Tovush juftlari bilan har bir so‘zga ma’nodosh so‘z top!». Bu o‘yinni tashkil etish uchun avval o‘quvchilarga muayyan tovush juftli so‘zlar hosil qilish (masalan, b-p: bob-bop, t-d: tub-tup va h.k.) topshiriladi, so‘ngra bu so‘zlarning har biriga ma’nodoshlar topish vazifasi yuklatiladi. 0‘quvchilar guruhlarga ajratilgan bo‘lsa, har bir guruh muayyan so‘znmg barcha ma’nodoshlarini aniqlashadi.
Masalan, bob-bop: bob-boiim-qism; bop- loyiq- yarashiqli- mos; tur (ot) -dur: tur-nav; dur-marvarid-javohir.
So‘zning barcha ma’nodoshlarini to‘g‘ri topgan o‘quvchilar guruhi o‘yin g‘olibi sanaladi.
«So‘z ustuni» o‘yini. 0‘qituvchi sinf taxtasi (doska)ga biror so‘zni yozadi va o‘quvchilarga uning har bir harfl bilan boshlanuvchi so‘zlar ustuni hosil qilishni taklif qiladi. 0‘quvchilar har to‘g‘ri so‘z uchun belgilangan ballni oladilar, har bir xato uchun ball olib tashlanadi. Yoki bu topshiriqni kartochka tarzida mustaqil ish qilib topshirish ham mumkin, bu paytda o‘quvchilar topshiriqni bajarib, o‘qituvchiga topshiradilar. Vaqtni hisobga olib ma’lum minutda nechta so‘z yozishni o‘qituvchi bolalarga e’lon qiladi va tartibni buzmay ulardan kartochkani terib oladi, tekshirib baholaydi.
O
|
N
|
A
|
Obod
|
Navo
|
Aql
|
Ohang
|
Nizom
|
Asar
|
Ozod
|
Nazar
|
Alia
|
Odam
|
Nodir
|
a’lo
|
Odil
|
Nurli
|
Ahd
|
«Keyingi bo‘g‘iimi top» o‘yini. Berilgan bo‘g‘inlar ishtirokida so‘z tuzish tushuntiriladi va qaysi o‘quvchi ko‘p so‘z tuza olsa, o‘yin g‘olibi bo‘ladi. Masalan, bo, bu,ju, ni, lo, sa, mu...
bo la, bobo, bozor, bodom;
bo‘ym, bo‘ri, bo‘liq, bo‘zchi;
jo‘ja, jo‘ra, jo‘xori, jo‘na;
nima, nizom, nigoh, nido, nihol;
iola, loyiq, lochin, lobar, loviya, lozim;
savob, sarob, saxovat, sadoqat, sahifa...
«TaIaffuzdan adashmang» o'yini. 0‘qituvchi o‘quvchilarga h va x yoki f-p tovushlari ishtirok etuvchi so‘zlardan aytishni topshiradi. 0‘quvchilar 2 guruhga bo‘linib topshiriqni bajarishlari mumkin. Shunda kim so‘zni noto‘g‘ri aytsa o‘yindan chiqadi. Mavzu asosida so‘zni aytgan o‘quvchi shu so‘zni doskaga yozadi va imlosi bilan taqqoslanadi. Belgilangan vaqtda eng ko‘p to‘g‘ri so‘z aytgan o‘quvchi o'yinda g‘olib hisoblanadi. Namuna:
Shoh — davlat boshligM, podshoh
Shox—novda, daraxtning shoxi.
Xil-xil — saralangan, tanlangan.
Hil-hil- ezilib pishgan.
Uhladi - xafa bo‘Idi, «uh» tortdi.
Uxladi - uxlamoq, dam olmoq.
Hoi - ahvol (hol)ni so‘radi.
Xol - odam tanasida bo‘ladigan xol.
«She’riy parchadagi qofiyadosh so‘zlarni davom ettir» o‘yini.
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini.
Va shabboda qurg'ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Ushbu she’riy parchadagi totini va otini so‘zlari qofiyadosh so‘zlardir. 0‘quvchilar shunga mos qofiyali so‘zlarni davom ettiradilar. Yoki boshqa she’riy parchalardan shunga o'xshashlami topadilar.
II. Leksikologiya o’qitishda didaktik o’yinlardan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: |