O’quv-uslubiy majmua


-amaliy mashg’ulot: Fonetika bo’limini o’qitishda sathlararo bog’lanishni yo’lga qo’yish va didaktik o’yinlardan foydalanish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə65/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

22-amaliy mashg’ulot: Fonetika bo’limini o’qitishda sathlararo bog’lanishni yo’lga qo’yish va didaktik o’yinlardan foydalanish
I.Savol va topshiriqlar.
1.Fonetika o’qitishda sathlararo bog’lanishning ahamiyati haqida.
2. Til hodisalarini kuzatish, taqqoslash, guruhlarga ajratish va umumlashtirish masalalarini darslarda qanday amalga oshirish mumkin?
3. Ona tili darslarida fonetika sathi topshiriqlari+ni bajarish orqali mustaqil qoida, ta’riflar chiqarishga o’rganish, bir-biriga o’xshash va farqli hodisalar ustida ishlash masalalari haqida.
4. Ona tili o’qitishda sathlararo bog’lanishni darsning qaysi etapida qo’llagan ma’qul? Misollar bilan izohlang.
5. Fonetika bo’limini o’qitishda darsning qaysi etaplarida didaktik usullardan foydalanishni tavsiya etasiz?
II.Mavzu bo’yicha rejalar.
Talabalar quyidagi reja asosida sathlararo bog’lanishni dars jarayonida amalga oshirish haqida fikr bildiradilar.
1. Grafika va fonetika sathlarini o’zaro bog’lab o’rgatish.
2. Fonetika va so’z yasalishi mavzuini o’zaro bog’lab o’rgatish.
3. Orfografiya (imlo) va orfoepiya (to’g’ri talaffuz) sathlarini o’zaro bog’lab o’rgatish.
4. Morfologiya va sintaksis sathlarini o’zaro bog’lab o’rgatish.
5. Sintaksis va punktuatsiya bo’limlarini o’zaro bog’lab o’rgatish.
6. Leksikologiya va morfologiya bo’limlarini o’zaro bog’lab o’rgatish.
7. Leksikologiya va uslubiyat sathlarini o’zaro bog’lab o’rgatish.
III.Mustaqil ish (kichik uslubiy tezislar tayyorlash rejasi).
Talabalarga avvaldan quyidagi mavzular bo’yicha kichik uslubiy tezislar yozib kelish vazifasi topshiriladi. Mazkur tezislarni ular uy vazifasi sifatida bajarib keladilar. Bundan oldin ularga quyidagi mavzular tavsiya etiladi va savollar beriladi:
1. Ravish so’z turkumini sifat bilan bog’lab tushuntirish yo’llari.
2. Gapning uyushiq bo’laklarini ikkinchi darajali bo’laklar bilan taqqoslab o’rganish masalasi.
  1. 3. Kiritmalar mavzuini punktuatsiya bilan bog’lab o’rgatish usullari





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin