O’quv-uslubiy majmua


-amaliy mashg’ulot: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinf ”Ona tili” darsligining tuzilishi va mazmuni



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə62/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

19-amaliy mashg’ulot: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinf ”Ona tili” darsligining tuzilishi va mazmuni
Reja:
    1. Bog’langan qo‘shma gaplarni o‘tish.


    2. Ergashgan qo‘shma gaplarni o‘tish.


    3. Bog’lovchisiz qo‘shma gaplarni o‘tish.


    4. Murakkab qo‘shma gaplarni o‘tish.


Qo‘shma va sodda gap orasidagi asosiy farqlar to‘g’risidagi oldingi bilimlarni matn tahlili asosida takrorlash. Berilgan matnni o‘rganish asosida teng bog’lovchilarni va ergashtiruvchi bog’lovchilarni takrorlash. Shu matn asosida yuklamalar, nisbiy so‘zlar va faqat ohang bilan bog’langan gaplarni ajratish. Qo‘shma gaplar, ularni biriktiruvchi vositalariga ko‘ra tasnifi haqida tushuncha hosil qilish. Qo‘shma gaplarning bog’lovchi vositalar asosidagi tasnifi:


1. Teng bog’lovchiliqo‘shma gaplar.
2. Ergashtiruvchi bog’lovchili qo‘shma gaplar.
3. Yuklamali qo‘shma gaplar.
4. Nisbiy so‘zli qo‘shma gaplar.
5. Faqat ohang vositasida bog’langan qo‘shma gaplar.
Teng bog’lovchili qo‘shma gaplar.
Berilgan matn tahlili asosida teng bog’lovchili qo‘shma gaplarni aniqlash, ularning biriktiruv bog’lovchili, zidlov bog’lovchili, ayruv bog’lovchili turlarini aniqlash. Turli xildagi teng bog’lovchilar bilan bog’langan qo‘shma gaplar orasida ma’noviy o‘xshashlik va farqlar. Bu gaplarda tinish belgilari va ohang ustida ish.
Berilgan matnni o‘rganish asosida ergashtiruvchi bog’lovchili qo‘shma gaplarni ajratish. Ularni sodda gaplarga aylantirish asosida hokim gap va tobe gap haqida tushuncha hosil qilish. Ergashtiruvchi bog’lovchilarning ma’noviy xususiyatlari asosida hokim gap va tobe gap orasidagi ma’noviy munosabatlar ustida ish.
Teng va ergashtiruvchi bog’lovchili qo‘shma gaplarni matnda mustaqil qo‘llash ustida ijodiy ish.


Adabiyotlar:
  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni. 2029-yil, 29-aprel


  2. B. To‘xliyеv, M. Shamsiyеva, T. Ziyodova. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010.


  3. A. G‘ulomov, M. Qodirov. O‘zbek tili o‘qitish mеtodikasi. – T: “Fan va texnologiyalar”, 2012.


  4. N.M. Mahmudov, A. Nurmonov, A.Sh. Sobirov. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Qayta ushlangan va to‘ldirilgan 4-nashri. –T.: Tasvir, 2018





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin