Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni. 2029-yil, 29-aprel
B. To‘xliyеv, M. Shamsiyеva, T. Ziyodova. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010.
A. G‘ulomov, M. Qodirov. O‘zbek tili o‘qitish mеtodikasi. – T: “Fan va texnologiyalar”, 2012.
N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili, umumta’lim maktablarining 5-sinfi uchun, – T.: Tasvir, 2017. G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020
16-amaliy mashg’ulot: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinf ”Ona tili” darsligining tuzilishi va mazmuni
Reja:
Morfologıya bo‘lımıga oıd mashg’ulotlarnı o‘rganısh
So‘z turkumları haqıdagı mavzularnı o‘tısh
Ot va sıfat so‘z turkumıga oıd mashg’ulotlarnı o‘rganısh
Son va ravısh haqıdagı mavzularnı o‘rganısh
Morfologiya bo‘limi so‘z turkumlarini o‘rganuvchi bo‘lim o‘lib, ushbu bo‘lim morfologiyaga kirish mashg’uloti bilan boshlanadi, unga 2 soat ajratilgan “Tasnif va to‘plash” mavzusi berilgan bo‘lib, bunda berilgan narsa-buyumlar ular orasidagi o‘xshashlik asosan guruhlash, “Tasnif” tugunchasi, “Tasnif-borliqni bilish asosi” ma’rifiy matni ustida ishlashga oid mashqlar havola etilgan.
Shu bilan birga, so‘z tarkibi va qo‘shimchalar tasnifiga oid mavzular ham mavjud, unga 4 soat ajratilgan. Unda tub va yasama so‘zlar so‘z yasovchi qo‘shimchalar lug’aviy shakl va aloqa – munosabat qoidalari tushunchalari va ularning mohiyati kabi mavzular berilgan, shunga mos mashq va topshiriqlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Mashqlarda so‘zlarni tarkibi asosida tahlil qilish topshirig’i ham berilgan, tahlil qilish jarayonida ishlatiladigan shartli belgilar ham ko‘rsatib o‘tilgan. So‘z asos va qo‘shimchadan tarkib topadi, ushbu tarkibning o‘z tartibi mavjud. Ya’ni asosdan keyin qo‘shiladigan qo‘shimchalar tartib bilan joylashishini ko‘rsatib beruvchi bir necha mashg’ulotlar mashqlar orqali bajariladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
“Tasnif” tushunchasini qanday sharhlaysiz, u darslikda qanday berilgan.
So‘z tarkibi va qo‘shimchalarga oid mashg’ulotlarning darslikda berilishi.
Qo‘shimchalarning turlarini tushuntirishda mavzuga oid mashqlardan foydalanish.
Darslikdagi mavzular asosan mustaqil so‘z turkumlariga oid bo‘lib, unda fe’l so‘z turkumiga 52 soat ajratilgan. Fe’l so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot beriladi. Unda fe’lning umumiy ma’nosi, fe’l va sifat orasidagi ma’noviy farq, harakatning bajaruvchisini topish borasidagi tushunchalar mashq va topshiriqlar orqali berib o‘tilgan.
Fe’l nisbatlari. Har bir nisbat shaklining hosil bo‘lishi, ma’nolari va qo‘llanishi ustida ishlash. Nisbat qo‘shimchalarining qo‘llanilishi.
“Navoiy tilimiz haqi” matni ustida ishlash. Fe’l turlari haqida umumiy tushuncha. Fe’lning vazifa shakllari haqida ma’lumot berish, unga oid mashg’ulotlarning darslikgi berilishi va ularni o‘rganish. Harakat nomlari, ular ishtirokida gaplar tuzib, matn yaratish mashg’ulotlarini bajarish, harakat nomi qo‘shimchalarini o‘rganish, harakat nomi, zarur, kerak, muhim kabi so‘zlar bilan birikib, kesim vazifasiga kelishik va ularning ma’nolarini o‘rganish.
Sifatdoshlar. Berilgan uzakdan so‘zlarini qo‘shimchadosh uyalarga ajratish, so‘zlar qatorini mustaqil davom ettirish.
Mustahkamlash uchun savollar:
Mustaqil so‘z turkumlarining darslikda berilishi.
Fe’lga oid mashg’ulotlarning berilishi haqidagi fikringiz.
Fe’lning nisbatlari haqida mashqlarning berilishi.
Fe’lning vazifa shakllari haqidagi mashqlarni o‘rganishdagi ahamiyatli jihatlar.
Ot turkumiga oid mashg’ulotlarning umumiy ta’rifi. Ot so‘z turkumiga 55 soat ajratilgan bo‘lib, unda otning tuzilishiga ko‘ra, ma’nosiga ko‘ra turni, uning lug’aviy shakllariga oid mashq va topshiriqlar o‘z aksini topgan.
Berilgan so‘z juftlarining farqlanishini aniqlash, otlarga birlik va ko‘plik shakllarini sharhlash, birlik va ko‘plik shakllari bilan farqlanuvchi so‘z juftlari hosil qilish va ular ishtirokida gaplar tuzish, kichraytish-erkalash va kichraytish-achinish qo‘shimchalarining nutq aniqligini ta’minlash ustida amaliy ishlar bajarish.
Atoqli va turdosh otlar haqida umumiy ma’lumot. Berilgan otlarni kishi nomlari va hayvon nomlari kabi ikki guruhga ajratish va bu guruhlarni mustaqil davom ettirish. Kishi nomlariga qo‘shib yoziladigan ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot berish, shu nomlar qatnashgan matnlarni tanlab yozish.
“Ism va ota ismi”, “Nega ismim...?” mavzularida insho yozish tahlil qilish mashg’ulotlarini o‘rganish.
Yozma nutqda tashkilot, kitob, kinofilm, sahna asari, badiiy film nomalrining yozilishi, ularda bosh harflar va qo‘shtirnoqning ishlatilishiga doir amaliy ishlarni bajarish.
Atoqli otlarni guruhlarga bo‘lib o‘rganish, har bir guruh mazmuniga oid mavzularda insho yozishni o‘rganish.
Sifat so‘z turkumiga oid mashg’ulotlar uchun darslikda 16ta dars soati ajratilgan. Unda sifatlarning yasalishi, uning tuzulishi, ma’no turlarini aks ettiruvchi mashg’ulotlar mavjud.
Berilgan so‘z birikmalarini o‘qib, qanday? qanaqa? qachongi? qayerdagi? So‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarni topish. Sifatlarni tub va yasamaga ajratish. Sifat yasovchi qo‘shimchalar ustida ishlash. Qo‘shma sifatlar, juft va takroriy sifatlar yasalishi va imlosi ustida ishlash. Sifatlarni turli gap bo‘laklari vazifasida qo‘llab matn tuzish. Asliy va nisbiy sifatlar, sifat darajalari, sifatlarning lug’aviy shakllarini qo‘llash.
Sifatlarning ma’noviy guruhlari mavzusini aks ettiruvchi “Kamalak”, “Bahor osmoni”, “Bog’imiz bahorda”, “O‘zbek taomlari”, “Shirmoy non” kabi mavzularda matn yaratish. “Ranglar jilosi” matni ustida ishlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
Ot so‘z turkumi haqida mashg’ulotlarni o‘rganishda darslik ishlanmalarning ahamiyati.
Otning turkumlarini o‘rganishda matnlarning berilishi.
Ot mavzusi bo‘yicha yozma ishlar, o‘yin-mashg’ulotlar va takrorlash mashqlari haqida fikringiz.
Sifatlarni o‘rganish haqidagi fikrlaringiz.
Dostları ilə paylaş: |