O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: В1 Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): mavzu doirasida ma’lum sohaga oid ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib oladi;
nutqini ifodali va ravon ifoda eta oladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi;
turli janrdagi matnlarni ifodali o‘qiy oladi, gapning ifoda maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qiydi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila oladi; fikr ifodasi mantiqan izchil bo‘ladi. 25 - 30 gapdan iborat ijodiy matn yoza oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi.
B1+ Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): 31 — 32 gapdan iborat ijodiy matn yoza oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi.
Lingvistik kompetensiya (uslubiyat): B1 Til uslubini yaratuvchi vositalar. Leksik vositalar. Fonetik vositalar. Grammatik vositalar. Sintaktik vositalarni izohlay oladi, farqlaydi va nutq ifodasida o‘rinli foydalanadi.
B1+ Til uslubini yaratuvchi vositalar. Leksik vositalar. Fonetik vositalar. Grammatik vositalar. Sintaktik vositalarni izohlay oladi, farqlaydi va nutq ifodasida o‘rinli foydalanadi.
Nazorat ishlari ( 4 soat, B1+:4 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun –( 26 soat, В1+:26soat) Mustahkamlash uchun –(2 soat, В1+:2soat) Takrorlash uchun - (2 soat, В1+:2 soat) Nazorat ishi uchun – (4 soat, В1+:4 soat) Jami: (34 soat, B1+: 68 soat) 14-amaliy mashg’ulot: Darslik va unga qo’yiladigan talablar Reja:
Ilmiy-nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy ko‘nikma va malakalar tizimi;
O‘quvchilarni ijodiy faoliyat usuliga o‘rgatish;
Ona tili darsliklari;
Darsliklar yaratish bo‘yicha qilinayotgan ishlar;
Darsliklarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar.
Yangi ta’lim tizimiga muvofiq yaratilgan ona tili DTS va o‘quv dasturida an’anadagi “grammatika – grammatika uchun” qolipidan voz kechilib, “grammatika fikrning aniq va lo‘nda ifodasi uchun” shiori asos qilib olingan.
Ona tilidan DTSda grammatik qoidalarni bilish bilan bir qatorda o‘quvchining fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon qila olishni egallashga alohida e’tibor berilgan.
Ona tili DTSga muvofiq tuzilgan yangi dasturning avvalgi dasturdan asosiy farqi quyidagilardan iborat:
-avvalgi dasturda o‘quvchiga ma’lum miqdordagi bilimni o‘rganish obyekti, o‘qituvchiga esa o‘rganish jarayonining subyekti sifatida yondashilgan. Yangi dasturda o‘quvchi o‘rganish jarayonining subyekti, ya’ni faol ishtirokchisi, o‘qituvchi esa bu jarayonning boshqaruvchisidir. Shuning uchun mashg’ulotda izlanishlarni asosan o‘quvchi bajaradi;
-ta’lim –mutolaa usuli avvalgi dasturda, asosan, deduktiv (qoidadan tahlilga, umumiylikdan xususiylikka) bo‘lsa, yangi dasturda esa induktiv (tahlildan qonuniyatga, xususiylikdan umumiylikka)dir. Bu mashg’ulot mavzusi ko‘rsatilibgina qolmay, mavzu bilan qanday ishlash kerakligi ham tushuntirib berilgan;
-avvalgi dastur o‘quvchiga ko‘proq nazariy bilim, tilning grammatik talqinini berishga mo‘ljallangan edi. Yangi dasturda ayni bir mazmunni turli usulda bayon etish ko‘nikmalarini shakllantirish, bu ishda o‘quvchilarga mustaqillik va erkinlik berishga katta e’tibor qaratilgan;
-avaalgi dastur ona tilini o‘qitishda “grammatikadan – nutq o‘stirishga” yo‘naltirilgan bo‘lsa, yangi dasturda “nutq o‘stirishdan – grammatikaga” qarab boriladi. Bu ona tilini o‘qitish uchun ayni muddaodir;
-avvalgi dasturda o‘zbek tilshunosligi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar haqida axborotlar berilmagan. Yangi dasturda o‘zbek tili haqida umumiy ma’lumot va matnlar orqali o‘zbek tilshunosligining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar haqida axborotlar berilgan.
Yangi dasturda o‘zbek tili materiallarini berishda 5-sinfdan 9- sinfgacha uzviylik va bog’liqlik saqlangan: fonetika, imlo, to‘g’ri talaffuz, lug’at boyligi, morfologiya va intaksis materiallari muayyan ketma-ketlikda va bir-birlari bilan qamrab olingan. Har bir yirik va kichik bo‘limlar negizida uslubiyotga – nutq o‘stirishga aloqadorlik sezilib turadi. Ular an’anaviy tartibda emas, balki o‘quvchi nutqini shakllantirish va o‘stirishga bo‘ysundirilgan holda taqdim etilgan.