O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə60/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Adabiyotlar:
    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni. 2029-yil, 29-aprel


    2. B. To‘xliyеv, M. Shamsiyеva, T. Ziyodova. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010.


    3. A. G‘ulomov, M. Qodirov. O‘zbek tili o‘qitish mеtodikasi. – T: “Fan va texnologiyalar”, 2012.


    4. N. Mahmudov, A. Sobirov, D. Nabiyeva. Ona tili, umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun, – T.: Tasvir, 2017.




17-amaliy mashg’ulot: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-sinf ”Ona tili” darsligining tuzilishi va mazmuni
REJA:
    1. Olmosh so‘z turkumi.


    2. Olmoshning ma’no turlari.


    3. Olmoshning tuzilish turlari.


    4. So‘zlarnıng munosabat shakllarını o‘rganısh.


    5. Yordamchı so‘zlarga oıd mavzularnı o‘rganısh


Bunda quyidagi topshiriqlar bajariladi. Gap juftlari ajratilgan so‘zlarning nimaga ishora qilayotganligini va nimani almashtirayotganligini aniqlash. Berilgan gaplarni ikki yoki uch gapga ajratish: gaplarni o‘zaro mazmunan bog’lashda olmoshlardan foydalanish. Berilgan gap juftlarini bir gapga birlashtirish. Ko‘rsatish olmoshlari. Berilgan gaplarda olmoshlarning ma’nolari va vazifalarini aniqlash. Ko‘rsatish olmoshlari bilan berilgan so‘z birikmalarining ma’nolari ustida ishlash.


Ko‘rsatish ma’nosini kuchaytiruvchi mana, ana yuklamalari ustida ishlash.
O‘zlik olmoshlari. Berilgan gaplarda o‘z so‘zining ma’nosi ustida ishlash o‘zlari olmoshining ko‘plik, hurmat yoki kesatish ma’nolarida qo‘llanilishi. Berilgan gaplarda o‘zlik olmoshi gapning qaysi bo‘lagi vazifasida kelayotganligini aniqlash. So‘roq olmoshlari. Berilgan gaplardagi so‘roq ma’nosi qaysi so‘z bilan ifodalanayotganligini aniqlash.
Belgilash olmoshlari. Berilgan gaplarda ajratilgan so‘zlarning tarkibini aniqlash: ularning ma’no vazifasi ustida ishlash.
Gumon olmoshlari. Berilgan gaplarda ajratilgan gumon olmoshining yasalishi va ma’nolarini izohlash.
Ot olmoshlari. Gaplar tarkibida keladigan kamina, faqir, banda so‘zlarining ma’nosini tushuntirish. Berilgan gaplarda ajratilgan so‘z va so‘z birikmalarini qavs ichida berilgan olmoshlar bilan almashtirish: ularning ma’nosidagi farq xususida xulosa chiqarish.
Juft va takror olmoshlar imlosi va ixtisoslashgan olmoshlar ma’nosi. Kim-kim, qanday-qanday, u-bu, o‘z-o‘zi, bizu siz, shu-shu olmoshlarining tarkibi va ma’nosi ustida ishlash.
Matnni o‘qish; mustaqil so‘zlarning ma’noviy turlari; fe’l, ot, sifat, son, ravish, olmosh va taqlidlarga 3-4 tadan misol topish; ot, sifat, sonlarga xos lug’aviy shakllar qo‘shimchalarini aniqlash, ularning ma’no va vazifalarini izohlash; fe’l turkumiga oid lug’aviy shakllar qo‘shimchalarini: nisbat qo‘shimchalari, harakat nomi qo‘shimchalari, sifatdosh qo‘shimchalari, ravishdosh qo‘shimchalari kabi guruhlarga ajratish.
-im, -m, -i, -si, -miz, -ingiz, -lari qo‘shimchalari bilan kelgan so‘zlarning ma’noviy guruhlari ustida ishlash. Bu so‘zlarni ularga tobelanib kelgan so‘zlar bilan kengaytirish.
Aloqa-munosabat shakllari qo‘shimchalari bilan birikish xususiyatlariga ko‘ra so‘zlarning uch katta guruhga: 1) ism; 2) sof fe’l; 3) o‘zgarmas so‘zlarga bo‘linishi ustida ishlash. Aloqa-munosabat shakllarining vazifalari.
Berilgan gaplarda –ga, -dan, -da qo‘shimchalarini uchun, bilan, sari, sababli, tomon, uzra, orqali qo‘makchilaridan mosi bilan almashtirib ko‘chirish; -ga, -dan, -da so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarning vazifasi haqida xulosa chiqarish.
-im, - si, -ning, -ni, -ga, -da, -dan qo‘shimchalarining vazifasi va ma’nosi ustida ishlash.
Egalik qo‘shimchalari. Berilgan so‘zlarda ajratilgan –im, -miz, -ing, -i, -si, -miz,- ingiz kabi qo‘shimchalarning ma’nosini sharhlash: bu so‘zlarni tobe so‘z bilan kengaytirish va so‘z birikmalari hosil qilish.
Unli va undosh bilan tugagan ismlarni (ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, taqlid) tuslash: ularning imlosi va ma’nosi ustida ishlash.
“bizning oilamiz”, “Otamning ishxonasi”, “Jamoa xo‘jaligimizda” kabi mavzulardan birida ijodiy yozma ish yozish.
Kelishik shakllari. Berilgan gaplarda –ning, -ni, -ga, -da, -dan qo‘shimchali so‘zlar (ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi, sifatdoshlar)da har bir qo‘shimchaning o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zga qanday ma’no kiritayotganligini aniqlash.
Otlarning turlanishi ustida ishlash. Kelishik shakllari sirasi va so‘roqlari. Kelishik shakllarining imlosi, talaffuzi, ma’nosi va vazifasiga oid ijodiy-amaliy ishlar.
Berilgan matnda otlarning kelishik shakllarini va ular tobelangan hokim so‘zni aniqlash.
Kesimlik shakllari. Matnni o‘qish: gap kesimlarini fe’l-kesim va ot-kesim kabi ikki guruhga ajratish; fe’l-kesimli va ot-kesimli gaplarda bo‘lishsizlikni ifodalovchi vositalar ustida ishlash.
Berilgan gaplarni o‘qish asosida fe’l-kesim va ot-kesimlarning zamonlarini aniqlash. Gap juftlarini o‘qish, fe’l-kesimli va ot-kesimli gaplarni ajratib, ularda bo‘lishli- bo‘lishsizlik, zamon va shaxs-son ma’nolarini ifodalovchi qo‘shimchalarni aniqlash. Ot-kesimli gaplar tarkibida ajratilgan edi, bo‘ladi, bo‘sin, bo‘lmaydi, emas kabi so‘zlarning vazifasini tushuntirish.
Gap juftlarini o‘qib bog’lamali va bog’lamasiz gaplar orasidagi ma’no farqini aniqlash.
Berilgan gaplarda ot-kesimni emoq fe’li yordamida o‘tgan zamonga va bo‘lmoq fe’li yordamida o‘tgan zamonga va bo‘lmoq fe’li yordamida kelasi zamonga aylantirish, emoq va bo‘lmoq bog’lamasi bilan kelgan ot-kesimli gaplar orasidagi ma’no farqini tushuntirish.
Berilgan gaplarda ko‘makchilardan mosini qo‘yib ko‘chirish; bu so‘zlardan har biri qanday ma’no ifodalashini tushuntirish.
Sof ko‘makchilarning vazifasi va ma’nosi ustida ishlash.
Ajratilgan ko‘makchilarni –dan, -ga, -da qo‘shimchalaridan mosi bilan almashtirib, gaplarni ko‘chirish: bu gaplarni o‘zaro qiyoslab xulosa chiqarish.
-gacha, -dek, -day ko‘makchi-qo‘shimchalarining ma’nosi va imlosi ustida ishlash. – gacha va qadar ko‘makchilarining ma’nosi va imlosi ustida ishlash.
Sof ko‘makchilar va ko‘makchi-qo‘shimchalarning kishilik va ko‘rsatish olmoshlari bilan birikish xususiyatlari haqida xulosa chiqarish. Berilgan gaplarda ajratilgan so‘zlarning qachon mustaqil so‘z va qaysi hollarda ko‘makchi ekanligini aniqlash.
Yarim ko‘makchilarning ma’nosi, imlosi va vazifasi ustida ishlash.
Berilgan gaplarda deb, deya yarim ko‘makchilarini o‘rni bilan uchun, sababli, tufayli ko‘makchilaridan biri bilan almashtirish; ularni qiyoslab xulosa chiqarish.
Ko‘makchilar yuzasidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash. Matnda ko‘makchilarni ma’nodoshlari bilan almashtirish. Ko‘makchilar ma’nodoshligi va vazifadoshligi xususida xulosa chiqarish. Ko‘makchilarning turlari (ko‘makchi-qo‘shimchalar, sof ko‘makchilar, yarim ko‘makchilar, ko‘makchi-bog’lovchilar) hamda ko‘makilarning ma’nodoshligi va vazifadoshligi yuzasidan sinf musobaqasi o‘tkazish.
Matnda ajratilgan bog’lovchilarning ma’no va vazifasini aniqlash. Yakka va takror qo‘llanuvchi bog’lovchilar ustida ishlash.
Teng bog’lovchilarga oid ijodiy-amaliy ishlar. Berilgan so‘z va gaplarni bog’lovchilar vositasida biriktirish.
Bilan yordamchi so‘zining qo‘makchi va bog’lovchi vazifasida kelishi.
Takror qo‘llanuvchi bog’lovchilarning imlosi, talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash. Biriktiruv va ayiruv bog’lovchilarining qo‘llanilishi.
Zidlov bog’lovchilarining qo‘llanishi, imlosi va talaffuzi ustida ishlash. Ergashtiruvchi bog’lovchilarga oid ijodiy-amaliy ishlar.
Sabab, shart, aniqlov bog’lovchilari ishtirokida gaplar tuzish: ularni o‘zaro qiyoslash asosida xulosa chiqarish.
Bog’lovchilar yuzasidan egallangan bilimlarga asoslanib “Zukkolar o‘yini” o‘tkazish.
Berilgan gaplarni (Bog’da o‘rik gulladi. Bog’da o‘rik gulladimi? Bog’da o‘rik gulladi-ku. Bog’da o‘riklargina gulladi.) qiyoslash, ma’no farqlarini, bu farq nima bilan berilayotganligini aniqlash. Yuklamalar izohi.
So‘zsimon va qo‘shimchasimon yuklamalar, ularning imlosi ustida ishlash. Yuklamalarning ma’no turlari. So‘roq yuklamalari, ularning imlosi, talaffuzi va qo‘llanishi ustida ishlash. So‘roq yuklamali gaplarda tinish belgilari.
Ayiruv yuklamalari, ularning imlosi, talaffuzi va qo‘llanishi ustida ishlash. Ayiruv yuklamali gaplarda tinish belgilari.
Ta’kid yuklmalari, ularning imlosi, talaffuzi va qo‘llanishi ustida ishlash. Ta’kid yuklamali gaplarda tinish belgilari.
Kuchaytiruv yuklamalari, ularning imlosi, talaffuzi va qo‘llanishi ustida ishlash. Kuchaytiruv yuklamali gaplarda tinish belgilari.
Berilgan ma’rifiy matnni o‘qish: ajratilgan yuklamalarning imlosi va ma’nosi ustida ishlash.
Yozma ish va uning tahlili.
Yordamichi so‘zlar yuzasidan takrorlash.
“Yordamchi so‘zlar” mavzusida sinfda “Topqirlar bellashuvi” o‘tkazish. “Yordamchi so‘zlar haqida” ilmiy matnni o‘qish; matn mazmuni asosida savol- javob o‘tkazish.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin