O’quv-uslubiy majmua


Ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar ustida ishlash orqali



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə20/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar ustida ishlash orqali. 0‘qituvchi «Fonetika» bo‘limidagi deyarli har bir mashq ustida ishlashda ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar ustida ishlash imkoniyatiga ega. Masalan, ng tvushining imlosi ustida ish olib borilar ekan, o‘quvchilar ohangi, tengi, tonggi, manglay singari so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish bilan bir qatorda ularga ma’nodoshlar ham topishlari mumkin. Chunonchi, ohang-sas; teng- barobar-tengqur; tonggi-sahargi, nahorgi; manglay-peshana kabi. Tovush juftlari bilan farqlanuvchi so‘zlar ustida ish olib borilayotganda ham shunday ishlar davom ettirilishi mumkin. Masalan, i- uunlisi bilan farqlanuvchi so‘zlar ro‘yxat qilinar ekan, (masalan, urish-urush, yumish- yumush, yog‘di- yog'du, tushim- tushum va h.k.) bu so‘zlarga ma’nodoshlar, uyadoshlar, zid ma’noli so‘zlar topish ustida ham ish olib boriladi. Chunonchi, urish- do‘pposlash; urush- jang; urish – janjal urush — tinchlik kabi.
Olinma so‘zlar ustida ishlash orqali. Ma’lumki, o‘zbek tilining tovush tizimi ustida ish olib borilar ekan, o‘quvchilar juda ko‘p olinma so‘zlarga ham duch keladilar. Shubhasiz, bu so‘zlaming imlosi va talaffiizi ustida ishlash ularning ma’nosi va nutqda qo‘llanilishi ustida ishlash bilan uzviy bog‘lanishi lozim. Chunonchi, j harfi va tovushi o‘rganilar ekan, jo’ja, juda singari sof o‘zbekcha so‘zlar bilan bir qatorda arabcha, forscha va ayniqsa, rus tili va rus tili orqali Yevropa tillaridan kirgan so‘zlar (masalan, janr, federativ, fortepyano, film, filmoskop va h.k.)ga ham duch kelinadi. «Imlo lug‘ati»dan shunday so‘zlami topish, ularni ro‘yxat qilish, ma’nosini sharhlash o‘quvchilar nutqini olinma so‘zlar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega.
«Fonetika»ni o‘rganish jarayonida o‘qituvchi keyingi yillarda fan va texnika taraqqiyoti, iqtisodiy aloqalarning rivoji tufayli tilimizga kirib kelayotgan yangi so‘zlarning o‘quvchilar so‘z zaxirasiga kirishiga alohida e’tibor qaratish lozim. So‘zlarni ma’lum bir belgilarga qarab muayyan guruhlarga ajratish ham ularning so‘z zaxirasini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Imlo lug‘ati»dan foydalanib, t, k, d, s, r, l tovushlari juftlanib kelgan (katta, arra, to'qqizva h.k.) so‘zlar ro‘yxatini tuzish nafaqat o‘quvchilaming imlo savodxonligini yaxshilashga, balki ulaming so‘z boyligini oshirishga ham yordam beradi.
Tilga olinayotgan topshiriqlarni musobaqa tarzida tashkil etilishi uni qiziqarli o‘yinga aylantiradi va g‘oliblarni aniqlab, ularni rag'batlantirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi.
Quyida ana shu o‘yinlardan namunalar keltiramiz:

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin