O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə22/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

«Nazoratchi harf» o‘yini. 0‘qituvchi belgilangan harf asosida o‘quvchilarga so‘z yozishni taklif etadi. Masalan, o‘qituvchi: «sh» harfi birinchi turibdi, demak «sh>harfi so‘z boshida kelishiga namunalar yozing», - deb aytadi. Ishni bajarish uchun aniq 2-3 minut vaqt belgilanadi. 0‘quvchilar yozadilar: shodlik, shahar, shovqin, shalola, sharshara, shu ’la, shuhrat, sharafli, shabnamva h.k. Belgilangan vaqtda ko‘p so‘z yozgan o‘quvchi o‘yin g‘olibi hisoblanadi.
«Doirada berilgan harflar asosida so‘z tuz» o‘yini. 0‘quvchilarga doira ichida 6 ta harf taqdim etiladi. 0‘quvchilar shu harflar ishtirokida so‘zlar hosil qiladilar. Belgilangan vaqtda ko‘p so‘z hosil qilgan o‘quvchilar yoki guruh g‘olib sanaladi. Bu o‘yinni, ayniqsa, unli va undosh tovushlar o‘rganilgandan keyin o'tkazish maqsadga rauvofiq bo‘ladi. Agar o‘quvchilar e’tiboriga a, u, b, f s, t harflari berilgan bo‘lsa, ular bu harflarni qatnashtirib asab, bu, tuz, buta, aft, saf, bas, tub kabi so‘zlar hosil qiladilar.
«Tovush juftlari bilan har bir so‘zga ma’nodosh so‘z top!». Bu o‘yinni tashkil etish uchun avval o‘quvchilarga muayyan tovush juftli so‘zlar hosil qilish (masalan, b-p: bob-bop, t-d: tub-tup va h.k.) topshiriladi, so‘ngra bu so‘zlarning har biriga ma’nodoshlar topish vazifasi yuklatiladi. 0‘quvchilar guruhlarga ajratilgan bo‘lsa, har bir guruh muayyan so‘znmg barcha ma’nodoshlarini aniqlashadi.
Masalan, bob-bop: bob-bo’lim-qism; bop- loyiq- yarashiqli- mos; tur (ot) -dur: tur-nav; dur-marvarid-javohir.
«So‘z ustuni» o‘yini. 0‘qituvchi sinf taxtasi (doska)ga biror so‘zni yozadi va o‘quvchilarga uning har bir harfl bilan boshlanuvchi so‘zlar ustuni hosil qilishni taklif qiladi. 0‘quvchilar har to‘g‘ri so‘z uchun belgilangan ballni oladilar, har bir xato uchun ball olib tashlanadi. Yoki bu topshiriqni kartochka tarzida mustaqil ish qilib topshirish ham mumkin, bu paytda o‘quvchilar topshiriqni bajarib, o‘qituvchiga topshiradilar. Vaqtni hisobga olib ma’lum minutda nechta so‘z yozishni o‘qituvchi bolalarga e’lon qiladi va tartibni buzmay ulardan kartochkani terib oladi, tekshirib baholaydi.

O

N

A

Obod

navo

Aql

Ohang

nizom

Asar

Ozod

nazar

Alia

Odam

nodir

A’lo

Odil

nurli

Ahd





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin