Topshiriq namunalari:
topshiriq. Berilgan so'zlami ma’no yaqinligiga ko‘ra juftlarga ajrating, ular orasidagi ma’no nozikligini aniqlang.
Avlod, aybdor, yolg‘onchi, sababchi, beqaror, ahdlashmoq, aldoqchi, va’dalashmoq, betayin, yolg‘on, bo‘hton, diyor, yolg‘iz, alanga, zim-ziyo, yorqin, kimsasiz, vatan, tuhmat, muhtoj, qorong‘ilik.
topshiriq. Gaplarni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarni qavsda berilgan so‘zlar bilan almashtirib, ma’no farqlarini tushuntiring.
1. Bola vazifani tez tushundi (fahmladi, angladi, uqdi). 2. Pulni behuda sarflamang (sarf qihmang, xarj qilmang).
Ko‘k (osmon, samo) yuzini bulut qopladi (egalladi, qurshadi, to‘sdi, tutdi, bosdi).
topshiriq. Gaplarni o‘qing. So‘zlarni birin-ketin ma’nodoshi bilan almashtiring.
1. Bahor erta keldi. 2. Oyim peshanamni siladi.
topshiriq. Ajratilgan so‘zlami qavsda berilgan so‘zlar bilan almashtirib, ma’no farqlarini tushuntiring. So‘zning ijobiy va salbiy bo‘yog‘iga e’tibor bering.
1. Onaning iltijosi (zori, tavallosi, o‘tinchi) yurak (qalb, ko‘ngil)larni larzaga keltirdi. 2. Mastning yuzi (basharasi, turqi, angori, afti)ni ko‘rishga toqatim yo‘q. 3. Do‘stimnmg ko‘rinishi (avzosi) yaxshi edi.
«Ma’nodosh so‘zlar» ustida olib boriladigan ijodiy-amaliy ishlar o‘yin tarzida tashkil etilsa, o‘quvchilaming bu topshiriqlami bajarishga bo‘lgan qiziqish darajasi behad ortadi hamda o‘rganilayotgan til hodisalarini fahmlash imkoniyatlari yanada yuqoriroq bo‘ladi.
0‘quvchilar so‘z boyligini oshirishda shakldosh so‘zlar ustida ishlash ham muhim ahamiyatga ega. Matnda ajratilgan so‘zlarning (masalan, ot, olma, yoz, chaqmoqva h.k.) ma’nolari ustida ishlash, ularning har biriga ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlash, tanlangan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish, so‘z o‘yinlari tashkil etish, tuyuqlarda ishlatilgan shakldosh so‘zlaming ma’nolarini sharhlash o‘quvchilar nutqini bunday so‘zlar bilan boyitishda muhim o‘rin egallaydi. Masalan, shoir Erkin Vohidovning quyidagi she’ri o‘quvchilar hukmiga havola etiladi va olma so‘zming ma’nolarini sharhlash topshiriladi:
Meva berdi yetilib bu yil,
Men bog‘imga o‘tqazgan nihol.
Mevalarki, cho‘g‘day qip-qizil,
Husni yoqut, shirinlikda bol.
Lablaridan tomizib sharbat,
0L, e deydi, armonda qolma.
Lekin shunga hayronman faqat,
Nega uni deydilar: Olma?
Olma eksa bog‘iga har kim,
Mehmoniga ol, ye demasmi?
«OIma» mening mehmondo‘st xalqim,
Odatiga yot so‘z emasmi?
Meva berdi yetilib bu yil,
Men ardoqlab o‘stirgan nihol.
Olmalarki, shafaqday qizil,
Lekin nomi «olma» emas alvon, ol.
Ma’Iumki, o‘quvchilar nutqida uchraydigan xatolaming talaygina qismini talaffiizi yaqin, ma’nosi bir-biridan farq qiladigan paronim so‘zIar (masalan, tanbur—tambur, tire—teri, azim-azm, dakki-daqqi, zirak—ziyrak, juda-judova h.k.) tashkil etadi. Shuning uchun «Leksikologiya» bo‘limini o‘rganish jarayonida bunday so‘zlarga alohida e’tibor qaratishga to‘g‘ri keladi. Berilgan paronim so‘zlar ma’nosini sharhlash, ular yordamida gaplar tuzish, bu so‘zlaming ma’nodoshlari va uyadoshlari ustida ishlash kabi amaliy ishlar o‘quvchilarning ana shunday so‘zlardan nutqda to‘g‘ri foydalanishlariga yordam beradi. Masalan, «dakki bermoq», «dakki yemoq» so‘z birikmalarini «daqqi ot», «daqqi odam»birikmalari bilan qiyoslang. Dakkiva daqqiso‘zlarining tamomila boshqa-boshqa so‘zlar ekanligini isbotlang yoki aro-ora—oroso‘zlari ishtirokida gaplar tuzing, ulaming boshqa-boshqa so‘z ekanligini isbotlang. Bu so‘zlaming har biriga ma’nodoshlar topishga harakat qiling, kabi.
Olinma so‘zlar ustida ishlash ham o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Bu mavzuni o‘rganishda berilgan gaplar yoki matnlardan rus va o‘zbek tillari uchun mushtarak bo‘lgan so‘zlami ajratish, rus titi orqali xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlaming ma’nosini sharhlash, o‘zbek tiliga arab yoki tojik tillaridan kirgan so‘zIaming imlosi va ma’nosi ustida ishlash, jumal, gazetalardan muayyan matnni o‘qib, ulardagi olinma so‘zlarni aniqlash, rus tilidan, fors-tojik tilidan, arab tilidan kirgan so‘zlami alohida ro‘yxat qilish, olinma so‘zlardan foydalanib, gap va matnlar tuzish kabi amaliy ishlardan unumli foydalanish mumkm. Ayniqsa, turll sohalar bo‘yicha olinma so‘zlar ro‘yxatini tuzish, imlosi murakkab bo‘lgan olinma so‘zlarni o‘quvchilaming shaxsiy imlo dafitarchalariga yozdirib borish, bu so‘zlaming ma’nosi ustida ishlash, o‘zbekcha-arabcha-tojikcha-ruscha ma’nodosh so‘z qatorlari hosll qilish (masalan, kishilik-odamiylik—insoniylik—gumanizm)singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchllaming so‘z boyligini oshirishda muhim o‘rin egallaydi.
0‘quvchilar Iug‘at boyligining muhim qismini ibora va tasviriy ifodalar tashkil etadi. Ibora, odatda, bir so‘zga teng keladigan so‘zIar qo‘shilmasi bo‘lib, u nutqimizni boyitadigan, go‘zalIashtiradigan va ta’sirchanligini oshiradigan muhim vositalardan biri sanaladi. 0‘quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish maqsadida berilgan iboralarni so‘zlar bilan almashtirish yoki, aksincha, so‘zlar o‘rnida iboralarni qo‘Hash, iboralaming ma’nosini sharhlash, berilgan iboralarga yaqin ma’noli iboralar tanlash, berilgan iboralarga qarama- qarshi ma’noli iboralar tanlash kabi topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Quyida ana shunday topshiriqlardan ayrim namunalar keltiramiz:
topshiriq. Gap juftlarida ajratilgan qismlar orasida qanday ma’no munosabatlari borligini aniqlang.
Xaridor xursand bo ‘ldi .Xaridoming chehrasi ochildi.
Bolalar xafa bo‘lishdi. Bolalarning hafsalasi pir bo ‘Idi.
0‘quvchilar quvonishdi .0‘quvchilarning boshi ko 'kka etdi.
Sarvinoz bilan Sitora yaqin do'st. Raxima bilan Nafisaning oralaridan qil o 'tmaydi.
topshiriq. Berilgan iboralaming ma’nosini tushuntiring, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Mazasi qochdi, baloga qoldi, bag'ri tosh, bel bog'ladi, vahima bosdi, gapi bir joydan chiqdi, yeng shimardi, joni halqumiga keldi, kalavaning uchini topdi, nomi chiqdi, oq-qorani tanidi, tili bir qarich, xo ‘rligi keldi, terisiga sig ‘modi.
topshiriq. Berilgan so‘zlami iboralar bilan almashtiring, ular yordamida gaplar tuzing.
Gapirmadi, toza, yuvosh, rahmdil, kuldi, qo'rqdi, chaqqon, ko‘p gapirdi, quvondi.
Namuna: gapirmadi-lom-mim demadi; ko ‘p gapirdi- jagi ochildi kabi.
topshiriq. Berilgan iboralarni qarama-qarshi ma’noli iboralar
bilan almashtiring. Ko’ngli oq -... Qo'li to'g’ri - ... Ko'zi och - ... Ko ‘ngliyumshoq —... Ko ‘ngli butun—...
topshiriq. Lug‘at daftarchangizda «Iboralar» bo‘limini oching. Unga badiiy asarlarni o‘qiyotganingizda uchratgan iboralarni va ularnmg izohini yozib boring.
Dostları ilə paylaş: |