«Berilgan so‘zlarga (masalan, ko‘l, mo‘l va h.k.) tovushdosh so‘zlar top» o‘yini. 0‘quvchilarga berilgan so‘zlarning birinchi, ikkinchi va uchinchi tovushlarini o‘zgartirib tovushdosh so‘zlar (masalan, ko ‘l-kul, qul-qil, qol-holva h.k.) hosil qilish topshiriladi. Topshiriqni birinchi bo‘lib bexato bajargan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi sanaladi.
«Sirli kataklarni to‘ldir» o‘yini.0‘quvchilarga kataklarni to’ldirib, tovushdosh so‘zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, «toy» so‘zini «soy» so‘zigacha davom ettirish talab etiladi. Namuna: toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy. «So‘z juftlarini davom ettir» o‘yinidao‘quvchilarga san’at- sanat, tal’at—talat, qal’a- qala, ta’na-tana, singari so‘zlar berilib, shunday so‘z juftlari tuzishni davom ettirish va ularning ma’nosini sharhlash topshiriladi. Berilgan so‘z juftlarini belgilangan miqdorga (masalan, 15-20 ta so‘z juft) etkazgan o‘quvchi g‘olib deb topiladi. Bu o‘yin o‘quvchilami guruhlarga ajratib, sinf taxtasida ham bajartirilishi mumkin. Qatordagi har bir o‘quvchi doskaga chiqib, bitta so‘z jufti yozadi va bo‘rni ikkinchi o‘quvchiga tutqazadi. 0‘yin shu tartibda davom ettiriladi.
«Ikkala bo‘g‘inida bir xll unli bo‘lgan so‘zlar ro‘yxatini tuzing» o‘yinidabirinchi bo‘g‘inida ham, ikkinchi bo‘g‘inida ham bir xil unli qoMlaniladigan so‘zlami (masalan, tutun, butun, uzun, quzg‘un, burgut, uyg‘un, tuyg‘un, mushuk, ustun, uyg‘ur, uchun, uzum, tushum va h.k.) topish va so‘zlar ro‘yxatini muayyan miqdorga yetkazish topshiriladi. Belgilangan miqdorda eng ko‘p so‘z topa olgan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi sanaladi.
«Domino» o‘yininiquyidagicha o‘tkazish mumkin: bir o‘quvchi so‘z aytadi, shu so‘z qaysi harf bilan tugasa, shu harf bilan boshlangan so‘zni boshqa o‘quvchi aytishi kerak, bu o‘yin shu tarzda davom ettiriladi. Namuna: ishla—adolatli— insofli—ilojsiz—zamindor—rostgo‘y — yilnoma — aqlli — irodali — izlanuvchanlik — kasbdosh — shaharlik — kuzgi - istiqbol.