Tayanch tushunchalar:
Leksikologiya, so'zning atash ma’nosi, bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar, so'zning o'z va ko'chma ma’nolari, ma’nodosh so'zlar, uyadosh so'zlar, shakldosh so'zlar, paronimlar, o'zbek tili leksikasining boyish manbalari, eskirgan so ‘zlar, yangi so ‘zlar, iboralar, tasviriy ifoda, atamalar, ilmiy atamalar, kasbiy atamalar, shevaga oid so ‘zlar, olinma so 'zlar, lug ‘at, lug ‘atshunoslik.
Maktab ona tili kursida «Leksikologiya» bo‘limining tutgan o‘rni va uning vazifalari. 0‘quvchilar «Leksikologiya» bo‘limi orqali tilning lug‘at boyligi bilan tanishadilar. Maktabda «Leksikologiya» bolimini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Mazkur bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi - so‘z haqidagi ta’limot bilan tanishadilar va ularning tilni bir butun tizim sifatida tushunishlari hamda o‘zlashtirishIariga imkon tug‘iladi. Zero, leksika tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq boiib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi.
Maktabda «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad o‘quvchilami o‘zbek adabiy tilining so‘z xazinasiga olib kirish, ularning so‘z zaxirasini oshirish va so‘zdan to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalanish malakalarini rivojlantirishdan iboratdir.
«Leksikologiya» bo‘liinini o‘rganishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
so‘zning shakl va ma’no qirralarini tushunish;
o‘quvchilar nutqidagi kamiste’mol so‘zlami seriste’mol so‘zlarga aylantirish; ulaming lug‘at zaxirasini yangi so‘zlar bilan boyitish;
o‘quvchilarda amaliy-stilistik malakalami takomillashtirish;
nutq uslublarini farqlashga, ayni bir narsa, voqea-hodisani oddiy, badiiy va ilmiy uslublarda bayon qilishga o‘rgatish;
nutq sharoitiga mos ravishda so‘z tanlash malakalarini kengaytirish;
turli izohli lug‘atlar bilan ishlash malakalarini hosil qildirish.
«LeksikoIogiya» bo‘Iimini o‘qitishda o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish lmkoniyatlarl. «Ona tili» kursining barcha sathlari qatori «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda ham o‘quvchilammg so‘z zahirasini oshirish va nutqi ustida ishlash ustivor yo‘nalishlardan biri sanaladi.
Mazkur bo‘limda o‘quvchilar duch keladigan dastlabki muammo so'zning o‘z va ko‘chma ma’nolaridir. Berilgan so‘z birikmalarini (masalan, oltin haykal—oltin bosh - oltin boshoq; temir yo ‘l—temir odam-temir xotira va h.k.) o‘z va ko‘chma ma’nosiga ko‘ra guruhlarga ajratish, ularni o‘zaro qiyoslash asosida so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolariga ta’rif berish, berilgan so‘zlarni o‘z va ko‘chma ma’nolarda qo'llab gaplar tuzish, badiiy matnlarni tahiil qilish, so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llab matn yaratish singari ijodiy- amaliy ishlar o‘quvchilarnmg so‘z zaxirasini oshirish va nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
«Ma’nodosh so‘zlar» mavzusini o‘rganishda berilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so‘zlarni ulaming ma’nodoshi bilan almashtirish, gapdagi so‘zlarni birin-ketin ma’nodoshlari bilan almashtirib, ma’no farqlarini izohlash, berilgan ma’nodosh so‘zlarni ijobiy va salbiy bo‘yoqli so‘zlarga ajratish, murojaat so‘z birikmalari hosil qilish (masalan, mo‘’tabar murabbiyim, muhtaram ustozim, mehribon tarbiyachim, hurmatli muallimim va h.k.), qarindosh-urug‘chilikka oid so‘zlarni (masalan, akajon, opajon, otajonva h.k.), qarindosh-urug‘ bo‘lmagan kishilarga nisbatan qo‘llab matn yaratish, oddiy va ko‘tarinki ma’noli so‘zlardan foydalanib matn tuzish singari ijodiy- amaliy ishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |