O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə104/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Nazorat savollar

  1. “Korreksiya”. “korreksion pedagogik faoliyat” tushunchalari qanday ma’noni anglatadi?

  2. Anomal o‘quvchilar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi?

  3. Korreksion pedagogika (defektologiya) fanning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

4-savol bayoni.
Aqliy va psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik tavsifnomalari. Tadqiqotlar predmetlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar orasida psixik rivojlanishi ortda qolgan, yaqqol ifodalanmaydigan sensorli, intellektual, nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy nerv tizimi shikastlanishining asorati, minimal miya diafunksiyalari ekaniligini ko‘rsatadi. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar predmetlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi.
PROQni bolalar rivojlanishini ko‘rsatuvchi anomaliya sifatida o‘rganish XX asrning 50-yillarning oxirida boshlanib, 60-70-yillarda keng ommalashdi.
Tadqiqotchilar (G.B.Shoumarov, K.S.Lebedinskaya) PROQning quyidagi to‘rt variantini keltiradilar:
1) konstitutsional kelib chiqish;
2) somatogen kelib chiqish;
3) psixogen kelib chiqish;
4) serebral–organik kelib chiqish.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Ular maktabda o‘qishga to‘la tayyor emaslar, ularda maktabda o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar shakllanmagan, dastur talablarini o‘zlashtirish uchun layoqati yetarli emas. Ular maxsus yordamsiz hisoblash, o‘qish va yozishni, shuningdek, maktabdagi tartibni o‘rgana olmaydilar. Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his etadilar. Ularda ruhiy toliqish kuzatilib, tez charchash, ish bajarish qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini bajarmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Ko‘pincha boshlari og‘riydi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalarning xulqi ham o‘ziga xos. Maktabda ular o‘zlarini maktabgacha yoshdagi bolalar kabi tutishadi. Ularda o‘qishga nisbatan qiziqish yo‘q yoki juda past bo‘liB, maktabga nisbatan ijobiy munosabat kuzatilmaydi. O‘yin ular uchun asosiy faoliyat bo‘lib qoladi.
PROQli bolalarni ko‘pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni o‘zaro farqlashda ayrim omillar qo‘l keladi. Chunonchi, PROQ bolalarda oddiy bilimlarni o‘zlashtirish, hisoblash ko‘nikmalarini egallab olishda qiyinchilik ko‘zga tashlanishi bilan birga she’r yoki ertaklarni eslab qolish qobiliyati va idrok etish faolligi ancha yuqori bo‘ladi. Bunday xususiyatlar aqli zaif bolalarda kuzatilmaydi.
Ko‘pchilik hollarda PROQ (ZPR) o‘quvchilar ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladilar. Ular bilan individual korreksion ishlar olib borilmaydi, shu bois ular amalda o‘quv jarayonidan chetda qoladilar va predmetlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar qatoriga kiritiladilar. Ular maxsus tashkil etiluvchi korreksion-rivojlantiruvchi ta’limga muhtojlar. Ularga alohida e’tibor ko‘rsatish talab etiladi.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin