O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə88/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

4-savol bayoni.
Oila tarbiyasini tashkil etish shakl, metod va vositalari. Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko‘rsatuv, eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan o‘tkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faollik, mas’ullik, e’tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi.
Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berib borish, o‘z navbatida huquqlaridan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi.Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini hosil qiluvchi o‘ziga xos maskan sanaladi. Bolalar «Vatan», «xalq» tushunchalarining mohiyatini dastlabana shu maskanda o‘zlashtiradilar. Binobarin, oilaning o‘zi Vatanning bir bo‘lagidir. Oila sha’nini himoya qilish, uni saqlash to‘g‘risida qayg‘urishning Vatanning sha’ni,el-yurt manfaati uchun kurashish tuyg‘ulari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy tarbiyaning asosi bo‘lishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan tarzda oila tarbiyasini tashkil etish komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish muvaffaqiyati uchun poydevor bo‘ladi. Farzandlarning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga etishlarida ota-ona, oilaning boshqa a’zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondoshuvlari va ma’naviy dunyosi o‘ziga xos o‘rin tutadi.Shuningdek, ota-onalarning muayyan darajada pedagogik bilimlarga ega bo‘lishlari ham ahamiyatlidir. Oila va ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilgan hamkorlikning bosh g‘oyasi ota-onalar uchun pedagogik yordam ko‘rsatishdan iboratdir.Farzand dastlabki ma’lumot va ijtimoiy me’yorlarga amal qilish borasidagi ko‘nikmalarga oilada ega bo‘ladi. Chunki oilaviy ijtimoiy munosabatlar, xususan, madaniy-maishiy, iqtisodiy-moliyaviy, mulkiy muosabatlar hamda mehnat faoliyatini tashkil etishda farzandlar o‘zlari sezmagan, mohiyatini tushunib yetmagan holda mazkur munosabatlar jarayonida ishtirok etadilar, demakki, ijtimoiy masalalar bilan to‘qnash keladilar, natijada bu tarzidagi muloqotlarning doimiy, qisqa muddatlarda takrorlanib turishi ular uchun ota-onalar, farzandlarning huquq, burch, majburiyat va mas’uliyatlarini tushunib etishga yordam beruvchi ijtimoiy ob’ektiv shart-sharoitlarni yaratadi.
Shu jihatdan pedagogika fani oldiga milliy va hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda tarixan tarkib topgan oila - ta’lim muassasasi – jamoatchilik tarzidagi uchlikning ijtimoiy-ma’rifiy roli ular o‘rtasidagi o‘zaro birlik, aloqadorligini asoslash, bolalarda idrok va tafakkurni shakllantirishda oila va jamoatchilik imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan unumli foydalanish talabi o‘rtaga qo‘yilmoqda.
Oila tarbiyasining farzandlarga tarbiya berish, ularda ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash yuzasidan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Shu borada ota-onalar bilan olib borilgan ishlar hamda o‘tkaziladigan tadbirlardan ayrimlarini namuna sifatida keltiramiz:
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar:
I. Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar.
Suhbatlar yakka va umumiy tarzda olib boriladi. Ilk suhbat chog‘ida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ma’naviy-axloqiy madaniyat unsurlarini qaror toptirish muvaffaqiyatini ta’minlash kafolati bo‘lgan ota-onalar va farzandlarning ijtimoiy onglilik hamda faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so‘rovlarini o‘tkazish mumkin. So‘rovnomalar ikki turda bo‘lib, ulardan birinchisi har bir o‘quvchining umumiy portretini tasvirlovchi, diagnostik tavsifga ega, ikkinchi turdagi so‘rovnoma esa ota-onalarning ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, farzandlar ma’naviy madaniyatini shakllantirishga nisbatan ularning shaxsiy munosabatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi so‘rovnomalardir. Quyida birinchi turdagi so‘rovnomaning umumiy mazmunini keltiramiz:
«Siz o‘z farzandingizni qay darajada bilasiz?» nomli so‘rovnoma mazmuni quyidagicha:

  1. Farzandingiz ushbu o‘quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda?

  2. Farzandingizni so‘nggi o‘quv yilidagi o‘zlashtirish darajasi Sizni qoniqtiradimi?

  3. Farzandingizning fanlarga bo‘lgan munosabati qanday?

  4. Uning fanlarga bo‘lgan qiziqishini baholay olasizmi?

  5. Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoa hamda keng jamoatchilik o‘rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki qanday?

  6. Farzandingiz mansub bo‘lgan mikro hamda makro muhitning ma’naviy-axloqiy iqlimi kanday? U kimlar bidan do‘stlashgan, ularning ma’naviy qiyofasi Sizning talablaringizga javob bera oladimi?

  7. Siz farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta’sir ko‘rsatganliklarining guvohi bo‘lganmisiz?

  8. Uning oilada tutgan o‘rni qanday?

  9. O‘quv yurti yoki oila o‘rtasida vujudga kelgan shaxsiy ziddiyatlari bormi?

Dastlabki suhbat hamda ota-onalar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalar natijalarini tahlil etish ular bilan tashkil etiladigan tadbirlar yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi.
II. Maktabning o‘quv yili davomida ota-onalar bilan olib boradigan ishlari:
1. Sinf ota-onalar majlisi. Majlis o‘quv yili davomida besh marta o‘tkaziladi, ya’ni, o‘quv yili boshlanishi oldidan, I, II, III va IV choraklar yakunida. Majlislarda o‘quv yurti ichki-tartib qoidalari, umumjamoa ijtimoiy me’yorlariga rioya etish holatlari, yuzaga kelgan ziddiyatlar tahlil etiladi, navbatdagi davr uchun belgilangan ishlarni rejalashtirish, ularni hal etish yo‘llari, chora-tadbirlari belgilanadi. Maktabda ta’lim olayotgan, jamoa hayoti, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlar faollik ko‘rsatayotgan, o‘qishda, mehnatda alohida o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik izhor etiladi.
Ayrim o‘quv yurtida tashkil etilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etmasliklari aytib o‘tiladi va buning sabablari aniqlanadi, bunday holatlarga barham berish borasida fikrlashib olinadi.
2. Umummaktab ota-onalar majlisi. Ota-onalarning umumiy yig‘ilishida o‘quv yili davomida o‘quvchilar, ota-onalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning borishi va yakuni muhokama qilinadi. Ota-onalar maktab hayoti va o‘quvchilarning intizomi, xulq-atvori, ijtimoiy me’yorlarga amal qilishlari, o‘quvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash borasida erishayotgan natijalar bilan tanishtiriladi.
O‘quv yili yakunida bo‘lib o‘tgan umummaktab ota-onalar majlisida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etgan, turli fanlar bo‘yicha uyushtirilgan tadbirlarda alohida ibrat ko‘rsatgan, shuningdek, muayyan fanlar bo‘yicha olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilar va ularning ota-onalarini rahmatnomalar bilan taqdirlash maqsadga muvofiqdir. Quyidagi bunday rahmatnomalarning namunasini keltiramiz:
Namuna

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin