O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə40/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Adabiyotlar:
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. –Toshkent, 2004
5. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. –Budapest, 2006.
10-ma’ruza Dunyo tillari tavsifi va tillar tasnifi.
Mavzu rejasi:
  1. Dunyo tillari. Qadimiy tillar. O‘lik tillar.


  2. Tillarning geneologik va tipologik tasniflari.


  3. Til oilalari. Til guruhlari. Turkiy tillar oilasi.


  4. Qo‘shimchali va qo‘shimchasiz tillar. Agglyutinativ, flektiv tillar.


  5. Tillarni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar. Umumiy va xususiy metodlar. Qiyosiy-tarixiy metod. Statistik tahlil metodi. Komponent tahlil metodi.


Tillar hozirda qo’llanish-qo’llanmasligiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:


1) tirik tillar;
2) o’lik tillar.
Hozirgi kunda ma’lum xalq yoki bir necha xalqlar uchun muloqot vositasi bo‘lib xizmat qilavotgan tillar tirik tillardir. Masalan, rus, ingliz, qirg'iz, qozoq, o‘zbek tili va boshqalar. Hozirda hech bir xalq uchun muomala vositasi bo‘lib qo‘llanmaydigan tillar esa o’lik tillar hisoblanadi. Lotin, sanskrit (qadimgi hind), qadimgi slaviyan, qadimgi turkiy, qadimgi xorazmiy tillari o’lik tillardir.
Olimlar qadimgi davrlardan boshlab dunyo tillari va ularning tarixi, kelib chiqishi, taraqqiyoti bilan qiziqib keladilar. Tillarning kelib chiqishi, geografik joylashuvi, fonetik, morfologik, grammatik xususiyatlarini hisobga olgan holda guruhlash, til oilalariga ajratish tillar tasnifi deyiladi.
Tillar tasnifining ikki asosiy turi mavjud:
1. Geneologik tasnif. Bu tillar orasidagi fonetik, leksik, grammatik o'xshashlikka asoslanadi.
2. Morfologik (tipologik) tasnif. Bu esa tillarning tuzilish tomonidan o'xshashligiga asoslanadi.
Tillarning kelib chiqishi va qarindoshligiga ko‘ra oilalarga va guruhlarga ajratilishi geneologik tasnifdir. Tillar geneologik tasnif bo‘yicha til oilalariga bo‘linadi. Kelib chiqish asosining umumiyligi, fonetik, leksik va grammatik jihatdan o‘zaro o‘xshashligi, yaqinligi bilan izohlanadigan tillar guruhi tillar oilasi deyiladi. Tillarning geneologik tasnifini yuzaga kelishi qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Tillarning genealogik tasnifi termini o'rnida ayrim manbalarda tillarning shajaraviy tasnifi terminini qo’llash kuzatiladi.
Tilshunoslikka oid ilmiy adabiyotlarda dunyo tillarini, ba’zi olimlar 20-25 oilaga bo’ladilar. Bizningcha, birinchi qarash to‘g‘riroq. Har bir til oilasi o'nlab tillarni o‘z ichiga oladi. Tillarning genealogik tasnifiga ko’ra, qarindosh tillar qarindoshlik darajasiga qarab oilalarga, bir oila doirasidagi qarindosh tillar tarmoqlarga, taqmoqlar guruh va guruhchalarga ajratiladi. Hozirgi zamon tilshunosligida oiladan kattaroq tasnifiy birliklar: til oilalari, makrooila va boshqalarni aniqlash, belgilashga urinishlar ham kuzatiladi.
Tillarning genealogik tasnifiy birliklari:
  1. Tillar makrooilasi


  2. Til oilasi


  3. Til tarmoqlari (shaxobchalari)


  4. Til guruhi


  5. Til guruhchasi


  6. Til

  7. Lahja

  8. Sheva.

Hozirgi vaqtda tarixi o’rganilib, bir-biri bilan qarindosh ekanligi aniqlangan tillar oilasi quyidagilardan iborat.

  1. Hind-Yevropa tillari oilasi.


  1. Hom-som tillari oilasi.


  2. Oltoy tillar oilasi.


  3. Ugon-fin tillari oilasi.


  4. Kavkaz tillari oilasi.


  5. Xitoy-Tibet tillari oilasi.


  6. Dravid tillari oilasi.


  7. Indoneziya tillari oilasi.


A.A.Reformatskiyning “Vvedeniye v yazhkoznaniye” kitobida til oilalari 20 dan ortiq ko`rsatiladi. (harang: yuqoridagi kitob, 352-362-betlar).



Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin