O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə42/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

6. Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
  • fransuz tili


  • italyan tili


  • ispan tili


  • portugal tili


  • rumin tili


  • moldovan tili


  • pravansal tili


  • sardin tili


  • katalan tili


  • retro-roman tili


O’lik tillardan lotin, osk, umbr tillari ham roman tillari guruhiga kiradi.


Bundan tashhari, kelpt, grek, alban, arman kabi til gurg`uo`lari ham Xind-Yevropa tillari oilasiga mansub.
II. Xom-som tillari oilasi.
Xozirgi vaqtda bu til oilasi o`z ichiga 50 ga yaqin til guruhlari va guruhchalarini oladi Xom-som tillari oilasiga Arab mamlakatlari va Afrikada yashovchi xalqlarning tillari kiradi.
III. Oltoy tillar oilasi.
Hozirgi vaqtda O`rta Osiyoda 24 ta turkiy til bo`lib, bularda 25 million kishi gaplashadi. Yer yuzida turkiy tillarda 65 million kishi aloqa qiladil. (1970 yilga ma`lumot ).
Turkiy tillar oltoy nazariyasiga ko`ra, mo`g’il, tungus-manjur xamda koreys va yapon tillari bilan qardosh bo`lib, shu tillar bilan birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil qiladil. Ba`zi tilshunoslar koreys va yapon tillarini ham oltoy tillariga kiritadilar. Oltoy tillarini Orol tillari (ugor-fin, samodiy tillar) bilan qardosh deb xisoblovchilar ham bor. (M.A. Jostren va boshqa olimlar) oltoy tillarni tadqiq qilgan tilshunoslarning aksariyati turkiy, mo`g’ul, tungus-manjur tillarining oltoy tillari oilasiga mansubligini dalillar bilan ko`rsatib berganlar.
Hozirgi turkiy tillar tarkibiga Markaziy Osiyo, Qozog’iston va Sharqiy turkistondagi o`zbek, qozoq, qirg’iz, qoraqolpoq, turkman va uyg’ur tillari; Kafkazdagi ozarbayjon, qomiq, qorachay, bolqar, turkman, no’g’ay tillari; Volga bo`yi va Uraldagi tatar, boshqird va chuvash; Sibirdagi yoqut (sao`a), tuva, tufa, xakas, kangmaji va chulin tillari; Litva, Ukraina, Krim, Moldaviya, Gruziyadagi gagaus, krim va haraym tillari; Turkiy va Bolhondagi turk tili kiradi.
Hozirgi vaqtda turkiy tillarda gaplashuvchi xalqlar quyidagicha:
  • Turk (usmonli turk) tili


  • O`zbek tili


  • Ozarbayjon tili


  • Tatar tili


  • Qozoq tili


  • Uyg’ur tili


  • turkman tili


  • Boshqird tili


Hozirgi vaqtda jahonda hech qanday til oilasiga yoki guruhiga kirmaydigan tillar ham bo`lib, ular quyidagilar:


  • yapon tili


  • ryukyu tili


  • kareys tili


  • aym tili, bu tilda so`zlovchilar 18 minga yaqin bo`lib, ular Yaponiyaning shimolidagi Xokkaydo orolida va Kuril orollarida yashaydilar.


  • burjaski tili, bu til xech qanday til oilasi yoki guruhiga kirmaydi. Bu tilda so`zlashuvcqilar 30 mingga yaqin bo`lib, ular Xindistonning shimolida yashaydilar.


Shuni ham ta’kidlab o`tish kerakki, geneologik tasnif har bir tilning kelib chiqishini, tarixiy-taraqqiyotini, tillarning biri-biriga bo`lgan munosabatini, hozirgi axolini va shu kabi qator masalalarni chuqur o`rganishga talab qiladi. Biroq anchagina tillarning kelib qhiqishi, tarixiy taraqqiyoti, bir-biriga bo`lgan munosabati va nixoyat, hozirgi ahvolini chuqur tekshirib o`rganilmagan. Shuning uchun bu tillarning qaysi tillar bilan qarindosh ekanligini qaysi til oilasi va guruxiga mansubligi ham xali hal qilingan emas.


Bir mamlakat, davlatda turli millat vakillari tomonidan muloqot, aloqa vositasi sifatida foydalaniladigan til millatlararo aloqa tili hisoblanadi. Millatlararo aloqa vositasi sifatida tavsiya etiladigan sun’iy tillar xalqaro tillardir. Turli xalqlarning aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladigan tillar xalqaro tillardir.
Xalqaro tillar ikkiga bo’linadi:
  1. tabiiy xalqaro tillar.


  2. sun’iy xalqaro tillar.


Jahon tillarining umumiy soni manbalarda 2500 dan 5000 gacha va undan ortiq deb ko‘rsatiladi. Jahon tillari ichida so‘zlashuvchilar soniga ko'ra xitoy, ingliz, rus, ispan, hind, urdu, indonez, arab, bengal, portugal, yapon, nemis tillari keng tarqalgan tillar hisoblanadi.


So‘zlashuvchilar soniga ko‘ra dunyoda eng keng tarqalgan tillar:
1. Xitoy tili (1 mlrd. 300 mln.)
2. Ingliz tili (450 mln.)
3. Ispan tili (250 mln.)
4. Hind tili (200 mln.)
5. Arab tili (150 mln )
6. Bengal tili (150 mln.)
7. Rustili (150 mln.)
8. Yapon tili (130 mln )
9. Portugal tili (130 mln.)
10. Nemis tili (100 mln.)
Xalqaro kengashlarda, simpoziumlarda ishlatiluvchi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan rasmiy tan olingan, xalqlararo faol qo‘llanuvchi tillar xalqaro tillar hisoblanadi. Bunga ingliz, ispan, xitoy, fransuz, nis, arab tillari kiradi. Globallashuv davrida ingliz tilining mavqei yanada ortdi. Hozirga kelib ingliz tili eng keng tarqalgan va qulay tilga aylandi. Hozirgi davrda jahondagi ilmiy va texnikaviy adabiyotlarning o‘rta hisobda 80 foizi ingliz tilida chop etiladi. Xalqaro anjumanlar, kongresslar, sessiyalar, konferensiyalar, suhbatlar, rasmiy muzokaralar va boshqa tadbirlar asosan ingliz tilida olib boriladi. Demak, xalqaro tillar orasida ham ingliz tilining qo’llanish darajasi keng, mavqeyi juda baland.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin