O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə23/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Sotsiolingvistika (lot. societas - jamiyat + lingvistika) tilshunoslik va sotsiologiya fanlari aloqasi asosida yuzaga kelgan bo'lib, tilning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy vazifalarini, til taraqqiyotidagi ekstralingvistik omillarni, til siyosatini, lisoniy muhitni hamda tilning jaraiyat hayotidagi o‘mi bilan bog‘liq muammolami o' rganuvchi soha. Ilmiy manbalarda va tilshunoslikka oid terminologik lug‘atlarda sotsiolingvistika, lingvosotsiologiya va lingvistik sotsiologiya, til sotsiologiyasi, sotsiologik lingvistika, sotsial tilshunoslik, lingvistik sotsiologiya, lingvosotsiologiya kabi nomlanib kelgan. Shuningdek, o'zbek tilshunosligida sotsiolingvistikaning muqobili sifatida ijtimoiy tilshunoslik termini ham qo’llanadi. Sotsiolingvistika o‘z mohiyat-mazmuniga ko‘ra sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, psixologiya, geografiya, tarix kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq bo'lib, shu fanlar tutashmasida rivojlanib boradi. Uning fan sifatidagi vazifasi jamiyatning til bilan bog'liq barcha qirralarini ilmiy tadqiq etishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur fan jamiyatning o'zgarib borishi natijasida tilda kechayotgan o‘zgarishlarni ham tadqiq etadi. Demak, sotsiolingvistika jamiyat va til o'rtasidagi umumiy o‘zgarishlarni o'rganuvchi fandir.
Hozirgi zamon tilshunosligida sotsiolingvistik tadqiqotlarga qiziqishning kuchayib borayotganligi quyidagi ikki sabab bilan izohlanadi:
a) hozirgi jamiyatda ilmiy asoslangan til siyosatiga ehtiyoj kundan-kun ortib bormoqda;
b) struktural tilshunoslik shu vaqtga qadar faqat tilning ichki tuzilshini o‘rganish bilan qiziqib keldi, tilning jamiyat bilan, o‘sha til egasi bo‘lgan xalq tirixi, urf-odati bilan munosabati muammosi tilshunoslar e'tiboridan chetda qolib ketdi.
Sotsiolingvistika fani yutuqlari shuni ko'rsatadiki, tillar bir-biriga leksik jihatdangina ta’sir etib qolmay, bir-birining ichki tuzilishiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Shunga muvofiq hozirgi zamon tilshunosligida «tillar ichki tuzilishining o‘zaro hamkorlik jarayoni» degan tushuncha shakllangan. Mamlakatlararo aloqalarning rivojlanishi o‘sha mamlakatlarda yashovchi xalq va elatlar madaniyatining yaqinlashuviga zamin hozirlaydi, natijada tillar ham bir-biriga ta'sir ko‘rsatadi, bunday hamkorlik, o‘z navbatida, tillarning ichki rivojlanishini ta'minlaydi.
Chet ellarda, ayniqsa, AQShda sotsiolingvistika bo'yicha ko‘p ishlar amalga oshirilgan. AQSh tilshunosi R.T.Bell ta’kidlashicha, ijtimoiy tilshunoslik sohasida AQShda ikki yo‘nalish mavjud:
a) sof sotsiolingvistika, bunda gapiruvchi va tinglovchi grammatikasi, bir-biriga ta'siri, hamkorligi o‘rganiladi;
b) til sotsiologiyasi, bunda til ishoralari, belgilarining jamiyatdagi turli ijtimoiy jabhalarda ishlatilishi masalalari o‘rganiladi.
AQShda birinchi yo'nalish mikrosotsiologiya deb yuritiladi, u bilan asosan tilshunoslar shug‘ullanadilar, Ikkinchisi esa makrosotsiologiya deb nomlanadi, bu muammolar bilan sotsiologlar shug’ullanadilar. Mikrosotsiolingvistika kichik ijtimoiy guruhlarni tashkil etuvchi shaxslarning nutqiy hamkorlik munosabatlarini o‘rganadi Makrosotsiolingvistika esa bir ijtimoiy guruh bilan ikkinchi guruh o‘rtasidagi nutqiy muloqotni tadqiq etadi. Mikrosotsiolingvistika erishgan yutuqlar makrosotsiolingvistik tadqiqotlar uchun ilmiy zamin bo‘lib xizmat qiladi Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy muhitga ko‘ra o‘zgarish xususiyatlarini atroflicha tadqiq etadi. Bu tilshunoslikda tilning o‘zgarish nazariyasi deb yuritiladi. Sotsiolingvistika fani tillar tipologiyasi muammosi bilan ham shug’ullanadi. Tillarning sotsiolingvistik tipologiyasi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini inobatga oluvchi tipologiyadir. Bunday tipologiyaga quyidagi to‘rt mezon asos qilib olinadi:
1. Standartlashtirish - bunda ma'lum bir tilda gaplashuvchilar tomonidan qabul qilingan adabiy til tushuniladi. Standartlashtirishning asosiy omili tilning grammatikasini va lug‘atini yaratishdir.
2. Hayotiylik - bunda ma'lum bir tilda gaplashuvchi jamiyatning bor-yo‘qligi inobatga olinadi. Agar til hayotiy, tirik bo'lsa, bu tilni ona tilim deb biladigan, uni e'zozlaydigan jamiyat ham mavjud bo‘ladi. Ba’zan ilgari o‘lik tilga aylangan tillar ham qaytadan hayotiylik kasb etishi mumkin. Masalan, ivrit tili eramizdan oldingi 1-mingyillikda qadimgi Falastin aholistning tili bo'lgan, 1948-yilda Isroil davlati bu tilni ayrim o‘zgarishlar bilan davlat tili sifatida qabul qiladi.
3. Tarixiylik - bunda ma'lum bir tilning jamiyat tomonidan ishlatilishi natijasida uning mo‘tadil, bir tekis rivojlanib turishi uazarda tutiladi.
4. Avtonomlik - bunda ma’lum ijtimoiy guruh uchun ona tili sifatida xizmat qilayotgan u yoki bu til boshqa tillardan tuzilishi jihatdan tubdan farq qilishi yoki bir tilning varianti sifatida namoyon bo’lishi tushuniladi. Masalan, o‘zbek, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillari o‘zaro qiyoslanganda ular orasidagi fonetik, leksik, grammatik farqlar ko‘zga tashlanadi, ya’ni bu tillar avtonom, mustaqil tillar degan xulosa kelib chiqadi.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin