O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə20/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Intralingvistika (ing.) tilning ichki tuzilishini, uning birliklarini va kategoriyalarini, til sathlari va ularning tuzilishini nolisoniy omillarga bog’lamasdan o‘rganadi. Fonologiya, leksikologiya va grammatika intralingvistikamng asosiy bo’limlari hisoblanadi.
Komparativistika (lot. comparativus - qiyosiy) - tilshunoslikning qarindosh tillarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tarmog‘i. Komparativistika qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, areal lingvistika, tipologiya (universal lingvistika) ni o‘z ichiga oladi. Qiyosiy tilshunoslik qiyosiy-tarixiy va chog’ishtirma tilshunoslikka bo’linadi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik qarindosh tillarni o‘rgansa, chog’ishtirma tilshunoslik turli tizimdagi tillarni chog‘ishtirib, ularning o‘xshash va noo‘xshash tomonlarini aniqlaydi. Masalan, rus-o'zbek tillarining qiyosiy grammatikasi kabi.
Tilshunoslik fani bo’limlari
Fonetika nutq tovushlarining artikulatsion va akustik xususiyatlarini, bo‘g‘in, urg'u, ohang va fonetik hodisalami o‘rganadi.
Fonologiya fonema, fonemalar tasnifi va ular o’rtasidagi munosabat masalalarini o‘rganadi.
Grafika yozuv turlari, yozuv birliklari, alifbo, harf, tovush va harf munosabatlari kabi masalaarni o’rganadi
Orfoepiya adabiy tilga xos talaffuz va talaffuz me’yorlarini o‘rganadi.
Orfografiya imlo qonun-qoidalari va tamoyillarini o‘rganadi.
Leksikologiya so‘z, sozning lug‘aviy ma'nosi, ma’no tuzilishi, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarini, tilning Iug‘at tarkibini va uning taraqqiyotmi o‘rganadi.
Paremiologiyatildagi barqaror birikmalar: maqol, matal va aforizmlar (hikmatli so‘zlar)ni o‘rganadi.
Frazeologiya frazeologizm (ibora)larni, frazeologizmlaming shakl va ma'no munosabatiga ko‘ra turlarini o‘rganadi
Etimologiya so‘z va morfemalaming kelib chiqishi hamda tarixini o‘rganadi.
Dialektologiya tildagi sheva va lahjalami o‘rganadi.
Terminologiya termin va unung turlarini hamda termin tuzish, qo‘llash masalalarini o‘rganadi.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin