O’quv-uslubiy majmua


-ma’ruza: Til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar. Mavzu rejasi



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə28/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

4-ma’ruza: Til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar.
Mavzu rejasi:
1. Lisoniy paradigma.
2. Til birliklari o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlar.
3. Til birliklari o‘rtasidagi iyerarxik munosabatlar.
4. Til birliklari aranjirovkasi.


Til sistemasidagi har bir sath birligi – fonema, morfema, leksema, so‘z shakl, sintaksema, matn lingvistik birliklar sanaladi. Lingvistik birliklar sistema tarkibida ma’lum munosabatda bo‘ladi. Ularni dastlab ikki guruhga ajratish mumkin: 1) bir sathga mansub bo‘lgan birliklar munosabati; 2) turli sathga mansub bo‘lgan birliklar munosabati, ya’ni sathlararo munosabat. Bir sathga mansub bo‘lgan birliklar o‘zaro ikki xil munosabatga kirishadi: 1) paradigmatik (uyadoshlik) munosabat; 2) sintagmatik (ketma-ketlik) munosabat. Bir sathga mansub bo‘lgan, qimmat jihatdan bir xil birliklarning ma’lum umumiy belgi asosida bir guruhga (uyaga) birlashuvi paradigmatik munosabat sanaladi. Paradigmatik munosabatda bo‘lgan birliklar uchun umumiy belgi sifatida shu birliklarning ma’nosi ham, shakli ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, ishchi, ishla leksemalari o‘zakning umumiyligi bilan o‘zaro birlashsa, qo‘shimchalari bilan farqlanadi. Yoki aksincha, ishla, angla, so‘zla singari leksemalar qo‘shimchaning umumiyligi bilan birlashib, o‘zakning xilma-xilligi bilan farqlanadi. Leksik sathda ayrim leksemalar shakliy o‘xshashlik umumiy belgisi asosida bir uyani, sinfni tashkil etadi. Bunday leksemalar munosabati leksik omonimlarni hosil qiladi yoki ba’zi leksemalar ma’no umumiyligi asosida bir sinfga birlashadi. Bunday munosabatda bo‘lgan leksemalar leksik sinonimlarni tashkil etadi. Xuddi shunday xususiyat fonologik sathdan yuqori bo‘lgan barcha sath birliklari uchun xosdir. Masalan, umumiy egalik ma’nosi asosida barcha egalik shakllari bir uyaga birlashadi. Zamon ma’nosi asosida barcha zamon bildiruvchi fe’l shakllari bir paradigmaga birlashadi. Zamon ma’nosi asosida barcha zamon bildiruvchi fe’l shakllari bir paradigmani hosil qiladi. Shu bilan birga, paradigma ichida xuddi shunday umumiy ma’no asosida yana kichik paradigmalarga birlashishi mumkin. Jumladan, o‘tgan zamon shakllari, kelasi zamon shakllari kabi. Shunday qilib, ma’lum paradigma o‘z ichida kichik uyalarga bo‘linib, uyalar darajalanishini hosil qiladi. Masalan, a, e, o, o‘, u, i unlilari munosabati unlilar sistemasini (paradigmasini) tashkil etish bilan birga, bu unlilarning har qaysisi bevosita kuzatishda bir qancha variantlar orqali yuzaga chiqadi va variantlar paradigmasini (sistemasini) tashkil etadi. Lingvistik birliklarning uyadoshlik munosabatini belgilashda ko‘proq ma’no umumiyligi belgisi xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ma’lum umumiy ma’no asosida bir paradigmaga birlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan umumiy ma’no har bir paradigma a’zosida takrorlanishi lozim. Ana shu takrorlanuvchi ma’no (sema) har bir a’zoni ayni shu uyaga (paradigmaga) birlashtirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga, uyaning har qaysi a’zosi boshqa a’zodan ma’lum belgilariga ko‘ra farqlanish xususiyatiga ham ega. Ana shu farqlanish belgisi bilan uyaning alohida birligi ekanligini saqlab turadi. Demak, har bir a’zo birlashtiruvchi va farqlovchi semalar birligidan tashkil topadi. Birlashtiruvchi sema har bir a’zoni ma’lum mazmuniy uyaga (paradigmaga) birlashishini, farqlovchi sema esa uya tarkibidagi har bir a’zoning o‘ziga xosligini, alohidaligini ko‘rsatib turadi va ularni alohida til birligi sifatida til sistemasida yashashiga imkon beradi. Anglashiladiki, paradigmaning har bir a’zosida umumiylik va o‘ziga xoslik dialektikasi amal qiladi. Masalan, -gan, -di shakllari o‘tgan zamon semasi bilan bir paradigmaga kiradi. Shu bilan birga, ularning har ikkisi o‘ziga xos farqlanish belgisiga ham ega. Ular o‘tgan zamonning nutq jarayoniga nisbatan uzoq yoki yaqinligini ifodalash jihatidan bir–biridan farqlanadi. Birinchisi nisbatan uzoq o‘tgan zamonni, ikkinchisi esa yaqin o‘tgan zamonni bildiradi. Har bir paradigma sistema sanaladi. Shunday ekan, til sistemasi o‘zaro munosabatda bo‘lgan bir qancha paradigmalarning birligidan iboratdir. Har bir paradigma a’zolari bir-biri bilan zidlanish xususiyatiga ega. Zidlanish har qanday narsa va hodisaning ichki taraqqiyot negizidir. Shunday ekan, davrlar o‘tishi bilan paradigma a’zolari o‘rtasida miqdoriy o‘zgarish ro‘y berishi mumkin. Ayrim a’zolar eskirib, iste’moldan chiqishi, yangisi kirib kelishi mumkin. Bu esa til sistemasining ochiq sistema ekanligini ko‘rsatadi.
Paradigmatik munosabat a’zolari imkoniyat tarzida til egalari ongida mavjud bo‘ladi. Har bir paradigma a’zosi bevosita kuzatishda, ya’ni nutq jarayonida turli nusxalarda, turli xil variantlarda namoyon bo‘ladi. Demak, har bir paradigma a’zosi bevosita nutq jarayonida namoyon bo‘ladigan turli xil variantlarning umumlashmasi - invarianti sanaladi. Paradigma a’zolari nutq jarayonida har qaysi tilning muayyan qonun-qoidasi asosida hamda paradigma a’zosining ma’nosi doirasida boshqa paradigma a’zosining varianti bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Sintagmatik munosabatda munosabatga kirishuvchi lingvistik birliklar tanlanish xususiyatiga ega bo‘ladi, ya’ni har qanday qimmat jihatidan bir xil bo‘lgan lingvistik birliklar emas, balki mazmuniy muvofiqlashgan, ma’no taqozo etgan ikki paradigma a’zosi variantlarigina sintagmatik munosabatga kirishadi. Sintagmatik munosabatga paradigma tarkibidagi invariant o‘zining barcha variantlari orqali emas, balki bitta varianti orqali munosabatga kirishadi. Masalan, gapirmoq leksemasi "biron fikrni boshqasiga tovushlar orqali ifoda qilmoq" semasi orqali faqat “shaxs” semasiga ega bo‘lgan predmet bilangina sintagmatik munosabatga kirishadi. Chaynamoq leksemasi:
"ma’lum bir yemishni tish orqali maydalash" yoki "rezinani tish orqali ezg‘ilash";
"yomonlamoq";
"ezmalanmoq";
"muayyan bir moddani o‘ramoq"
singari leksik-semantik variantlar umumlashmasi - invarianti sanaladi. Bu leksik-semantik variantlar alohida-alohida tarzda sintagmatik munosabatga kirishadilar va har qaysi leksik-semantik variantlarning, bir necha paradigma a’zolarining varianti bo‘lib kelishi mumkin.
Birinchi semasi bilan yemoq, g‘ajimoq, kavshanmoq leksemalari bilan; ikkinchi semasi bilan yomonlamoq, g‘iybat qilmoq leksemalari bilan; uchinchi semasi bilan ezmalanmoq, ming‘irlamoq singari leksemalar bilan; to‘rtinchi semasi bilan buramoq, yo‘nalmoq leksemalari bilan bir paradigmani hosil qiladi va har qaysi variant alohida-alohida sub’ekt valentligiga egadir.
Birinchisi, chaynab oziqlanuvchi sub’ekt - odam yoki hayvon; ikkinchisi - odam; uchinchisi - odam; to‘rtinchisi - mashina kabi sub’ekt valentligiga ega. Nutqiy jarayonda ana shu valentliklarga ega bo‘lgan leksemalar bilan to‘ldiriladi.
Shunday qilib, umumlashma, invariant holatidagi lingvistik birliklar har qaysi semasi orqali boshqa paradigma a’zosi bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o‘zbek tili birliklarini sistema sifatida o‘rganishda har qaysi paradigma a’zosining vakabulada, ya’ni til sistemasida, paradigmada o‘zaro pardigmatik munosabatini o‘rganish bilan birgalikda, har bir paradigma a’zosining nutq jarayonida qanday voqelanishi, ya’ni sintagmatik munosabatini ham o‘rganishga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq.



Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin