O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə26/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Ijtimoiy kelishuv farazi. Bu faraz XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uni ilgari suruvchi olimlar ba’zida bir-biriga zid xulosalarga kelishgan, ularning tilning kelib chiqishi to‘g‘risidagi asosiy fikrlari bir xil. Qisqa qilib aytganda, bu farazga narsalarni qanday atashni odamlar o‘zaro kelishib olishgan. Ko‘rinib turibdiki, boshqa farazlarga qaraganda, bu eng oddiy va oson tanqid qilinishi mumkin, chunki biror narsa to‘g‘risida kelishib olish uchun, tabiiyki, kelishuv vositasi, ya’ni til kerak. Binobarin, bu faraz tilning paydo bo’lishini emas, balki til rivojlanishining bir yo‘nalishini tushuntirishi mumkin. Hozirgi vaqtda u yoki bu fanga taalluqli so‘z va atamalar o‘zaro kelishib olinadi. Lekin buning tilning paydo bo‘lishiga hech qanday aloqasi yo‘q.
Yuqorida qayd etilgan farazlar ayrim-ayrim olinganda tilning paydo bo‘lishi jarayonini to‘la-to‘kis tushuntirib bermasa-da, ularning har birida ma’lum darajada haqiqat bor, ya’ni bu fikrlarning har qaysisi tilning paydo bo’lishi hodisasiga o‘z hissasini qo‘shgan. Avval aytilganidek, til - ijtimoiy hodisa, odamlar jamiyatlarga uyushgan vaqtdan boshlab bir-birlariga nimanidir aytish ehtiyoji tug‘ilgan. Tilning paydo bo‘lishi tafakkur bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan. Insoniyatga xos bo’lgan bu ikki hodisa bir-biri bilan uzviy bog’langan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Tilning asosida tafakkur yotadi, tafakkur esa o‘z navbatida til orqali namoyon bo‘ladi, rivojlanadi. Til takomillashishining garovi esa - tafakkurdir.
Kishilar ibtidoiy jamiyatning dastlabki davrlarida to‘da-to‘da, ya’ni urug‘ bo’lib yashaganlar. Urug‘ kishilar jamiyatining eng kichik, oddiy hamda qadimiy uyushmasidir. Bir nechta qardosh urug‘lar qabilani tashkil qilgan. Bunday uyushmalarning har birining o‘z tili, o‘z aloqa vositasi bo‘lgan.
Ma’lumki, jonli mavjudot ko‘payish xususiyatiga ega. Vaqt o‘tishi bilan qabila a’zolari ko‘payib, kengroq hududga tarqala boshlaydi. Boshqa joylarga ko‘chib ketgan qarindosh qabilalar ma’lum ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda bir tilning turli shevalarida so‘zlashuvchi qabilalarning uyushmasiga - qabila ittifoqlariga birlashadi. Qabila ittifoqlarining umumiy tili bo‘lib, ayrim qabila tillari qabila ittifoqi tiliga nisbatan sheva holotini egallaydi. Qardosh qabilalar ittifoqi vaqti kelib xalqni tashkil qiladi. Kishilik jamiyati bu uyushmasining asosiy belgilari: umumiy til, umumiy hudud, madaniyat va ma’naviy taxlitning umumiyligidir. Xalqning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan milliy til bir-biridan farq qiluvchi shevalarni o‘zaro yaqinlashtiruvchi, yetakchi, iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon bo‘ladi. Shevalar, milliy tillar urug‘chilik davridan boshlab son jihatdan ko‘payib boradi. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillarda markazdan uzoqlashgan sari, shevaga xos farq orta boradi va oxir natijada bu farq yangi til paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin; son o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga olib keladi. Yangidan-yangi sheva va tillarning paydo bo‘lishida ikki omil - vaqt va masofa hal qiluvchi ahamiyatga egadir: vaqt o‘tgan sayin, masofa kengaya borishi, yangi sheva va tillar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Farqlanish va mujassamlashuv. Shevalarning soni ko‘payishi va ular asosida yangidan-yangi tillarning vujudga kelishini tilshunoslikda farqlanish tushunchasi bilan belgilashadi. Shunday qilib, farqlanish deganda tillarning shevalarga parchalanishi tushuniladi, bir tilga mansub shevalarning miqdorining ortib borishi anglashiladi. Tilning shevadan farqi shuki, til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Shu sababdan til ko‘p funksiyali, hamma uchun umumiy aloqa vositasi, ya’ni invariant vositadir, sheva esa, vazifa nuqtai nazardan chegaralangan bo‘lib, tilning bir variantini tashkil etadi. Xalq tili yozma-adabiy til ko‘rinishida ham namoyon bo‘lishi mumkin, lekin uning hamma tillarni birlashtirish qobiliyati bu davrda ancha ojiz va ta’sir kuchi kam bo‘ladi. Jamiyatning muayyan tarixiy sharoitida xalqlar taraqqiy qilib, millat bo‘ladi. Millatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun, albatta, ko‘p sonli odamlar orasidagi iqtisodiy munosabat bo‘lishi zarur. Millatning asosiy belgilari: umumiy hudud , umumiy til, umumiy madaniyat va ma’naviy birlikdir. Shu belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan kishilar uyushmasini millat deyish mumkin. Bunday uyushmaning tilini biz milliy til deb ataymiz. Til birligi va uning erkin rivojlanishi millatning asosiy belgilaridan biridir. Milliy til o‘z adabiy yozuv shakliga ega bo‘ladi. Milliy tilning bu shakli mazkur millatning har bir a’zosi, har bir shevasi uchun umumiydir. Har bir millatning madaniy merosi ana shu tilda o‘z aksini topadi. Har bir til turli rivojlanish davrini boshidan kechiradi. Birorta til paydo bo‘lganidan boshlab to hozirgacha faqat o‘z-o‘zicha rivojlanib kelayapti deyish mumkin emas. Ma’lumki, til inson bilan bog‘liq. Til o‘z -o‘zidan rivojlanmaydi, faqat jamiyat tildan foydalangani uchungina u rivojlanadi va o‘zgarib turadi. Demak, tilning rivojlanish tarixi, jamiyat tarixi bilan uzviy bog’langan.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin