O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

o
grafemasi 
ruscha leksik o‘zlashmalardagi o‘rta-keng lablangan «o» unlisini ifodalaydi
: opera, tonna
so‘zlarining yozilishi 
o
grafemasining shu xususiyatiga asoslangan, bu xususiyat aslida rus 
tilining grafik tizimidagi harf-tovush munosabatlarining (grafik qoidaning) o‘zbek 
yozuviga aynan (o‘zgarishsiz) ko‘chirilishiga tayanadi, Faxri Kamolovning «grafik 
prinsipi»da shu holat nazarda tutilgan. Biroq
o
grafemasining mazmun 
planida o‘zbek tili vokalizmining quyi-keng, kuchsiz lablangan «o» unlisi (
ota, bola
so‘zlarining birinchi bo‘g‘inidagi fonemasi) ham kodlashtirilgan. Bu holat rus tilining 
grafik tizimiga xos emas, chunki rus tilida quyi-keng «o» fonemasi ham, uni yozuvda 
ifodalaydigan grafema ham yo‘q:
o
grafemasining o‘zbekcha quyi-keng «o» 
fonemasini ifodalashi o‘zbek tilining grafik tizimida nazarda tutilgan, shunga ko‘ra 
ota, 
bola
so‘zlaridagi
o
grafemasining qo‘llanishi ham grafik printsipning 
mahsuli bo‘ladi. Faxri Kamolovning etimologik yoki grafik printsipga bergan ta‘rifi esa 


13 
ko‘proq tarixiy-an‘anaviy prinsip talablariga mosdir. Rus tilshunosi A.N.Gvozdevning uni 
etimologik yoki tarixiy prinsip deb nomlashida ham shu xususiyat hisobga olingan.
58
5.
Tarixiy-an‘anaviy prinsip.
Bu prinsipga asoslangan imlo qoidalari so‘zlarning yoki so‘z 
shakllarining qadimdan odat bo‘lib qolgan formada yoki an‘anaga mos shaklda yozilishini 
hozirgi imlo uchun me‘yor tarzida belgilaydi. Chunonchi
hurriyat
so‘zi tarkibida ikkita 
"r"ning mavjudligi hozirgi o‘zbek tili uchun me‘yor sanaladi, ammo shu so‘z ishtirokida 
yasalgan 
jumhuriyat
so‘zida esa bir "r" yoziladi, chunki bu so‘zni bir "r" bilan yozish 
qadimdan odat bo‘lib qolgan. 
Tarixiy-an‘anaviy prinsip so‘zning yoki so‘z shakllarining haqiqiy tarkibi (fonema 
yoki morfemalari) yetarli aniqlanmagan holatlarga nisbatan ham qo‘llanadi. Masalan, 
taqozo 
so‘zining oxirgi bo‘g‘inidagi unli ba‘zan "o", ba‘zan "a" holida (taqozo-taqoza 
kabi) talaffuz qilinadi, shulardan qaysi biri to‘g‘ri ekanligi hozircha aniq emas. Biroq, shu 
narsa ma‘lumki, yozuvda 
taqozo
shakli aktivroq qo‘llanib kelgan, bu omil hozirgi o‘zbek 
yozuvi imlosiga ham asos bo‘lgan.
Tarixiy-an‘anaviy prinsipga amal qilish holatlari hozirgi paytda yaratilayotgan ayrim 
badiiy asarlar tilida ham uchrab turadi: klassik adabiyot tiliga taqlid tarzida so‘zlarning 
eski o‘zbek tiliga xos shakllari ishlatiladi. Masalan: 
Gul fasli sanam 
Sayr 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin