O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

 
 
1. Fe‘lli birikmalar
—bunda bosh so‗z (hokim so‗z) sof fe‘l, ravishdosh, sifatdosh,
-moq qo‗shimchali harakat nomi bilan ifodalanadi:
 kitobni o‗qidi, vazifani bajarib
mehnatda sinalgan, sekin so‗zlamoq..
 
 
2. Otli birikma
—bunda hokim so‗z ot, sifat, son, olmosh, ravish, -sh, -ish, -v, -uv, -
maslik qo‗shimchali harakat nomi, taqlid so‗z, madol so‗z, undov so‗z bilan
ifodalanadi: 
do‗stimning ukasi, voqeadan xabardor, qizlarning uchtasi, Saidaning o‗zi, 
cho‗ntagida ko‗p, tez yugurish, chiroyli yozuv, polizda g‗uj-g‗uj, ahvoliga voy, uyda 
yo`q...
So‗z birikmalari tuzilishiga ko‗ra ikkiga bo‗linadi:
 
 
1. Sodda so‗z birikma
—bunda tobe so‗z ham, hokim so‗z ham birginagina mustaqil 
so‗zdan tuziladi: 
yoqimli shamol, uch o‗rdak, uzun qiz, ruchka bilan yozdim...
 
 
2. Murakkab so‗z birikmasi
—bunda sodda so‗z birikmasi tarkibidagi tobe so‗z 
yoki hokim so‗z bir yoki bir necha so‗z bilan kengayadi: 
yoqimli shamol
(sodda so‗z b.)-
kuzgi yoqimli shamol 
(murakkab. so‗z b.), 
uch o‗rdak
(sodda.so‗z b.) 
osmondagi uch 
o‗rdak 
(murakkab so‗z b.), 
maktabimiz o‗quvchilari
(sodda so‗z b.) –
maktabimizning 
a‘lochi o‗quvchilari 
(m.s.b.) 
So‗z birikmalarida tobe so‗zning qanday sintaktik vazifada kelishiga ko‗ra 3 guruhga 
bo‗linadi:
 
 
1. Aniqlovchili so‗z birikmasi
—bunda tobe so‗z qanday? qanaqa? qaysi? qaerdagi? 
necha? nechanchi? kimning? nimaning? nimaning? savollariga javob bo‗ladi va
aniqlovchili so‗z birikmalarining hammasi otli birikma bo‗ladi: 
qizil gul, suvdagi baliqlar, 
ikkinchi kitob, Anvarning ukasi, shu qiz, O‗zbekistonning poytaxti...
Aniqlovchili birikmalar, asosan, otli birikmalardir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin