Tobe munosabatli qo‗shma gap tahlili. Ergashgan qo‗shma gaplar – qismlari ergashtiruvchi bog‗lovchilar yoki shunday
bog‗lovchi vazifasidagi so‗zlar yordamida bog‗langan qo‗shma gaplardir.
Ergashgan qo‗shma gaplarda bosh gap va ergash gap bo‗ladi.
Bosh gap -- mazmuni izohlanayotgan gap (savol tarkibida qatnashadi).
Ergash gap – bosh gap mazmunini izohlayotgan gap (javob bo‗lib chiqadi).
Ergash gap bosh gapdan oldin, keyin, ba‘zan bosh gap ichida kelishi mumkin:
Inson kamtar bo‗lsa, u maqtovga loyiqdir .(ergash gap + bosh gap)
Shuni bilingki, so‗zning tig‗i shamshirdan o‗tkirroq. (bosh gap + ergash gap)
Anvar, dadasi nimani hoxlasa, shuni bajaradi. (bosh g. + ergash g. + bosh g.)
Ergash gapni bosh gapga bog‗lovchi vositalar:
1. Ergashtiruvchi bog‗lovchilar; 2. Ko‗makchili qurilmalar;
3. Yuklamalar; 4. Nisbiy so‗zlar; 5.
deb so‗zi va boshqalar.
Shuning uchun, shu sababli, shu bois, natijada, -ki, -kim bog‗lovchilar hokim gap
tarkibida keladi.
Agar, agarda, maboda, basharti, chunki , go‗yo, bamisoli, zero, zeroki, deb, toki, zotan ergashtiruvchi bog‗lovchilar esa tobe gap tarkibida joylashadi:
Agar tabiat yo‗qolsa, insoniyat ham yo‗q bo‗lib ketadi. Hayotdan aslo nolimang, chunki uning o‗zi qarama-qarshiliklardan iborat.
41
Agar, garchi, chunki, go‗yo, bamisoli, zero, zotan bog‗lovchilari tobe gapning
boshida keladi;
shuning uchun, shu tufayli, shu sababli, natijada, oqibatda kabi
bog‗lovchilar esa hokim gap boshida keladi.
deb bog‗lovchisi tobe gap oxirida keladi:
Umrim shirin o‗tsin deb, tilni tiydim hamisha. -ki, kim bog‗lovchisi esa hokim gap oxirida keladi:
Munis shuni yaxshi biladiki, mehnatsiz hech narsaga erishib bo‗lmaydi. zero, zeroki, zotan bog‗lovchilarida ko‗tarinkilik, kitobiy uslub bo‗yog‗i mavjud:
Dushmanni ayamay enchish kerak, zero qayta bosh ko‗tara olmasin.