40
Biriktiruvchi munosabati
Ayiruv munosabati.
Sabab munosabati.
Natija munosabati.
Izohlash munosabati.
Bog‗langan qo‗shma gaplar quyidagi tartibda tahlil qilinadi
.
1.Ifoda maqsadiga ko‗ra turi
2.Sodda gaplarning miqdori
3.Qo‗shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‗zaro bog‗lovchi vositalar
4.Bog‗langan qo‗shma gap tarkibiy qismlarining o‗zaro bog‗lanish usullariga ko‗ra
turlari
5.Bog‗langan qo‗shma gap tarkibiy qismlarining semantik munosabati.
6.Bog‗langan qo‗shma gapda tinish belgisi va uning sxemasi.
Bog‗langan qo‗shma gap tahlili namunasi
Dilimda orzu balandroq edi, lekin ko„klam bir oz naqulay keldi
(Oybek).
Darak gap, ikkita
sodda gapdan tuzilgan gap, birinchi sodda gap –
Dilimda orzu
balandroq edi. Ikkinchi sodda gap – Ko‗klam bir oz noqulay keldi. Sodda gaplar o‗zaro
lekin zidlov bog‗lovchisi bilan o‗zaro bog‗langan, bog‗lovchi
ikkinchi sodda gapning
boshida kelgan. Zidlov bog‗lovchisi bog‗langan qo‗shma gap. Qo‗shma
gap tarkibiy
qismlari orasida zidlov munosabi bor. Qo‗shma gapning birinchi
qismida shaxs xohishi
ifodalanib, ikkinchi qismda shu xohishga zid bo‗lgan voqea-hodisa ro‗y beradi.
Tarkibiy
qismlar orasiga vergul ko‗yilgan.
Sxemasi:
, lekin
Dostları ilə paylaş: