Fanning maqsadi – bo‘lg‘usi boshlang‘ich o‘qituvchilariga matematika o‘qitish metodikasi fanidan muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va ularni amalda qo‘llay olishini ta’minlash.
Fanning vazifasi – talabalarni matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni metodik tuzilishi bilan tanishish, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishning zamonaviy ilg‘or metod va usullarini o‘rgatish.
Shuningdek o‘qitishda
1) ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib borish
3) ta’limni insonparvarlashtirishni
4) matematika o‘qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati,
bir- biriga hurmati kabi fazilatlarni tarbiyalash
5) o‘qitishning inovasion, pedagogik va axborot kommunikasion texnologiyalar yutuqlari
6) o‘qitish metodikasi 1-4-sinflar matematikasining davomi bo‘lgan 5-6-sinflar matematikasi mazmuni bilan uzviyligini ta’minlashni nazarda tutadi.