O’quv yili 4-sinflar Tabiatshunoslik fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan yillik


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 45,79 Mb.
səhifə109/147
tarix20.07.2023
ölçüsü45,79 Mb.
#136908
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147
TabiatIIII

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Yangi mavzu bayoni.
Namangan viloyatining yer yuzasi, asosan, tekislik bo‘lib, shimol tomoni Chotqol va Qurama tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan. Viloyatning yer yuzasi dengiz sathidan 350 -800 m baland. Namangan viloyatining maydoni - 7 440 kv. km, a h o lisi - 2 m illion 795 ming kishidan ortiq . Markazi - Namangan shahri. Shuningdek, Chust, Kosonsoy va boshqa shaharlar ham bor. Viloyatning eng katta daryosi - Sirdaryo. U Norin va Q oradaryoning q ‘shilishidan hosil bo‘ladi. Chotqol tog‘idan oqib tushadigan kichik tog‘ daryo-lari Norin va Sirdaryoga quyiladi. Viloyatda Chortoq, Eskiyer suv omborlari, Oxun-boboyev, Shimoliy Farg‘ona, Katta Namangan ka-nallari qazilgan. Namangan viloyati hududida oltin, kumush, neft, tabiiy gaz, marmar, granit, ohaktosh konlari mavjud. Andijonviloyatiningyeryuzasi,asosan,tekislik-dan iborat bo‘lib, g‘arbiy qismining dengiz sathidan balandligi 400-500 metr. Sharqiy tomoni Farg‘ona va Oloy tog‘ tizmalariga tutashib ketgan. Andijon mamlakatimizning eng sharqida joylashgan viloyatdir. Andijon viloyatining maydoni - 4 300 kv. km, aholisi - 3 million 110 ming kishidan ortiq. Viloyat markazi - Andijon shahri. Shuningdek, Asaka, Shahrixon, Paxta-obod va boshqa shaharlar ham bor. Asakada Mar-kaziy Osiyodagi eng yirik avtomobilsozlik kompani-yasi joylashgan. Kompaniyada «Nexiya», «Lacetti», «Malibu», «Spark», «Tracker», «Cobalt» kabi jahon bozoridan o‘rin olgan avtomobillar ishlab chiqariladi.
Viloyatda Katta Farg‘ona kanali, Janubiy Farg‘ona, Katta Andijon, Andijonsoy, Shahrixonsoy va boshqa kanallar qazilgan. Qoradaryoda Andijon suv ombori qurilgan. Ushbu hududda neft, tabiiy gaz, ohaktosh va boshqa foydali qazilma konlari bor. Andijon viloyatida 5 istirohat bog‘i, ko‘plab xiyo-bonlar mavjud. Mustaqillik yillarida Andijon shahrida Bobur bog‘i va Cho‘lpon bog‘i barpo etildi.
Farg‘ona viloyatining ham yer yuzasi, asosan, tekisliklardan iborat. Sharqiy qismida adirlar bor. Ja­ nubiy qismi esa Oloy va Turkiston tog‘ tizmalarining etagi hisoblanadi.
Maydoni - 6 760 kv. km, aholisi - 3 million 733 ming kishidan ortiq. Markazi - Farg‘ona .shahri Shu­ ningdek, Qo‘qon, Marg‘ilon va boshqa shaharlar bor. Namangan viloyati bilan chegarasi bo‘ylab Sirdar-yo oqib o‘tadi. Oloy tizmasidan Isfara, So‘x, Shohi-mardon, Isfayramsoy daryolari oqib tushadi.

Farg‘ona viloyati hududida neft, tabiiy gaz, ohak­ tosh, gips konlari mavjud. Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarini o‘z ichiga olgan Farg‘ona vodiysini o‘rab turgan tog‘lar sovuq va nam havolarni birmuncha to‘sib turadi. Shu­ ning uchun vodiyning ob-havosi issiq va quruqroqdir. Qishda o‘rtacha harorat -2 °C ni tashkil etadi. Yozda havo issiq va quruq bo‘ladi. Harorat +42 °C gacha ko‘tariladi.
Farg‘ona vodiysining markaziy qismini sho‘rxok va qumli yerlar tashkil etadi. Sho‘rxok yerlarda pash-mak, baliqko‘z, sho‘ra, yulg‘un, qumli yerlarda esa saksovul, juzg‘un, quyonsuyak kabi o‘simliklar o‘sadi. Bu joylarda kaltakesak, yumronqoziq, qo‘shoyoq, turli ilonlar va hasharotlar bor.

Yüklə 45,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin