Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Yangi mavzu bayoni.
Toshkent viloyatining g‘arbida Sirdaryo viloyati joylashgan. Viloyatning maydoni - 4280 kv. km, aholisi - 841 ming kishidan .ortiqSir daryo viloyatining markazi - Guliston shahri Viloyatda Sirdaryo, Yangiyer, Shirin va boshqa shaharlar ham mavjud. Sirdaryo viloyati hududida tog‘lar yo‘q. Yer yuza si tekisliklardan iborat. Viloyat hududini suv bilan ta’minlaydigan asosiy daryosi - Sirdaryo. Kanallar-dan eng yirigi - Do‘stlik kanali.
Jizzax viloyatining maydoni - 21 210 kv. km, aho lisi - 1 million 374 ming kishidan ortiq. Viloyat marka zi - Jizzax shahri. Viloyatda Paxtakor, Do‘stlik, Dashtobod va boshqa shaharlar ham bor. Jizzax viloyatining janubida Morguzar tog‘i va Turkiston tog‘ tizmasi, g‘arbida esa Nurota tog‘ tiz-masi joylashgan. Viloyatning asosiy suv manbalari Sirdaryo daryosidan suv oladigan kanallar hamda Sangzor daryosidir. Sangzor daryosiga Jizzax suv ombori qurilgan. Aydar ko‘lning katta qismi, shuningdek, Arnasoy va Tuzkon ko‘llari Jizzax viloyati hududida joylashgan. Ko‘llar bo‘yida laylak, flamingo va ko‘plab qushlarni uchratish mumkin Viloyat hududida oltin, kumush, marmar, granit, ohaktosh va boshqa foydali qazilma konlari mavjud. Samarqand viloyati Turkiston va Zarafshon tog‘ tizmalarining g‘arbiy tarmoqlarida, Zarafshon daryo-sining vodiysida joylashgan.
Viloyatning shimoliga Nurota tog‘ tizmasi va Oqtog‘ kirib kelgan. Samarqand viloyatining maydoni - 16 770 kv. km, aholisi - 3 million 857 ming kishidan ortiq. Viloyatning asosiy daryosi - Zarafshon. Shuning dek, Darg‘om, Narpay, O‘ng qirg‘oq, Chap qirg‘oq, Markaziy magistral, Zarafshon, Eski Anhor kanallari, Kattaqo‘rg‘on suv ombori qurilgan.