Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
10 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
1. O’zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida mamlakatimiz hududining sharqiy qismi asosan qanday rangda tasvirlangan? A ) yashil B ) ko’k C ) jigarrang
2. Globusdagi egri-bugri havorang chiziqlar nimani bildiradi? A ) daryolar B ) tog’lar C ) cho’llar
3. “Suv havzalari” matnida Amudaryoning uzunligi qancha deyilgan? A ) 2540 km B ) 1234 km C ) 3459 km
4. O’lkamizdagi eng katta kanal nomini ko’rsating. A ) Sherobod B ) Katta Farg’ona C ) Amu-Qarshi
5. To’g’onlar yordamida suvni yig’ish va saqlash uchun qurilgan suv havzasi nomini ko’rsating. A ) daryo B ) ocean C ) suv ombori
6 . Cho’lda o’sadigan o’simliklar qatorini aniqlang. A ) atirgul, saksovul
B ) saksovul, yantoq
C ) chinor, terak
7 . Tog’li hududlarda qanday hayvonlar yashaydi? A ) bug’u, sher
B ) yo’lbars maymun
C ) bu’gu, oq tirnoqli ayiq