O’quv yili 4-sinflar Tabiatshunoslik fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan yillik


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi



Yüklə 45,79 Mb.
səhifə3/147
tarix20.07.2023
ölçüsü45,79 Mb.
#136908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
TabiatIIII

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: fan to‘garagida mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Yangi mavzu bayoni.
Tunlari osmonda son-sanoqsiz yulduzlar ko‘rinadi. Yulduzlar bizga mitti bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida ular-ning har biri juda ulkan.

Yulduzlarning bizdan qanday uzoqlikda kanligini tasavvur qilib ko‘raylik. Ulardan tarqalayotgan nurlar 1 sekundda 300 000 kilometr masofani bosib o‘tadi. Nurning tezligi shunday katta bo‘lsa ham, eng yaqin yulduzning nuri bizga 4 yilda yetib keladi. Ko‘rinib turgan ba’zi yulduzlar nuri bizga yetib kelishi uchun esa 100 yildan ortiq vaqt ketadi. Agar diqqat bilan kuzatgan bo‘lsangiz, yulduzlar rang-barangdir. Ayrim yulduzlar oqish yoki ko‘kimtir. Ular eng qaynoq yulduzlar hisoblanadi. Bunday yulduzlar sirtidagi harorat +10 0

Mirzo Ulug‘bek
00 °C dan +100 000 °C gachadir.
Yulduzlar orasida sarg‘ishlari ham bor. Ular sirtidagi harorat +3 000 °C dan +10 000 °C gacha bo‘ladi. Ayrim yulduzlar qizg‘ish tusda bo‘ladi. Bunday yulduzlar sirtidagi harorat +2 000 °C dan +3 000 °C gachabo‘ladi. Bulutsiz tunda 3 000 taga yaqin yulduzni ko‘ra olishimiz mum-kin. Ko‘rinadigan yulduzlar ortida ham son-sanoqsiz yulduzlar mavjud.
Olimlar azaldan yulduzlarni o‘rganishga qiziqqanlar. Jumladan, buyuk alloma Mirzo Ulugbek (1394-1449) yulduzlarni o‘rganish uchun Samarqandda maxsus inshoot - rasadxona qurdirgan. Rasadxonadagi asboblar yordamida tekshirishlar natijalari asosida yulduzlarning joylashish jadvalini tuzgan. Yulduzlar­ ni o‘rganish natijalarini to‘plab, alohida kitob yozib qoldirgan. Ulug‘bekning bu kitobida 1 018 ta yulduz haqida yozilgan. Kitobda keltirilgan yulduzlar haqidagi ma’lumotlar hozirda ham katta ahamiyatga ega.

Yüklə 45,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin