O’quv yili 4-sinflar Tabiatshunoslik fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan yillik



Yüklə 45,79 Mb.
səhifə8/147
tarix20.07.2023
ölçüsü45,79 Mb.
#136908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147
TabiatIIII

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut. Sayyora (sayyor, harakatchan) — keskin termoyadroviy reaksiyalardan xoli boʻlgan yulduz atrofida aylanuvchi, mehvarida oʻzidan katta jism mavjud boʻlmagan va mehvarining ekssentrisiteti 0 ga yaqin boʻlgan osmon jismi. Quyosh tizimidagi sayyoralar massasi va hajmi Quyoshnikidan bir necha oʻn-yuz marta kam. Antik davrda, hatto undan avval yettita „sayyora“: Quyosh, Oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn „qoʻzgʻalmas“ yulduzlar orasidan ajratilib koʻrsatilgan edi. Bu yoritkichlarning hammasi Yer atrofida aylanadi, deb hisoblanardi. 16-asr boshidagina polyak astronomi, geliosentrik tizim muallifi Nikolai Kopernik Yer atrofida faqat Oy aylanishini, qolgan sayyoralar esa Yer kabi Quyosh tizimi markazi boʻlgan Quyosh atrofida aylanishini koʻrsatdi. Quyoshning oʻzi esa sayyora emas, u yulduzdir, chunki yorugʻlikni qaytarmaydi, balki oʻzi chiqaradi. Oy ham sayyora emas — u Yer yoʻldoshi. Yangi davrda yana uch sayyora kashf etildi: Uran (1781, Villiam Gershel), Neptun (1846, Jon Adams, Urben Leverye, Iogann Galle), Pluton (1930, Persival Lovell, K. Tombo) (Pluton 2006-yil 14-25 avgust kunlari Pragada oʻtkazilgan Xalqaro Astronomlar Birlashmasining XXVI assambleyasida koʻrib chiqildi va sayyora maqomi olib tashlandi). Bundan tashqari minglab kichik sayyoralar (asteroidlar) ochilgan, ularning diametrlari bir necha yuz kilometr va undan kam.
Sayyoralar — Quyoshning tortish kuchi taʼsirida uning atrofida aylanuvchi yirik sharsimon jismlar. Sayyora Quyosh atrofida aylanuvchi minglab mayda sayyora (asteroid) lardan farq qiladi. Ularni juda qadimdan qoʻzgʻalmas yulduzlar fonida siljib yurishidan sezib „adashgan yulduzlar“, yaʼni Sayyora deb atashgan. Quyosh atrofida aylanuvchi yirik Sayyora 9 ta (Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton). Ulardan 5 tasini oddiy („qurollanmagan“) koʻz bilan koʻrish mumkin.
Qadimda barcha Sayyora va Quyosh Yer atrofida aylanadi deb notoʻgʻri talqin qilingan. 16-asr boshlarida polyak astronomi N. Kopernik Sayyoraning Quyosh atrofida aylanish tartibini aniqladi. Italyan olimi G. Galiley oʻzi yasagan teleskopda Sayyorani kuzatib, ular sharsimon jismlar ekanligini aniqladi. U Venerani ham xuddi Oy kabi turli fazalarda koʻrinishini kuzatib, Sayyora oʻzidan nur chiqarmasligini, balki Quyosh nurlarini qaytarishi hisobiga yulduzlarga oʻxshab ravshan koʻrinishini aniqladi. Teleskop ixtiro qilingach, Quyosh sistemasida yana 3 ta yirik sayyora topildi: 1781-yilda ingliz astronomi V. Gershel Uranni, 1846-yil fransuz astronomi U. Leverye hamda ingliz astronomi J. Adams Neptunni va 1930-yilda amerikalik astronom Tombo Plutonni kashf etdi.
Sayyora fizik tabiatiga koʻra, Yer tipidagi Sayyora va gigant Sayyoralarga boʻlinadi: Yer tipidagi Sayyoraga Merkuriy, Venera, Yer, Mars, gigant Sayyoraga esa Yupiter, Saturn, Uran, Neptun kiradi. Pluton yaxshi oʻrganilmaganligi uchun qaysi tipdagiga mansubligi hali aniq belgilanmagan. Yer tipidagi Sayyoraning fizik tasniflarida bir qancha umumiylik boʻlib, ularning oʻlchami va massasi uncha katta emas (Yer — ular ichida eng kattasi), qattiq sirt qobigʻiga va atmosferaga (Merkuriydan tashqari) ham ega Sayyoradir. Ularning oʻrtacha zichliklari nisbatan yuqori boʻlib, Yer zichligiga (5,5 g/sm³) yaqin.
Gigant sayyora oʻlchami va massasi juda kattaligi bilan Yer tipidagi Sdan farq qiladi, oʻrtacha zichliklari ularnikidan ancha kichik. Gigant Sayyora nisbatan tez aylanishi, qattiq sirtga ega emasligi va juda qalin geliy hamda vodorodli (qisman metan — SN4 va ammiak — NH3 aralashmali) atmosfera qobikdarining mavjudligi bilan ham Yer tipidagilardan keskin farq qiladi. Quyosh atrofida bu ikki guruhga kiruvchi Sayyora dan tashqari oʻn minglab mayda sayyora (asteroidlar) ham aylanadi. Ular Quyoshdan oʻrtacha 2,8 astronomik birlik masofada, Quyosh atrofida aylanadi; bu zona asteroidlar mintaqasi deb yuritiladi. Sayyora koʻrinish shartlariga koʻra ham 2 guruhga boʻlinadi: orbitalari Yer orbitasining ichki qismida joylashgani — ichki (Merkuriy va Venera), tashkarida joylashgani esa tashki Sayyora (Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va Plutonlar) deb ataladi. Ichki Sayyora Quyosh chiqishidan oldin (sharq tomonda) va Quyosh botgandan soʻng (gʻarb tomonda) davriy koʻrinish holatlarida boʻla oladi, tashki Sayyora tunda turli paytlarda, jumladan, butun tun davomida koʻrinish holatlarida ham boʻlishi mumkin.
Sayyoraning fizik tabiati 20-asr 2-yarmidan boshlab, sayyoralararo avtomatik st-yalar yordamida muntazam oʻrganila boshladi. Xususan, Merkuriy „Mariner“, Venera „Venera“, Mars — „Mars“, „Viking“, gigant Sayyora esa AQShning „Katta tur“ dasturi boʻyicha oʻchirilgan. „Pioner10, 11“, „Voyajer“ avtomatik st-yalari yordamida samarali tadqiq qilindi. Yerdan turib olib borilgan bevosita kuzatishlar orqali topilgan Sayyoraning yoʻldoshlari quyidagilar: Yerda 1 ta (Oy), Marsda — 2 ta, Yupiterda — 12 ta, Saturnda — 9 ta, Uranda — 5 ta, Neptunda — 2 ta, Plutonda — 1 ta. Keyinchalik kosmik apparatlar yordamida gigant Sayyora atrofida yana oʻnlab yangi yoʻldoshlar topildi (qarang Sayyoralarning yoʻldoshlari).

Sayyoraning ayrimlari (Yer va Yupiter) sezilarli magnit maydoniga ega. Yer magnit maydonining kuchlanganligi uning geomagnit qutblarida 0,63 erstedni, geomagnit ekvatorida esa 0,31 erstedni tashkil etadi. Koinot qaʼridan va Quyoshdan kelayotgan kosmik nurlar va zarralar oqimi (asosan, elektronlar va protonlar) ni Yer magnit maydoni tutib qoladi. „Qafasga tushgan“ bunday zarralarning energiyasi va konsentratsiyasi ularning Yer sirtidan uzokligi va geomagnit kengligiga bogʻliq boʻladi. Bunday zarralar oxiroqibatda Yer atrofida, geomagnit ekvatorni oʻrovchi halqa yoki kamar shaklini oladi.
Yer va Yupiter atrofida turli balandliklarda hosil boʻlgan va radiatsion kamar deb ataluvchi ana shunday kuvvatli elektron hamda protonlardan tashkil topgan kamarlardan bir nechtasi oxirgi-yillarda kashf etildi.

Yüklə 45,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin