Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tarix fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Zamburug‘lar dunyosiga achitqi, mog‘or zamburug‘i va qo‘ziqorin kabi organizmlar kiradi. Achitqi zamburug‘idan non yopish jarayonida foydalaniladi, natijada non yumshoq va g‘ovak bo‘ladi. Agar non uzoq vaqt selofan qopchada qolsa, mog‘orlab qoladi. Mog‘orlagan non iste’mol uchun yaroqsiz hisoblanadi, chunki zamburug‘ o‘zidan zaharli moddalar ajratadi.
Parazit zamburug‘lar boshqa organizm hisobiga oziqlanib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, odam terisida va tirnoqda mikoz kasalligini, o‘simliklarda chirish kasalligini keltirib chiqaradi.
1928 yilda Aleksandr Fleming tomonidan Penitsillium zamburug‘idan bakteriyalarga qarshi kurashda foydalanadigan antibiotik ajratib olingan. Bu dori ko‘plab shamollash va yallig‘lanish kasalliklarini davolashda keng qo‘llanilgan.
Ayrim zamburug‘lar tarkibida vitamin, mineral moddalar va go‘sht tarkibida uchraydigan glikogen bo‘lgani sababli iste’mol uchun yaroqli hisoblanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlashYangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti 15 minut . Kartochkalar orqali savol-javob o’yini o’tkaziladi
Savol va topshiriqlar. Nima uchun mog‘orlagan nonni iste’mol qilib bo‘lmaydi?
Parazit zamburug ‘lar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
Antibiotik nima? Siz qanday antibiotik turlarini bilasiz?