O’quv yili 4-sinflar Tabiatshunoslik fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan yillik



Yüklə 45,79 Mb.
səhifə85/147
tarix20.07.2023
ölçüsü45,79 Mb.
#136908
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147
TabiatIIII

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Yangi mavzu bayoni.
O‘zbekiston hududining sharqiy qismi tog‘liklardan iborat. Qishda tog‘larga qalin qor yog'adi. Ularning qalinligi 1,5-2 metrgacha boradi. Bahorda kun Iar isishi bilan qorlar eriy boshlaydi. Yoz bo‘yi, hatto kuzda ham qorlarning erishi davom etadi.
Shunday baland tog‘ cho‘qqilari borki, unda-gi qorlar erib tugam aydi. Bunday joylar doimiy muzliklarni hosil qilgan.
Tog‘lardagi erigan muz va qorlar jilg‘alarni, ular yig‘ilib irmoqlarni hosil qiladi. Irmoqlar bir-biri bilan qo‘shilib, daryoni vujudga keltiradi. O‘lkamiz hudu­ didagi barcha daryolar shu tarzda tog‘dagi muz va qorlarning erishidan hosil bo‘ladi. Tog‘lar o‘lkamizni suv bilan ta’minlab turadigan manbadir.
O‘zbekiston hududidagi tog‘larning etagi turli o‘sim-liklar bilan qalin qoplangan. Balandlikka ko‘tarilgan sari o‘simlik turlari ham o‘zgarib boradi.
Dengiz sathidan 1 0 0 0 -1 500 m balandlikdagi tog‘ yonbag‘irlarida afsonak, rovoch, sariq marma-rak, nor shirach, kobra shirach, tog‘beka, oq gulxay­ ri, sigirquyruq, tog‘turbid, sariqbosh, shashir, kallak­ chali to‘ng‘izbosh, kiyiko‘t, oq tobulg‘i kabi o‘simliklar o ‘sadi. Bunday balandlikda d o ‘lana, to g ‘olcha, na’matak, bodom, xandonpista kabi o‘simliklar uch­ raydi (42-43-rasmlar).
Tog‘ yonbag‘irlarida turli xil tog‘ lolalarini ham uchratish mumkin (44-rasm). 500 - 2 500 m balandlikdagi tog‘ yonbag‘irlarida archa, yong‘oq, qayin, terak kabi daraxtlar o‘sadi. Ba’zi joylarda ular o‘rmonlarni hosil qiladi (45-rasm). 2 500 m dan yuqori joylarda mushukquyruq, toron, qiziltikan, alp lolasi va boshqa o‘simliklar o‘sadi.

Tog‘ o‘simliklari orasida zaharlilari ham bor. Shu-ning uchun notanish o‘simliklarning mevalarini totib ko‘rish, begona gullarni hidlash mumkin emas. Za-harli o‘simliklardan ehtiyot bo‘lish kerak.
O‘lkamiz tog‘lari hayvonot dunyosiga ham boydir. Tog‘ yonbag‘irlaridagi toshlar orasida chipor ilon, qora ilon, charx ilon yashaydi (46-rasm). Bu ilonlar adirlarda ham uchraydi. Tog‘larda kapchabosh ilon va qalqontumshuq ilon ham hayot kechiradi. Ilonlar qurbaqa, kaltakesak, qushlar bilan oziqlanadi. Tog‘ va unga yaqin hududlarda kaklik, lochin, burgut, qirg‘iy kabi yirik qushlar uchraydi (47-rasm). Ular maysalar, hasharotlar, sichqon va kalamushlar, ilonlar, o‘lgan hayvonlarning go‘shti bilan oziqlanadi.

Tog‘li hududlarda 48-rasmda tasvirlangan hayvon­ lar, shuningdek, kiyik, oq tirnoqli ayiq, qor barsi (ilvirs), qor qoploni, malla sug‘ur, to‘ng‘iz yashaydi.

Yüklə 45,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin