III. Yangi mavzu bayoni:
Darsning bu etapida o`qituvchi noan`anaviy tarzda boshlab, o`quvchilarning boshlang`ich sinflarda hamda 5-sinfda gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari bo`yicha olgan bilimlarini sinash maqsadida quyidagi grammatik topshiriqli she`rni aytadi va o`quvchilar she`riy topishmoqning javobini aytishadi.
Gap degan bir oilaning
Bor ekan to`rt bolasi:
Biri o`ta qiziquvchan
Biri tezkor xabardor,
Birining xohishi ko`p,
Biri esa qilar do`q.
Azizlarim, o`ylab boqing
Tezroq yechilsin jumboq.
O`quvchilar:
Darak ,so`roq, buyruq va undov gap deb javob berishadi
So`ng o`qituvchi guruhlararo grammatik topshiriqli o`yin o`tkazadi . Har bir guruh o`zaro bir- biriga she`riy topishmoqlar berishib, gapning ifoda mqsadiga ko`ra turlarini aytishadi
1-guruh: Bugun oldim yaxshi baho
Gapida qanday ma`no?
Bilasanmi qanday gap?
Ha, topdim ,bu_________(darak gap)
Oy kattami, quyoshmi ?
Nega kechqurun bo`lar?
Savollarim juda ko`p,
Qaysi gap javob bo`lar? (so`roq gap)
2-guruh: Hammaga berib buyruq ,
G`oz turadi kerilib. (buyruq gap)
Tuigal ma`no bildirar,
So`ngida nuqta bo`lar (darak gap )
3-guruh: Qani endi qush bo`lsam,
Osmonlarga uchardim.
Qanotlarimni qoqib,
Quyoshni ham quchardim.
Xohishlarim bisyordir,
-sa qo`shimcham dastyordir . (istak gap)
Kim, nimani bildirar,
Doim so`rab bo`ldirar,
Oladi so`roq belgi
Qani ayt-chi, ey _____
Bu gapning nomi …..(so`roq gap)
4-guruh: Kuchin qilib safarbar,
Hammaga berar xabar. (darak gap)
-mi, -chi, -a, -ya
Qaysi gapdsa vosita? (so`roq gap)
Doim ishga undaydi,
Bajarmasang qo`ymaydi
U beradi maslahat
Qani toping, marahamat. (buyruq gap)
shu tarzda o`quvchilar bir-birlariga berilgan topshiriqdan javoblarni topishgach, o`qituvchi mavzuga xos nazariy bilimlarni o`zi aytib, yangi mavzuni tushuntiradi. Bunda BBB usulidan foydalanishi mumkin.
O`qituvchi: Demak, o`quvchilar, har bir gapda ma`lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So`zlovchi biror narsa , voqea-hodisa haqida xabar qiladi, yoki o`ziga noma`lum bo`lgan narsa, voqea-hodisalar to`g`risida ma`lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish uchun buyruq-xitobini bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlariga ko`ra turlicha quriladi: o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo`lib, alohida ohang bilan talaffuz qilinadi.
Ifoda maqsadiga ko`ra gaplar 1) darak gaplar, 2) so`roq gaplar , 3) buyruq gaplar, 4) istak gaplarga bo`linadi
Navbatdagi rejada darslik bilan ishlanadi. 1-2- topshiriqlarda berilgan sharti asosida bajariladi. Ushbu reja “Bu meniki ” usuli orqali amalga oshiriladi. Bunda o`quvchilar har bir varaqda alohida yozilgan gaplarni tanlab, ularning turini aniqlashadi
1-topshiriq
Dostları ilə paylaş: |