Test 1. Ifoda maqsadiga ko`ra gaplar qanday turlarga bo`linadi?
a) darak gap, so`roq gap
b) sodda va qo`shma gap
s) buyruq gap , istak gap
d) a va s javoblar to`g`ri
2. Komil insonlardagi oliyjanob xislat- unutmaslik . Berilgan gapning ifoda maqsadiga ko`ra turini aniqlang.
a) buyruq gap
b) darak gap
s) istak gap
d) so`roq gap
3. Kesimi –sa shaklidagi fe`llar orqali ifodalangan gaplar qanday gaplar hisoblanadi?
a) darak gap
b) so`roq gap
s) istak gap
d) buyruq gap
4”Agar sharmisor bo`lmayin desang, qilmagan ishingni qildim dema”. (“Qobusnoma”dan) Berilgan gapning ifoda maqsadiga ko`ra turini aniqlang.
a) istak gap
b) buyruq gap
s) qo`shma gap
d) yoyiq gap
5. So`roq gaplar nimalar vositasida ifodalanadi?
a) so`roq olmoshlari
b). so`roq yuklamalari
s) so`roq ohangi
d) a,b,s, javoblar to`gri
Javoblar
1.D 2.B 3.S. 4.B 5. D
V. Baholash Demak, aziz o`quvchilar biz bugungi darsimizda gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari bo`yicha olgan bilimlarimizni mustahkamladik, deb yakunlaydi va uy vazifasini topshiradi. G`olib guruhlar aniqlanadi va dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uy vazifasi darslikdagi 103-mashqni bajarib kelish topshiriladi va badiiy adabiyotdan asarlardan olingan parchalarda ifodalangan gapning ifoda maqsadiga ko`ra turini aniqlab berish topshiriladi.
Dars yakunida o`qituvchi shoira Saida Zunnunovaning “Gulxan atrofida “ she`rini o`quvchilariga ifodali aytib berishi bilan yakunlanadi