1-guruh (darak gaplar) 2-guruh (so`roq gaplar) 1. Tog` qushlarining sayrashi qo`ylarning 1. Xo`sh , sen o`tkazadigan tajriba ma`ragan ovozlariga jo`r bo`lmoqda. nimani isbot qilishi kerak? 2. Akalari ham Oyqizning o`zi ham shu 2.Shu choqqacha qaysi burchakda uyda o`sgan. mog`or bosib yotgan edingiz?
bitta e`lon yozasan. bo`lsa… 2.Shohim, Alisherga ozor bermang, u buyuk 2. Qani til bo`lsa-yu,u bilan odam . suhbatlasha qolsa 2- topshiriq
Namoyish qilindi, tomosha qildingizmi, o`qib chiqing, bilsa edi fe`l shakllarini kesim vazifasida qo`llab, gaplar tuzing va ularni ifoda maqsadiga ko`ra qaysi turga kirishini ayting . Ushbu topshiriqda 4 tala guruhga bittadan misol berib, ularni gapga aylantirish va turini aytish talab etiladi. Bu topshiriq yozuv taxtasida bajariladi Masalan,
Bugun maktabimiz dargohida O`zbekiston Respublikasi bayrog`ining tashkil etilgan kuniga bag`ishlab ajoyib tadbirnamoyish qilindi. (darak gap)
Maktabimizda nishonlangan bayramni tomosha qildingizmi? (so`roq gap)
IV. Mustahkamlash. (“ Ijod gulshani”da ifoda maqsadiga ko`ra gap turlarining berilishi) Masalan: Nega buncha go`zal ko`rinar olam?
Nega qarab to`ymas ko`zlarim?
Nega jo`sh uradi, ko`piradi qon?
Nega misdek qizir yuzlarim? (she`riyatda so`roq gaplardan foydalanilgan)
Bu rejani amalga oshirishda 1- guruh “Yosh tilshinoslar ” guruhiga she`riyatda , 2- guruh “Vatan g`unchalari”guruhiga topishmoqlarda, 3-guruh “Tafakkur”guruhiga maqollarda , 4guruh “Kamolot”guruhiga esa hikmatli so`zlar va ibratli fikrlarda ifoda maqsadiga ko`ra gap turlarining berilishiga misollar topish tayinlanadi
Shundan so`ng ‘’Ravon so`zlashaylik” rejasida slayd orqali darslikdagi rangli tasvir qatorida har bir guruhga alohida rangli tasvir ko`rsatiladi va matn tuzish talab etiladi. Matnda qo`llangan darak, so`roq, buyruq va istak gaplarni aniqlash topshiriladi. O`quvchilar o`z guruhlari bilan o`zaro matn tuzishga kirishishadi va og`zaki matnlarini bayon etishadi. Bunda “Fikrni davom ettiring” usulidan foydalaniladi
So`ng o`quvchilarimizning mavzuni qay darajada o`zlashtirganliklarini bilish maqsadida test olinadi va g`olib guruhlar aniqlanadi. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlanadi