Topshiriq: O`zbekistonning noyob tabiatini ranglar orqali ko`rsatish.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
Topshiriq: O`zbekistonning noyob tabiatini ranglar orqali ko`rsatish.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil 25-Mavzu: Navro`zi olam muborak! (21 mart Navro`z bayrami munosabati bilan)
Kun shiori: “Yurtga keldi yana ko`klamoy”.
Maqsad: O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Qutlug` kelgan bo`l Yil boshi-Navro`z O`zbekistonimga!”
O`qituvchi:
Mustaqillikka erishmasdan turib, milliy bayramimiz “Navro`z” ning nishonlanishi xalqimiz uchun kutilmagan voqea bo`ldi. Chunki bayram qilinishi taqiqlangan davrlar edi. Mana 22-23 yillardan beri milliy bayramimiz Yil boshi – Navro`z ko`tarinki kayfiyat bilan o`tkazilib kelinmoqda. Navro`z o`zbek xalqi uchun mehr-muruvvat bayrami. Muchal yillari ham Navro`z kirib kelishi bilan bog`lanadi. Masalan, 2013 yil “Ilon yili” muchal yili har o`n ikki yilda kirib keladi. Keksa avlod vakillaridan so`rasangiz qachon tug`ilgansiz deb, ular baliq yili, sichqon yilida deb aytadilar.
Baribir milliy bayramimiz – “Navro`z” tarovati o`zgacha. Navro`z bilan bog`liq marosimlar, an’analarni har birimiz juda yaxshi bilamiz.
Navro`z ayyomingiz yana birbora qutlug` bo`lsin.