O‘quv yili Tushuntirish xati


Topshiriq: “Qalb izhori”. Sizga talpinaman onajon!



Yüklə 18,08 Mb.
səhifə32/42
tarix21.10.2023
ölçüsü18,08 Mb.
#158442
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
8-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Topshiriq: “Qalb izhori”. Sizga talpinaman onajon!
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil


24-Mavzu: O`zbekistonning noyob tabiati ( Kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida)
Kun shiori: “O'zbekiston tabiati betakror”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona tabiatga bo`lgan hurmatini oshirish, fan oylikda faol bo`lishga, fanlarga qiziqishni uyg`otish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Olam tabiati bilan go`zal” Abdulla Oripov
O`qituvchi:
O'zbekiston tabiati betakror. Bu erda o'simlik va hayvonotning juda ko'p noyob turlarini uchratish mumkin. Respublikada yirik tabiatni qo'riqlash proektlari amalga oshirilmoqda. Davlat qo'riqxonalari va mavsumiy himoya rejalari ishga tushirilgan.
O'zbek landshafti:
O'zbekiston Respublikasi yer maydonining katta qismini pasttekisliklar egallaydi. Bularning eng kattasi Turon pasttekisligi (Turon tekisligi). Dengiz sathidan eng baland joy: Hisor tizmasi - balandligi 4643 m, dengiz sathidan eng past joy esa: Mingbuloq cho'kmasi - -12,8 m (Qizilqum cho'lida). O'zbekiston Respublikasi territoriyasida joylashgan Qizilqum - dunyodagi katta cho'llarning biri hisoblanadi.
Davlat shimoliy-sharqida - umumiy maydoni 4000 km
2 li Haydar-Arnasoy ko'llari tizmasida - chuchuk suvli Haydarko'l (3000km2) joylashgan.
O'zbekistonning noyob hayvonot va o'simlik dunyosi saqlangan landshaftlarida davlat qo'riqxonalari tashkil etilgan.
O'zbekiston yovvoyi tabiati:
Tabiati qo'riqlanayotgan maydonlar zanjiri O'zbekiston Respublikasidagi biologik xilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasidagi tabiati saqlanayotgan joylar:
-umumiy maydoni 2164 km2 bo'lgan to'qqiz Davlat qo'riqxonalari;
-maydoni 6061 km2 bo'lgan ikki milliy park;
-maydoni 12186,5 km2 li to'qqizta mavsumiy qo'riqxonalar;
-hayvonlar nodir turlarini o'rganuvchi Respublika "Jayron" ekologik markazi.
Tabiati qo'riqlanayotgan maydonning umumiy hajmi 20520 km 2 bo'lib, respublika territoriyasining 5,2% iga teng.
O'zbekiston tekisliklaridagi o'simliklarning ko'pi cho'l giyohlari hisoblanadi. Tog'li rayonlardagi o'simliklar - dasht, o'rmon, tog' o'tloqlariga xos. O'zbekistonda o'simliklarning 3700 xili o'sayotgan bo'lib, ularning 20% i mahalliy o'simliklar dunyosiga xos.
Hayvonot dunyosi ham xilma-xil. Tog'larda bug'uning turlari, arxar, ayiq, ilvirs hamda tog' echkilarining noyob turlari; cho'llarida jayron, sayg'oq, kemiruvchilar, kaltakesaklar, toshbaqalar, ilonlar; to'qay o'rmonlarda qamishzor mushugi, to'ng'iz, ohu, kiyik, turli qushlar yashashadi.
O'zbekiston territoriyasida ikkita cho'l mavjud. Ularning kattasi - Qizilqum va kichigi - Qoraqum.

Yüklə 18,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin