34-mavzu: Yozgi ta’tildagi rejalarim. Kun shiori: “Yaxshi dam, mehnatga hamdam” Maqsad: O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ta’tilni kitoblar olamiga sayohat bilan boyitaman!”. O`qituvchi:
Mana, hademay imtihonlar tugab, yozgi ta’tilga chiqasizlar. Lekin bu ta’tilda siz ko`proq, o`z maqsadlaringiz sari qadam tashlaysizlar. Yangi o`quv yilidan siz bitiruvchi hisoblanasiz va qanday kasb egasi bo`lasiz-u, qaysi akademik-litseyga yoki kasb-hunar kollejiga hujjatlaringizni topshirasiz. Shuning uchun ta’tilda imkon darajada mana shu masalalarga oydinlik kiritsangiz, ertaga qiynalmaysiz.
Ta’til asosan aqliy mehnat qiluvchilar uchun miyani dam oldirish.
Albatta, dam olish maskanlariga borasiz. Bundan tashqari kimlardir ota-onasiga yordam berish uchun ishlaydilar. Imkoni bo`lsa, qizlarimiz, o`g`il bolalarimiz ham ta’tilda birorta o`quv markazlarida til o`rgansa, hunar o`rgansa, bo`sh vaqtlarini foydali ish bilan o`tkazsa maqsadga muvofiq bo`lardi.
Aziz o`quvchilar, har bir kuningizni baddiy kitoblar, gazeta, jurnallar bilan o`tkazsangiz bu dunyoqarashingiz kengayshiga va mustaqil fikrlashingiz va nutqingizga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Hammangizga ta’tilni maroqli o`tkazishingizga omadlar tilab, quyidagi topshiriqni bajarishni boshlang.
O`qituvchi tomonidan har bir o`quvchiga oq qog`oz tarqatiladi.
O`quvchilar “Mening ta’til uchun rejalarim” mavzusida o`z rejalarini yozib beradilar.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil