Topshiriq: “Maqollar olamiga xush keldingiz” mashqi. Mehnat bilan, mehnatkashlik xislatiga oid o`zbek maqollaridan va ularning ahamitati haqida.
Masalan: Yurti boyning o`zi boy, Mehnat qilganning qo`li moy… davom ettiring.
Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
31-mavzu: Til – dil kaliti (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida). Kun shiori: “O`z ona tilimni hurmat qilgan holda, xorijiy tilni ham o`rganmoqchiman” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol ishtirok etishlikka undash, xorijiy tillarni o`rganishga e’tiborlarini qaratishga o`rgatish .
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
N atija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Yuzta tilni biladigan odam- Villi Melnikov” O`qituvchi:
Xitoy aholisi- 1 milliard 200 million kishi bo`lib, bu yerda ingliz, hind, ispan, rus, fransuz tillarida, Angliya, Amerika, Kanada kabi rivojlangan davlatlarda asosan ingliz tilida, Meksika, Kuba, Chili kabi 20 dan ortiq Lotin mamlakatlarida ispan tilida so`zlashiladi. Sobiq Ittifoq tuzumi davlatlarida 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydigan butun mamlakatda asosan rus tili millatlararo til hisoblangan.
Mamlakatimizning ko`pmillatliligi haqida fikr yuritganda, uning ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sirida murakkablashib borganini alohida ta’kidlash zarur. Chunonchi, chorizm istibdodi vas ho`ro imperiyasi davrida yurtimizga turli millat vakillari ko`chib kelishdi. Shuningdek, respublikamizning milliy tarkibi 1941-1945 yillardagi urush davrida yana o`zgardi. O`zbekiston frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1 milliondan ortiq kishini qabul qildi, ularga yordam, mehr-muruvvat ko`rsatdi. Bundan tashqari, butun bir xalqlarning qatag`on qilinishi natijasida koryeyslar, qrim-tatarlar, mesxeti turklari, nemislar kabi bir qator xalq vakillari ham yurtimizga majburiy tarzda ko`chirildi.
(Jamiyat va boshqaruv jurnali. 1/2010 yil)
1066 yilda qirol Vilgelmning farmoniga ko`ra, normann-fransuz tili saroyning rasmiy tili, deb qabul qilinadi. Dastlab bu til mamlakat zodagonlari, keyinchalik oddiy xalq orasida keng tarqala boshladi. Shunday qilib, asta-sekinlik bilan Angliyada ingliz-saksonchada o`zgacha, yangi til paydo bo`ldi. Aynan ana shu til asosida zamonaviy ingliz tili yuzaga kelgan.
(Hamma narsa haqida kitobidan)
“…Umuman, o`rtoqlar, agar rus millatiga mansub kishi o`zbek tilini bilsa, o`zbek esa rus tilini bilsa, buning ustiga hozirgi yoshlarimiz yana uchinchi tilni ham bilsalar, nur ustiga a’lo nur bo`lmasmidi”