O`quv yili Tushuntirish xati



Yüklə 4,82 Mb.
səhifə1/48
tarix30.11.2023
ölçüsü4,82 Mb.
#170159
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
9-Sinf




__________________________viloyati ______________________(Shahar) tumani
Xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi
___-umumta`lim makatabining
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi
______________________________________ning
9-sinflar uchun
SINF ISH REJASI
VA ISHLANMASI


2022-2023-O`quv yili
Tushuntirish xati
Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Sinf soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qo‘llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
Dasturning maqsadi — Sinf soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.

Yüklə 4,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin