Sinf soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
Kirish;
Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;
Yakuniy qism.
Sinf soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.
(Izoh: Taqdim etilayotgan Sinf soatlar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.)
“TASDIQLAYMAN” “KELISHILDI“ “TASDIQLAYMAN”
M.M.I.B.D.O’ maktab direktori:
__________ ___________________ ________ _________________
«___» ________________2022-yil “____”______________ 2022__-yil
№
|
“Sinf soati” mashg’ulotlarining o’quv-mavzu rejasi
9 - “ __ “ sinf
|
Soat
|
Sana
|
Uyga vazifa
|
1
|
Men nechun sevaman O‘zbekistonni?
|
1
|
|
|
2
|
Ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish va tahdidlar.
|
1
|
|
|
3
|
Saylovlarda ochiqlik va oshkoralik
|
1
|
|
|
4
|
Kasblar ichida eng ulug‘i (1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
5
|
Inson psixologiyasi va shaxs etikasi haqida tushunchalar
|
1
|
|
|
6
|
Yoshlarning ota-ona, oila hamda mahalla oldidagi burch hamda majburiyatlari
|
1
|
|
|
7
|
Tozalik – sog‘lik garovi.
|
1
|
|
|
8
|
Til - fikr libosidir (“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).
|
1
|
|
|
9
|
Sog‘lom fikrlash psixologiyasi
|
1
|
|
|
10
|
Zamon bilan hamnafas (Rus tili fani oyligi doirasida).
|
1
|
|
|
11
|
Reproduktiv salomatlikning ijtimoiy – psixologik xususiyatlari
|
1
|
|
|
12
|
Kasblar haqida tushuncha.
|
1
|
|
|
13
|
Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati (8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
14
|
Davlatimiz ramzlari – shonu-shavkatimiz!
|
1
|
|
|
15
|
Kelajak buyuk ma’naviyat egalari qo‘lidadir.
|
1
|
|
|
16
|
Yangi yil tilaklarim sizga, do‘stlar! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
|
1
|
|
|
17
|
Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir (14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
18
|
Kitob ma’rifat chirog‘i.
|
1
|
|
|
19
|
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kushandasi.
|
1
|
|
|
20
|
Buyuklarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan.
|
1
|
|
|
21
|
Fan-texnika taraqqiyoti va biz(matematika, informatika fanlari oyligi).
|
1
|
|
|
22
|
Oilaviy qadriyatlar psixologiyasi
|
1
|
|
|
23
|
Tabiiy fanlarni o‘rganamiz (kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida).
|
1
|
|
|
24
|
Mehrim sizga atalgan! (8-mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
25
|
Ogohlik davr talabi (Fuqarolik muhofazasi kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
26
|
Milliy urf-odatlarimiz va zamonaviy an’analarimiz(21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
|
1
|
|
|
27
|
Amir Temur hayoti bizga o‘rnak(Amir Temur tavallud topgan kun munosabati
|
1
|
|
|
28
|
Hunarli kishi xor bo‘lmas (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida).
|
1
|
|
|
29
|
Chekmasdan hayot gashtini sur!
|
1
|
|
|
30
|
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson (9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).
|
1
|
|
|
31
|
Til bilgan – el biladi (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida).
|
1
|
|
|
32
|
Kutubxonalar – insoniyat barcha ma’naviy boyliklarining durdonasi.
|
1
|
|
|
33
|
Maqsadlar qo‘yish va ularga erishish psixologiyasi
|
1
|
|
|
34
|
Ijtimoiy-psixologik bosimlar va ularga qarshi tura olish bilim-ko‘nikmalari
|
1
|
|
|
|
Jami:
|
34 soat
|
|
|
MMIBDO:____________________________
Sana:__________
1-mavzu: Men nechun sevaman O’zbekistonni ?
Mavzu: Bu aziz vatan barchamizniki.
Dars shiori: “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”
Maqsadlar:
ta'limiy: Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ko‘p ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqealigi haqida tushuncha beriladi;
tarbiyaviy: o’quvchilarni ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadilar;
rivojlantiruvchi: bolalarning Vatan tarixi, buyuk ajdodlarimiz, ulug' siymolar haqidagi bilimlarni kengaytiriladi.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarda o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, ota-ona
Dars turi: mustahkamlovchi, yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars usullari: yakka tartibda va kichik guruhlarda ishlash, suhbat-munozara, taqdimot, savol-javob.
Dars jihozi: mavzuga mos bukletlar, tarqatma materiallar, rasmlar, testlar, Vatan timsollari haqidagi slaydlar, DVD-disk.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
(Dars o‘quvchilarning she’riy salomi bilan boshlanadi).
O‘quvchilar: Assalomu alaykum, aziz ustozim,
Hamisha biz sizga qilamiz ta'zim.
O‘qituvchi: Va alaykum assalom, bolajonlarim,
Ishonchim, quvonchim, aziz o‘quvchilarim.
(O‘quvchilar ijrosida davlatimiz madhiyasi kuylanadi).
O‘quvchilar davomati, salomatligi, sana aniqlab olinadi. Yozgi ta'tilda kimning qayerda hordiq chiqargani, dam olish vaqtida o‘qigan kitoblari, chizgan rasmlari, tayyorlagan gerbarjylarning taqdimoti uyushtiriladi. Yana maktab bag'riga qaytgan o‘quvchilar yozda yod olgan she'rlari, qo‘shiqlarni aytish uchun davra tashkil qilinadi.
II.Asosiy qism.
O‘qituvchi: — Bolajonlarim, bugungi darsimizni sermazmun o‘tkazish uchun qanday tilaklar bildirasiz?
(3—4 nafar o‘quvchi tilaklar bildiradi).
— Aziz sinfdoshlarim, men barchangizga quvnoq kayfiyat tilayman!
— Men esa barchangizni hushyor, intizomli bo‘lishga va o‘zgalar fikrini diqqat bilan tinglashga chaqiraman.
O‘qituvchi: — 2023- yil Yurtboshimiz tomonidan qanday yil deb e’lon qilingan?
O‘quvchi: — “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”
O‘qituvchi: — Barakalla. Hozir kimning ko‘proq sinchkov, kuzatuvchan ekanini sinovdan o‘tkazamiz. Ya’ni so’ngi yillarda atrofda, mahalla, ko‘chalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar, obodonchilik manzaralari haqida fikrlarimizni aytamiz.
O‘qituvchi: — Mening judayam aqlli, zukko bolalarim, yurtimizdagi yangilanishlarga befarq emasligingizni namoyish etdingiz. Rahmat, sizlarga. Vatan tushunchasini chiroyli ta’rifladingiz. («O'zbekiston — Vatanim» qo‘shig'i ijro etiladi).
III. Yangi mavzu bayoni.
O‘qituvchi: — Keling, endi bugungi mustaqillik darsimiz mavzusini sizlarning topqirliklaringiz yordamida aniqlaymiz. (26ta test kartochkasi tarqatiladi, javoblardan yangi mavzu kelib chiqadi).
12 34567 8910111213 1415161718 1920222223242526
Bu yo‘rug‘ olamda Vatan bittadir.
O‘qituvchi: — Endi bolalar, 5—6 nafardan iborat kichik guruhlarga bo‘linasiz va 6 tadan rasmi bor konvertlardan birini tanlab olasizlar. (Konvertda mahalla, oila, buvi-yu bobojonlar, osmono‘par binolar, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar, «Afrosiyob» tezyurar poyezdi, sportchi bolalar, yangi qurilayotgan uylar kabi rasmlar bo‘lishi mumkin).
O‘quvchilar o‘zaro hamkorlikda ishlab, rasm asosida matn yaratishadi. Guruhlar navbatma-navbat umumlashtirilgan matnlarini o‘qib, taqdimot uyushtirishadi. Ular ijod namunalarini o‘qib eshittiradilar. O‘quvchilar ishlarini himoya qilgach, guruhlar olqishlanadi. Shuningdek, o‘qituvchi sinf jamoasining tuzgan gaplarini umumlashtirib, «Jannatmakon yurtim O‘zbekistonim», deya ijodiy ishga sarlavha qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: |