Oʻzbekiston Respublikasi prezidentligiga qoʻyilgan nomzodlar roʻyxati:
Saylovlarning ochiqlik, oshkoralik va transparentlik kabi demokratik tamoyillarga muvofiq o‘tkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi. Ommaviy axborot vositalari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq saylov jarayonini keng yoritadi.
– Mamlakatimizda saylovlarning samarali huquqiy negizi yaratilgan bo‘lib, saylov to‘g‘risidagi qonunchilik milliy tajriba va umume’tirof etilgan xalqaro normalar inobatga olingan holda, bosqichma-bosqich shakllantirildi. O‘zbekistonda ushbu sohadagi qonun hujjatlari adolatlilik, ochiqlik, oshkoralik va transparentlikning demokratik prinsiplari asosida fuqarolarning saylov huquqlariga so‘zsiz rioya etish, saylovchilarga saylovda erkin ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar, deputatlikka nomzod ko‘rsatadigan siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasi davomida keng va teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Saylovlarning qonun talablariga to‘la muvofiq ravishda ochiqlik va oshkoralik asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlaydigan saylov komissiyalarining mustaqil tizimi amal qilishi milliy saylov tizimining eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Qonunchilikka muvofiq, saylov komissiyalari mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. Hokimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalarining saylov komissiyalari faoliyatiga aralashishiga har qanday urinishlar taqiqlanadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Faol o’quvchilar rag’batlantiriladi MMIBDO‘: ______________________ Sinf rahbar: ______________________