VII SINF Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil
3-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar: A2 matndagi notanish so‘zlarni lug‘at yordamida tushuna oladi;
mavzuga oid matnlar va suhbatlar mazmunini so‘zlab bera oladi;
berilgan kichik hikoya, rivoyatlarni ovoz chiqarib o‘qiy oladi;
mavzuga oid she’rlarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi;
grammatik bilimlardan qo‘shma, juft, takror so‘zlar, sifatlar, ravish, qo‘shma va juft ravishlarning qo‘llanishiga oid og‘zaki va yozma topshiriqlarni bajara oladi.
matndan grammatik mavzuga doir birikmalar va jumlalarni ajratib yoza oladi;
berilgan savollar, tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 15-20 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn tuza oladi.
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 51-60 ta gapdan iborat diktant yoza oladi;
A2+ matndagi notanish so‘zlarni matnning umumiy mazmunidan kelib chiqib tushuna oladi;
matnlar mazmuni bo‘yicha savollar tuza oladi va o‘zaro suhbatlasha oladi;
ko‘rsatilgan o‘quv filmi mazmunini so‘zlab bera oladi;
berilgan tayanch so‘zlardan foydalanib, rasm asosida og‘zaki va yozma matn tuza oladi;
VIII SINF Xalq ta’limi vazirligining 2018-yil
29-oktabrdagi 266-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar: o‘rganilgan mavzularga oid matnlar mazmunini, mashqlar bo‘yicha berilgan savol va topshiriqlarni tushunadi;
tavsiya etilgan nutqiy mavzularda o‘zaro suhbatlashadi;
matn mazmuni asosida savollar tuzadi, berilgan savollarga grammatik shakllarni qo‘llab, javoblar yozadi;
ommabop materiallarni (gazeta, shaxsiy va elektron xatlar) o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlayb beradi;
suhbat jarayonida murojaat etish shakllarini, muomala odobi (etiket) elementlarini to‘g‘ri qo‘llaydi va fikrga munosabat bildiradi;
mavzuga oid she’r va she’riy parchalarni yoddan aytadi, matnni ifodali o‘qiydi;
berilgan tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 11-15 ta gapdan iborat mustaqil matn yozadi;
50-60 so‘zdan iborat diktant, 55-60 so‘zdan iborat bayon yozadi;
IX SINF Xalq ta’limi vazirligining 2018-yil
29-oktabrdagi 266-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan