O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar
Tinglab tushunish. O‘rganilayotgan mavzuga oid va darslikdagi matnlarni tinglab mazmunini to‘liq tushunadi. Mavzuga aloqador 30-40 so‘zli qo‘shimcha adabiy-badiiy matnlarni audio, video vositalari yordamida tinglab, ko‘rish orqali mazmunini to‘g‘ri tushunadi va eslab qoladi.
Gapirish. O‘rganilgan mavzu doirasida yangi leksik va grammatik materiallarni ishlatgan holda 6-8 gap bilan o‘z fikrini bog‘lanishli (monologik nutq) bayon qila oladi. O‘rganilgan mavzu doirasida 5-6 luqma bilan kerakli o‘rinlarda qolip-gaplardan foydalanib (dialogik nutq ) o‘zaro fikr almasha oladi.
O‘qish. Matnni (ertak, kichik hikoya, gazeta yoki jurnaldan olingan maqola, xabar) to‘g‘ri, ravon, tushunib, bir daqiqada 50-60 so‘z tezligida o‘qiy oladi. Ertak, hikoya, masal va she’rlarni ifodali o‘qiy oladi. Matndan asosiy fikrni ajratish, yangi axborotni o‘zlashtirish, faktlarga, voqea-hodisalarga, asar qahramonlariga o‘z munosabatini bildira oladi. O‘rganilgan matnlar mazmunini 5-7 gap hajmida o‘z so‘zi bilan qayta hikoya qila oladi.
Yozish. Eshitish orqali 6-7 gapni, darslik yoki doskadan 7-8 ta sodda gapni ko‘chirib yozadi. 20-25 so‘zdan iborat matn asosida diktant yozadi. 25-30 so‘zli matn asosida bayon yoza oladi. 2-3 replikali dialogik matnlarni mustaqil yozadi. 5-6 gap bilan matn yoza oladi.
VI SINF
Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil
3-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar:
A2
o‘rganilgan mavzuga oid matnlar, ular yuzasidan topshiriqlar, muloqotda suhbatdoshining nutqini tinglab tushuna oladi;
mavzuga oid matnning mazmunini so‘zlab bera oladi, savollarga javob bera oladi;
mavzuga oid dialoglarda so‘zlovchining fikriga munosabat bildira oladi;
mavzular bo‘yicha matnlarni to‘g‘ri o‘qiy oladi;
berilgan topshiriqlar asosida savollarga javoblar yoza oladi;
grammatik bilimlardan aniq va mavhum otlar, o‘rin-joy otlari, kasb-hunar otlari, narsa-buyum otlari, belgilash, jamlash, bo‘lishsizlik, gumon olmoshlari, sanoq, tartib, chama, taqsim, butun va kasr sonlarni nutqda qo‘llay oladi;
nuqtalar yoki savollar o‘rniga mos so‘zlar va grammatik shakllarni qo‘yib yozish orqali matnni to‘ldira oladi;
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 41-50 so‘zdan iborat diktant yoza oladi;
berilgan mavzular bo‘yicha 10-14 ta gapdan iborat matn tuzib yoza oladi.
A2+
o‘rganilgan mavzuga oid matnlar, ular yuzasidan topshiriqlar, audiovizual vositalar orqali berilgan xabarlar, muloqotda suhbatdoshining nutqini tinglab tushuna oladi;
berilgan topshiriqlar asosida javoblarga savollar tuza oladi;
berilgan mavzu yoki rasm bo‘yicha 10-14 ta gapdan iborat matn tuzib yoza oladi.
Dostları ilə paylaş: |