O’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning ahamiyati. Rejasi


Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 85,1 Kb.
səhifə4/9
tarix28.09.2023
ölçüsü85,1 Kb.
#150086
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning ahamiyati

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotda keltirilgan qoidalar, xulosa va tafsiyalarning o‘rta maktablarning o‘qituvchilari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchilari maktab o‘quvchilarida Vatanga e’tiqodni tarbiyalashda, shuningdek, barcha yurtimiz farzandlarini Vatanga e’tiqodli qilib tarbiyalashda foydalanish mumkin.
Tadqiqot materiallaridan litsey, kollej, o‘rta maktablarida o‘qilayotgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarida keng foydalanish mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan ma’naviyat, ma’rifat muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiya, targ‘ibot va tashviqot ishlarida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi: kirish, 2bob, 5 paragraf, xulosa, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH PELAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
    1. O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mohiyati


1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilindi. Muqaddas orzu ushaldi. O‘zbekiston tinch parlament yo‘li bilan o‘zining haqiqiy davlatchiligiga erishdi. Bu halqimizning ko‘p asrlik tarixida buyuk voqelikdir. Halqimiz siyosiy mutelik va eski asoratdan qutildi.
O‘zbek halqi o‘z mustaqil davlatchiligiga birinchi marta erishgani yo‘q. Tariximiz bir necha ming yillarga taqaladi. Biz tariximizdan biror bir sahifani olib tashlay olmaymiz. Bu tarix bizniki, uni unutishga hech kimning haqqi yo‘q.
“Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, halqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”,9
Bu bugungi kunda tarbiyaning asosiy maqsadi bo‘lmog‘i lozim.
Mamalakatimizda, uning ijtimoiy hayotida yangi davr boshlandi. Mana shunday yurtitmiz taqdiri, kelajagimiz uchun ishonch va qat’iyat bilan kurashadigan barcha kuchlarni birlashtiruvchi, kimning qaysi siyosiy kuch yoki qaysi siyosiy partiya tarafdori bo‘lishidan qat’iy nazar – ularning intilishini yaqinlashtiruvchi nuqtalarni topa bilish muhim ahamiyatga ega.
Kelajagimizni davlatimiz, yurtimiz tinchligini uning xavfsizligini mustahkamlash, yomon ko‘zlardan asrash ishiga o‘zini baxshida etadigan yosh avlodni tarbiyalash hozirgi kun vazifasidir.
Diyorimizda yashayotgan har bir inson shu zaminda voyaga yetgan, uning suvini ichgan, nonini yegan, tuzini totgan vatanparvar, har qanday siyosiy kuch – shunday muqaddas maqsadlardan ortiq yana nimani istashi mumkin?
Vatan qalbi beg‘ubor olam, uni asrab – avvaylash har birimizning muqaddas ishimizdir. Vatan! Ne-ne aziz insonlar voyaga yetgan, uning porloq istiqboli, fazlu


9 I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent, Ma’naviyat, 2008 y.61 bet.
komili uchun jon fido etgan zamin. El borki, Vatan bor – Vatan borki, el bor. Elsiz Vatan biyobon. Vatansiz el – darbadar. Milliy kurashchilarimizdan, otashin istiqlolimiz kurashchilaridan Abdurauf Fitrat bir she’rida «Vatan sajdagohimdir» deb bayon qiladi.
Chindan ham Vatan tuyg‘usi, Vatan tushunchasi biz uchun sajdagohday muqaddas, sajdagohday pok va sajdagohday ulug‘ bo‘lmog‘i kerak.
Biz, - deydi Prezidentimiz I.Karimov «Ona O‘zbekiston istiqlolini, uning sha‘nu – shavkatini qanday himoya etishni ota – bobolarimizdan meros qilib olganmiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog‘imiz darkor. Ulug‘ ajdodlarimizdan muqaddas bo‘lib kelayotgan Vatanga muhabbat tuyg‘usi, farzandlarimiz va kelajak avlodlarimiz uchun chinakam e‘tiqodga, chinakam aqidaga aylansin».
Shundan keyin sizu biz bu dunyodan armonsiz o‘tishga haqqimiz bo‘ladi» - deb o‘ylayman.
Milliy g‘urur, milliy iftixori baland millatni yengib bo‘lmaydi.
Shu mo‘tabar zaminda tavallud topgan va tarbiya topgan shaxs, o‘zini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi inson o‘z davlati, o‘z halqi oldidagi, uni katta umidlar bilan tarbiya etgan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerak.
Demak, har birimiz: «Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi? deb emas, balki «Men o‘z Vatanimga elu yurtimga nima berdim?» deb o‘ylashimiz va shu aqida bilan yashamog‘imiz kerak.
Madomiki shunday ekan, mafko‘ra ziyosining targ‘ibotchilari, ya‘ni tarbiyachilari, muallimlar va ustozlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. tarbiyachi ustoz bo‘lish uchun boshqalarning aql – idrokini o‘stirish, ma‘rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi kerak.
Shunday ekan, yosh avlodni o‘stirishga, tarbiyalashga dahldor insonlarga vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish kerak.
Vatanparvarlik – Hadisi shariflarda «Vatanni sevmoq iymondandir», deb bejiz aytilmagan. Vatanni sevish – vatanparvar bo‘lish demakdir. Inson uchun Vatandan yuksakroq boylik yo‘q.
Vatan nima?
Odamning shaklu – shamoyili, bo‘y – basti, ko‘rinishi, jussasi, tusi, ko‘z qarashlari, yurish turishi, ovozi, tarovati, xullas ichki va tashqi dunyosi u tavallud topgan, o‘nib o‘sgan va kamolotga yetgan joyga monand bo‘ladi. Yetti iqlim kishilari yetti hilda. Olis shimoliy o‘lkalarning aholisi sayyoramizning belbog‘i bo‘lishi Yer ekvatori mintaqalarida yashovchilardan farqlanadilar. Demak, odam o‘z Vatanining bir zarrasidir.
Vatan – bu halqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Bu uning madaniyati, ma‘rifati, tili, dini, fe‘l – atvori, ota bobolaridan qolmish oltin merosi, tomirlarida gupurib to‘rgan, ajdoddan avlodga o‘tib kelayotgan pokiza qoni, tarixidagi muhim bosqichlar «buyuk davlat» qurish maqsadida olib borayotgan kurashidir.
Biz o‘z Vatanimizni sevamiz, u biz uchun bamisoli nafas olayotganimiz musaffo havo kabidir. Havosiz hayot yo‘q demakdir.
Saodatli kelajakka hozir, har daqiqada ulush qo‘shmoq Vatanga muhabbat, Vatanparvarlikning asl ko‘rinishidir. Vatanga munosib farzand bo‘lish, qadrdon tuproq bilan chambarchas bog‘liq ekanligimizni teran idrok etish, unga chin farzandlarcha munosabatda bo‘lish, undan bir hissa narsa olinsa, yuz hissa qilib qaytarish, Vatanni anglash va ardoqlashning bir ko‘rinishidir.
Yer yuzida mamlakatimizdan boshqa turli xil davlatlar ko‘p, lekin insonning tuqqan onasi bitta bo‘lgani kabi, o‘zbeklar uchun O‘zbekiston ham yagonadir.
Ona bag‘ri go‘dak uchun qanday hayotbaxsh bo‘lsa, Vatanimiz uchun shunday huzurbaxshdir. Bu tuyg‘uni tushunish uchun Vatanni yurakdan his qilmoq va sevmoq kerak.
Vatan haqida o‘zining falsafiy fikrini Ahmad Yassaviy hikmatida quyidagicha bayon etadi.
Boshim tufroq, o‘zim tufroq, jismim tufroq,
Xaq vasliga yetarman, deb ruhim mushtoq.
Bu baytda Vatan diydori sog‘inchidagi komil qalbning ruh mushtoqligi ko‘rsatilgan. Odam Vatan bilan birlikka erishsa u nafaqat o‘z elining balki olamning ehtiromiga sazovor bo‘ladi.
Vatan hissi – muqaddas tuyg‘u. Bu tuyg‘u har kimning qoniga ona allasi, bolalikdan eshitgan she‘r, qo‘shiqlar bilan kiradi. Vatanparvarlik tuyg‘usi go‘daklikdan boshlab shakllansa u so‘ngi nafasgacha boqiy bo‘ladi. Vatan va vatanparvarlik hissini, millat hissini har bir o‘zbek fuqarosi chuqur anglashi, ayniqsa O‘zbekistonlik bo‘lganidan, shu yurtga daxldorligidan faxrlanishi lozim.
Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat» risolasida:
«Vatanning har bir asl farzandi o‘zini ota yurtining ajralmas bo‘lagi deb his etayapti va fahrlanayapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan birinchisi ana shu desak, aslo yanglishmagan bo‘lamiz» - deb halqimizning necha asrlardan buyon yagona orzu Ona – Vatan sog‘inchi bilan yashaganini to‘g‘ri ta‘kidlaganlar.
O‘zbekiston fuqorosining vatanparvarligi – bu qayta o‘zgarishlar yo‘lini ko‘rsatuvchi, ko‘zlangan maqsaddan chetga chiqmaydilagan yo‘lchi yulduz, ishonchli komposdir.
Vatanparvarlik – bu ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish, e‘zozlash.
Vatanparvarlik – bu ona – Vatan, mutaqil O‘zbekiston tushunchalarini singdirish va unga sodiq bo‘lishga erishish.
Vatanparvarlik – bu Vatanimiz halqiga, uning tili va madaniyatiga muhabbat va hurmat bilan qarash.
Vatanparvarlik – bu o‘zbek halqining qadim – zamonlardan Turon, Turkiston deb atab kelingan ko‘hna zaminining tarixini bilashga erishish.
Vatanparvarlik – bu o‘z millatiga, Ona yeriga, imoniga sodiqlikdir.
Vatanparvarlik – bu sog‘lom kuchlar, sog‘lom tafakkur egalari, dini, imoni pokizalikdir.
Vatanparvarlik – bu Vatan oldidagi mas‘uliyat, millat manfaati bilan yashash.
Vatanparvarlik – bu har bir kishining o‘z halqiga bo‘lgan fidoiyliklari va halq dardini o‘z dardlaridek o‘ylab yashash.
Vatanparvarlik – bu shaxsni axloqiy shakllantirishning eng muhim tarkibiyqismi hisoblanadi.
Kelajakda biz yoshlarga vatanparvarlikni ro‘yobga chiqarishda, ularga quyidagilarni mujassamlashtirsak maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Mustaqillik his tuyg‘usini shakllantirish va unga amal qilish. O‘zbek milliy g‘ururiga sodiqlik.
Ko‘p millatli O‘zbekiston halqiga do‘stlik munosabatlari . Jamiyatni insonparvarlashtirishda o‘z hissasini qo‘shish. Har bir yerda tartib intizomli bo‘lish.
Demak, ona yurtga munosib farzand bo‘lish uchun namunali axloq odob bilan o‘rnak ko‘rsatish, Vatan uchun jon olib, jon berganlarni hamisha yodda to‘tish yurt manfaati yo‘lida mehnatdan qochmaslik tamoyillariga amal qilishdir. Chunki, vatanparvarlik hissi o‘zbek millatining qadriyatlaridan chuqur o‘rin egallagan.
Halqning vatanparvarlik his – tuyg‘ulari, uning ozodlikka va baxt – saodatga intilishi har bir o‘zbekistonlik uchun muqaddas mazmun kasb etayotgan O‘zbekistonning yangi davlat ramzlarida o‘z ifodasini topgan.
Davlat ramzlari – bayroq, tamg‘a, madhiya, O‘zbekiston halqlarining shon – sharafi, g‘ururi, tarixiy intilishi va xotiralarini o‘ziga mujassamlashtiradi. Mana bu ramzlarni e‘zozlash – o‘zining qadr qimmatini, o‘z mamlakatiga va shaxsan o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash demakdir.
O‘z oilasi, nasl – nasabi bilan faxrlanish vatanparvarlik tuyg‘usiga chuqur hamohang.
Bu, eng avvalo, oilaviy ananalarni avvaylash, ota – bobolarning muborak nomlariga dog‘ tushurmaslikka intilish, o‘z mehnati, bilimlari bilan nasl – nasab obro‘sini mustahkamlash, odamlarning hurmat – ehtiromiga sazovor bo‘lish.
Vatanparvarlik o‘zining qudratli ildizi bilan o‘z oilasining, avlod – ajdodlarining nomus – origa, chuqur ehtiromiga, insonning shaxsiy vijdoniga, burchiga va o‘z so‘ziga sodiqligiga borib taqaladi.
Milliy tuyg‘u inson uchun tabiiydir, chunki u ota – onalardan meros qilib olingan va bola o‘z ota – onasiga butun dunyoga aytgan birinchi so‘zida ifodalanadi. Ya‘ni ona so‘zi hamisha Vatan so‘zi bilan yonma – yon keladi. Bu shunchaki sifat, odatiy majoz emas. Ona – Vatan timsolida biz jamiyatimiz tabiatini, mehribonlik va muvofiqlik poydevoriga qurilgan tuzumimiz xislatini ko‘ramiz.
Demak, har bir sog‘lom avlodda o‘z halqining ananalariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalash kerak. Ana shundagina, o‘z halqini, millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi xaqiqiy inson, o‘z vatanining jonkuyari voyaga yetadi.
SHunday ekan, har bir kishining qalbida o‘z Vataniga buyuk e‘tiqod, oliyjanob muruvvat his – tuyg‘ulari barq urib tursa, bu ajoyib ne‘mat-larni umrbod ardoqlasa, hayotda, turmush tarzida qo‘llasa, shundagina u sofdil samimiy va odil fazilatli, haqiqiy vatanparvar bo‘la oladi.
Milliy istiqlol mafkurasining negizida yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlarni milliy g‘urur, milliy iftixor, milliy ong va o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishni taqozo etadi. Shu boisdan milliy istiqlol mafkurasi negizida vatanparvarlik g‘oyasi ilgari surilmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimov, «Mustaqillikni mustahkamlash asosan to‘rtta negizga asoslanadi», - deb quyidagi fikrlarni olg‘a suradi.
Ya‘ni: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; halqimizning milliy merosini o‘rganish va rivojlantirish; insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish; vatanparvvarlik; Demak, bu fikrlardan shunday tushuncha hosil qilish mumkinki, bugungi kun yoshlarida vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash davlatimizning
kelajakda rivojlangan buyuk davlat sifatida jahonga tanilishida muhim ahamiyat kasb etar ekan.
Vatanparvarlik tushunchasini kengroq tushunish lozim, chunki, u milliy mahdudlik, tor milliy manfaatlarini ifodalamaydi. Vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalashni umummilliy va baynalminalchilik manfaatlari birligi bilan qo‘shib olib borilgandagina umuminsoniy ma‘no kasb etadi.Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash dastlab oilada, ota – ona ko‘magida, oilaning katta e‘zozlari yordamida tarbiyalanadi.
Vatan ostonadan boshlanadi, degan ibora Vatanni sevish ota-onani sevishdan boshlanadi degan ma‘noni ham bildiradi. Ota – onaning bolaga bo‘lgan mehr – muhabbati o‘z vaqtida Vatanga bo‘lgan muhabbat bilan yo‘g‘irilib ketishi zarur.
Bunda asosan oilalarga o‘zaro hamjihatlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, el – yurtga muhabbat, ota-onani qadrlash, o‘zlariga yordam berish, Vatanga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish, ota – bobolarimizga xos mehnatsevarlik odobiga sodiq qolish, bilim olishga intilish, ma‘rifatparvarlarga ehtirom, ma‘naviy axloqiy qadriyatlarga sodiqlik, Vatan va halq tarixiga hurmat bilan qarash, milliy odob – axloq normalariga to‘la amal qilish kabi tushunchalarni yoshlar ongiga singdirish bolalarda Vatanga va ona yurtga bo‘lgan muhabbatini o‘stirishga olib keladigan dastlabki saboqlar hisoblanadi. O‘quvchilarga Vatan haqidagi tushunchani fikrlab, manba‘lar asosidagina emas, balki mamlakatimizning kelajak istiqboli bilan bog‘lab tushuntirishimiz maqsadga molikdir. Chunki vatanparvarlik tuyg‘usi tug‘ma xususiyat bo‘lmay, balki inson hayoti, faoliyati, tarbiyasi jarayonida tarkib topadigan axloqiy xususiyatdir.
O‘zbekistonimiz mustaqilligidan so‘ng, Vatanimiz tarixi, uning davrlar, zamonlar osha o‘zgarishi, madaniyati va barcha hususiyatlari to‘g‘risida bir qancha yirik – yirik kitoblar nashr etilib, bu kitoblar Vatan madhini kuylagan holda o‘zbek halqiga taqdim etildi.
Prezidentimiz I.Karimovning «Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir»,
«O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O‘zbekiston buyuk kelajak sari», «SHu azaz Vatan – barchamizniki», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» kabi asar kitoblari taqdim etildi.
I.A.Karimov «Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir» kitobida «Tariximiz, kelajagimiz ravnaqi, ayniqsa, Vatan tushunchasi tarix davomida ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot munosabati bilan o‘zgarib, kengayib, rivojlanib, boyib kelganini, Vatan – bu kindik qonimiz to‘kilgan makonimiz. Vatan – bu halqimizning o‘tmishi, kelajagi va buguni. Bu uning madaniyati, ma‘rifati, tili, dini, fe‘li – atvori, ota – bobolardan qolgan oltin merosi, shu sababli farzandlarimizni Vatanga muhabbat, Vatanga munosib farzandlar bo‘lib yetishishi» to‘g‘risida bayon qilganlar.
Prezidentimiz I.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli kitobini bashariy – bashorat qirrasi deyish mumkin.
O‘zbekiston va jahon, o‘zbek halqi va bashariyat, O‘zbekiston va XXI asr mavzulari ilk bor mukammal qalamga olingan.
Bu kitobda mamlakatimiz taraqqiyoti, Vatanimiz tinchligi, halq manfaati birinchi o‘ringa qo‘yilgan va barqaror taraqqiyotni kafolatlovchi omillar, iqtisodiy o‘sish asoslari haqida chuqur fikrlar bildirilgan.
«O‘zbekiston buyuk kelajak sari» kitobida Prezidentimiz I.Karimov asosan mustaqillikdan keyingi davr xususida yozganlar. Bunda sodir bo‘layotgan tub siljishlar mamlakatimiz o‘zgartirib borganligi halqimizning ozodligi, mustaqilligi va baxt – saodatga azaliy intilish, o‘z taqdirini o‘zi belgilash xuquqiga ega ekanligi, o‘zbek halqining mustaqillikka bo‘lgan intilishini, O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatini, mavjud tabiiy boyliklari haqida aytiladi.
Vatan haqida olimlarimiz ham ancha asarlar yaratgan. Shulardan; B.Ibroximov, X.Sultonov, N.Jo‘raevlarning «Vatan tuyg‘usi», U.Qurbonning
«Yashnar olam», J.Jabborovning «Istiqlol», E.Qambarovning «Hur o‘lkam», B.Ahmedovning «Vatan tuyg‘usi» nomli asarlari shular jumlasidandir.
Ajdodlarimiz merosida ham Vatan tuyg‘usi muhim o‘rin egallaydi. A.Navoiyning
«Hamsa», Boburning «Boburnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», A.Navoiyning «Mahbul – ul qulub», A.Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq kabi asarlari shular jumlasidandir.
A.Navoiy «Hamsa»dagi «Farhod va Shirin» dostonida Farhodning obrazini yaqqol ko‘rsaradi. Farhod vatanparvar. O‘z yurtining obod va osoyishta bo‘lishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan. Farhod, Shirin yurtiga bostirib kelayotgan bosqinchi va zo‘ravon Xisravga qarshi kurashga otlanishi, o‘z halqining suv haqidagi orzusini ifodalanishi. Farhod hayotining so‘ngi damlarida o‘z Vatani – Xitoyni eslashi, ota – onani, Mulqora va Bahromlarni qo‘msaydi. Farhod obrazi orqali Vatan sog‘inchi chuqur iztirob bilan hikoya qilinadi.
Bobur Movarounnahrda yirik bir davlat barpo qilish maqsadida ancha ishlar qiladi, ammo bor umidi barbod bo‘lgan Bobur o‘z ona yurtini qoldirib, diyoridan uzoqda yashaydi. O‘z she‘rlarida Vataniga bo‘lgan beqiyos muhabbatini kuylaydi. Begona yurtlarda orzusiga erishgan, g‘urbat unga buyuk mo‘g‘ul imperiyasini hadya qilganda ham u ona yurtini qo‘msaydi. Bobur Vatanni sevgan insonning ruhiy kechinmalari, istiroblari, o‘kinchlarini tasvirlaydi.
Tole’ yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi. Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi, O‘z yerini qo‘yib, hind sari yuzlandim, Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Ko‘rinib turibdiki, «Boburnoma» asarida ham Boburning Vatanga bo‘lgan sog‘inchi, mehri, o‘z ona yurtining qanchalik qo‘msashi yaqqol ifodalangan.
A.Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida ham Vatan sog‘inchi eng yuksak o‘rinda. Bobolarimiz «kishi o‘zga yurtida sulton bo‘lguncha o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l» deyishgan. Aytishlaricha, ularning eng muqaddas yeri bo‘lmish Arabistonga bog‘larini, hovlilarini sotib hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana
o‘z Vatanlariga qaytib keladilar. Buning sababi, o‘z Vatanlarining tuproqlarining mehru – muhabbatidur.
Vatan, vatan deya jonim g‘animdan o‘lsa ravon Bunga na g‘am, qolur avlodimda uy-u vatanim G‘uboru dunsa ranim, yo‘q vujud zeri vahm Choroqi o‘z vatanim xokidur g‘uru kafanim Tug‘ilub o‘sgan yerim ushbu Vatan vujudi hoq Ulursa aslina roje‘ bulurmu man g‘amnok.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» dostonida davlatni barqaror to‘tish, hokimiyatni oqilona idora qilish, insonparvar, halqparvar, ilmli bo‘lish kabi fazilatlarni ulug‘laydi. Aql – idrokli, ma‘suliyatni sezsagina o‘z vatanini boshqara oladi va osoyishtaligini barqaror bo‘lishiga ishonch hosil qiladi. Ug‘dulmum obrazi orqali aql – idrokli, donishmand yigit obrazini yaratadi. Unda Ug‘dulmum tadbirkorlik bilan davlatni boshqaradi, uning davrida ham el-yurt yashnaydi. Demak, bu asarlar mazmunidan ko‘rinib turibdiki, bunda «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan g‘oya yotadi.
Mustaqil bo‘lganimizdan so‘ng, chet ellarda yashab kelayotgan vatandoshlarimizning quvonchlari cheksiz edi. Mustaqillikning besh yillik tantanalarida AQSH dan kelib qatnashgan bir hamyurtimiz quvonganidan ko‘ziga yosh olib so‘zlagan edi. Chunki u kishi to‘rt yoshida O‘zbekiston tuprog‘idan chiqib ketgan edi. O‘zbekiston tuyg‘ulari uning qalbida.
Demak, biz kelajak yoshlar Vatanimizni sevishimiz, tuprog‘ini ko‘zimizga to‘tiyo qilmog‘imiz shartdir.
Zotan vatanni sevmoq iymondandur. Iymon bu – Vatan, yor vijdon, hamma – hammasi. Ular Vatan ozodligi yo‘lida qon kechib, bugungi mustaqillik kunlarimiz uchun, avlodlarning tinch – totuv yashashi uchun, istiqlol tog‘larimiz uchun bizni deb, sizni deb haykalga aylanib qolganlar. Bularning jasorati shu zamin istiqboli yo‘lida jonini fido etishga ham tayyor ekanligining timsolidir.
Baxtga erishmoq uchun kurashmoq kerak deydi dono halqimiz. Chunki baxt o‘zidan o‘zi kelmaydi. Uni xech kim g‘oyibdan keltirmaydi. Insonning baxti uning to‘g‘ri tarbiyasi bilan ham bog‘liq. XX asr boshlarida yashab o‘tgan o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Janobi haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradurgon qilib yaratmishdur. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkurmak tarbiya ila bo‘ladir. Agar yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, har kim maqbul, baxtiyor bir inson bo‘lub chiqar.
Agar tarbiyasiz, axloqi buzulib o‘ssa, ollohdan qo‘rqmaydigan, har xil buzuq ishlarni qilado‘rgan, nodon, johil bir rasvoyi olam bo‘lib qolur.
Xudoning rahmati, fayzi hamma insonga yaksardur, Va lekin tarbiyat birla yetishmake sharti akbardir, Tuhib tashlov ila bo‘lmas bola, bu bo‘lgay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul rahnamo sizga”.10
Bugungi kundagi ta’lim-tarbiya sohasidagi vazifalarni hal qilishda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi dasturamal hisoblanadi.
O‘quvchilar ongiga yoshligidan singdirilgan tarbiya ularning bir umrlik harakterining sifatiga aylanadi. Oilada ota-onaning qanday tarbiya ko‘rganligi ham ularning shaxsiy namunasi orqali bolaga o‘tadi. Ota-onaning vatanga munosabati, qo‘ni-qo‘shni, boshqa millat vakillariga munosabati ham bolalar uchun tarbiya maktabidir. Vatanparvarlik va baynalminallik sifatlari bolalarga dastlab ana shunday namunalar orqali tarkib topa beradi.
Vatan! Naqadar ulug‘ va yuksak tushuncha. Ona degan so‘z qanchalar aziz bo‘lgani kabi Vatan ham biz uchun aziz va qadrli. Tirik odam borki Ona Vatanni madh etmasdan iloji yo‘q. Biror bir shoir yoki yozuvchi yo‘qki Vatanni madh etmagan bo‘lsa.
Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim senga,


10 Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq”, Toshkent, “O‘qituvchi”, 1992 y.
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.
Deydi taniqli shoirimiz A.Oripov. A.Oripovni Ona Vatan kuychisi desak hech mubolag‘a bo‘lmas. Chunki u yaratgan asarlarning deyarli ko‘pchiligida Vatan madhiyasi kuylanadi.
Dunyo shoirlari Vatan sha’niga Sifat axtarmishlar qator va qator Nihoyat, kelishib bitta ma’niga:
Ona Vatan deya bitmishlar ash’or.
Vatanparvarlik deganda – bu o‘z Vatanini, halqini sevish, uning manfaati va himoyasiga doim tayyor turishni tushunildi. O‘rta umumiy ta’lim maktabi darsligiga kiritilgan Muhammad Yusufning quyidagi she’ri ham vatanparvarlikni tarbiyalashga yaxshi namuna bo‘ladi:
Ona tilim, jon tilim,
Sen o‘zingsan jon dilim. Yuragimning to‘rida Sayrab to‘rgan bulbulim. Sen borsan – men tirikman, Suyumliman, suyukman.
Men sen bilan ardoqli, Men sin bilan buyukman.
Bunday darslarni tashkil etishda o‘qituvchi mahorati alohida o‘rin tutadi.
O‘zbek halqining qadim-qadimdan shakllanib kelayotgan ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan odob – axloq qoidalari mavjud. Unga ko‘ra odamlarni hurmat qilish, bir-biriga hurmatda bo‘lish, mehr-oqibat, mehr-muruvvat kabi sifatlar mavjudki bu sifatlar millatimizning qon-qoniga singib ketgan. Shuningdek ajdodlarimiz merosida o‘zga halqlarga hurmat bilan qarash, ularnini ranjitmaslik musulmonchilik sifatlaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. X1 asr tasavvuf ta’limoti vakillaridan biri Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asarida shunday deyiladi:
Sunnat ermish, kofir o‘lsa berma ozor,
Ko‘ngli qattiq dilozordan xudo bezor. Olloh haqi bunday qulga sijjin tayyor, Donolardan eshitib bir so‘z dedim mano.
Demak hatto boshqa millat va boshqa din, e’tiqod vakillariga ham hurmat bilan qarash lozimligi bu hikmatda ko‘rsatilgan.
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida asosiy qahramonlar – Farhod Chin elining farzandi, Shirin arman qizi, Shopur eron yigiti, lekin ular o‘rtasidagi do‘stlik va muhabbat har qanday sharoitda ham g‘alaba qozonadi.
Bu bilan Alisher Navoiy halqlar, elatlar, ularning urf-odat, an’analari, odatlari har xil bo‘lganligi bilan insoniylik, hamjihatlik doim qadr topishini ko‘rsatadi.
O‘zbek halqining qadim-qalimdan shakllanib kelayotgan odob axloq qoidalari, insonlararo munosabatlar o‘quvchilarda o‘z vataniga, o‘z halqiga muhabbatni tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘quvchilarga ijobiy sifatlarni singdirishda ajdodlarimizning hayotiga doir hikoyatlar, rivoyatlar ham katta ahamiyatga ega. Shunday rivoyatlardan biri:
Bir kishi Luqmoni Hakimdan: Odobni kimdan o‘rgandingiz ? – deb so‘raganda “Odobni odobsizdan o‘rgandim”, deb javob qilgan ekanlar
O‘quvchilarini tarbiyalashda eng yuksak tuyg‘u Vatan tushunchasini singdirish Vatanga mehr-muxabbat ruhida tarbiyalash biz tarbiyachilarning birinchi navbatdagi vazifamizdir. Vatanni sevmoq imondandir deyiladi, Hadislardan birida. Inson dunyoga kelib ko‘z ochib ko‘rgani uning Ona yurti, Ona vatani bo‘lib hisoblanadi. Bolalarga mana shu tuyg‘ularni singdirish uchun, she’riyatdan, adabiyotdan, halq og‘zaki ijodidan keng foydalanish yaxshi samaralar berishi tayin. Shu sababli o‘quvchilarni eng boshlang‘ich davridan boshlaboq, Vatanni sevishga unga sadoqat, mehr-muxabbat ruhida tarbiyalash har birimizning oldimizda to‘rgan oliy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Biz pedagogik- amaliyot davomida shunday eksprimental tadqiqot ishlarini olib bordik. Bizga o‘tish uchun topshirilgan darslar jarayonida iloji boricha Vatan, Vatan sharafini
himoya qilish, Ona, unga mehr-muxabbat qadr-qimmat tushunchalarini bolalar ongiga singdirishga harakat qildik. Quvnoq daqiqalarda va darsni boshlashdan oldin dars oxirida yuqoridagi mavzularda she’rlar, o‘zbek halq maqollari, do‘stlik birodarlik borasidagi. Hadislar, o‘git nasixatlardan keng foydalandik va tez kunda o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatdi. Bolalarga Vatan, Ona, non, do‘stlik haqidagi savollar bilan murojaat qilganda tutilmay tez va aniq javob qaytarish malakasiga ega bo‘lganligini ko‘rdik. Ular o‘z fikrlarini xatto she’rlar bilan maqollar bilan ifodalashga harakat qildirlar.
A.Navoiyning g‘azal, ruboiylaridan, A.Yassaviy hikmatlaridan yod olishdi va bular sinfdan tashqari bo‘ladigan tadbirlarda juda qo‘l keldi.
Bizning mamyaakatimizda yuqoridagi sifatlarni yoshlarda tarbiyalashda jismoniy tarbiya darslari muhim davlat amamiyatiga molik ishdir. Chunki, mehnatkashlarning salomatligi, jismoniy tayyorgarligi ijtimiy mehnat unumdorligiga va mamlakatning mudofaa qobiliyatiga jiddiy va bevosita ta’sir etadi. Jismoniy tarbiya va sport yosh avlodni axloqiy yetuk hamda goyaviy yuksak kadrlar etib tarbiyalash uchun katta imkoniyatlarga ega. Davlat xujjatlarining xammasida yeshlarning garmonik rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlnk qilish fikri ochiq ko‘zga tashlanadi. Yoshlarning ma’naviy rivojlanishi ma’naviy boylik, axloqiy soflik va jismoniy kamolot bilan harakteranadi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, jismoniy tarbiya darslarida O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yutuqlar haqidagi ma’lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
O‘zbekistonni sportdagi birinchi yutuqlaridan biri futbol sohasida bo‘ldi. 1994 yilda bo‘lib O‘tgan 12 – Osiyo uyinlarida O‘zbekiston futbol terma jamoasi oltin medallarni qo‘lga kiritib O‘zbekistonga 1-o‘rin bilan kaytib keldilar . Shundan so‘ng o‘zbek futbolida inqiroz yuzaga keldi . 1994 yildagi olamshumull g‘alabadan so‘ng natijalar ancha pasayib ketdi . Shu davrda O‘zbekiston futbol terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatga uchragan . Bu mag‘lubiyat Yaponiya terma jamoasi bilan
bo‘lgan uchrashuvda qayd etilgan , o‘sha uyinda O‘zbekiston 1-8 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. O‘z tarixidagi eng yirik g‘alaba Mug‘uliston terma jamoasi ustidan qozonilgan 15-0 hisobidagi g‘alabadir . Natijalarni pasayishiga asosiy sabab qilib 1994 yilgi tarkibdan 10 % uyinchi qolganini ko‘rsatish mumkin . Bu davr ichida Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Shuhrat Maqsudov, Sergey Lebedev kabi asosiy tarkib uyinchilari katta sport bilan xayrlashishdi .
Lekin hozirgi kunda akalarini o‘rnini bosa oladigan yosh kadrlar yetishib chiqayapti. Yosh uyinchilarga ishonch kattaligini sabablaridan biri ular O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor Jahon Chempionati uyinlariga chiqqanidir . O‘zbekiston futbolini kelajagi deb yuritilayotgan futbolchilar quyidagilar : Server Jeparov, Leonid Koshelev, Ilyos Zeytullayev, Vladimir Shishelov, Maksim Shatskix, Aleksandr Geynrix, Ignadi Nestrev, Vladislav Kiryan, Baxtiyor Ashurmatov, Mirjalol Kosimov, Yevgeniy Safonov, Aleksey Palikov.
O‘zbekiston sportini yana bir rivojlangan tarmoklaridan kurashdir. Mustaqillik yillarida Milliy kurash Federatsiyasi tashkil etildi va uni Prezidenti etib O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov saylandi. Juda oz vaqt ichida 3 marta kurash bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazildi. Shunisi quvonarli holki bu jahon chempionatlarida nafaqat o‘zbek polvonlari balki chet el fuqarolari ham chempionlikni qo‘lga iritganlar. Kurashni Olimpiya uyinlari qatoriga kiritish to‘g‘risida ham takliflar Olimpiya qumitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilayapti.
Olimpiada O‘zbekiston sporti yuksak marralar sari dadil odimlayotganini yana bir bor namoyish etdi. Musobaqalarda yurtimiz sportchilari bittadan oltin va kumush, ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘n ikki vakilimiz esa kuchli oltilikdan joy oldi. Olimpiadada bokschilarimiz erishgan yutuqlar, ayniqsa, maqtovga loyiq. O‘zbekistonlik “charm qulqop” ustalari o‘z chiqishlari
yakunlariga ko‘ra, 199 davlatning boks jamoalari orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
O‘tgan ikki xafta Sidney Olimpiadasida qatnashgan delegatsiyamiz a’zolari uchun unutilmas davr bo‘lib qolishi aniq. Bu davrning o‘ziga xos yakuni esa 4 oktabr bo‘ldi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy karorgohida olimpiadachilarimizni qabul qildi.

  • Avvalambor, olis Avstraliya zaminida bo‘lib o‘tgan Olimpiya uyinlarida qatnashib, O‘zbekiston obro‘sini yana bir karra jahonga tarannum etib, ona yurtimizga, ota-onangiz, yoru birodarlaringiz bag‘riga eson-omon qaytib kelganingiz uchun Alloh taologa shukronalar aytamiz, - dedi davlatimiz rahbari uchrashuvda. - Shu fursatdan foydalanib, Olimpiya uyinlarining boshidan oxirigacha sizlarning millionlab muxlislaringiz, butun halqimiz O‘zbekiston sportchilarining chikishlarini televideniye va matbuot orqali ko‘zatib, xushxabarlar kutib yashaganini aytib o‘tmoqchiman.

Olimpiya uyinlarining ochilish marosimida mamlakatimiz vakillarining boshqa davlatlar sportchilari qatorida vikor bilan O‘tgani, ularning kaddi-komati, ochik chexrasining o‘ziyok barcha vatandoshlarimizning gururiga gurur kushdi. Nega deganda, sport olamidagi eng nufo‘zli, eng yuksak sanalmish Olimpiya uyinlarida katnashishning o‘zi barcha uchun katta baxt, katta sharaf.

  • Olimpiya maydonlaridagi musobaqalar qanday kizgin kurashlar ostida O‘tgani, har bir ishtirokchidan juda katta kuch-kuvvat, iroda va intilish, butun borligini bagishlashni talab etgani kupchilikka ayon, - deb ta’kidladi Prezident. - Barchamiz mana shunday keskin rakobat sharoitida g‘alabaga erishish, munosib o‘rin egallash nakadar ogir va mashakatli kechganining guvoxi bo‘ldik. Bugun shu fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xukumati nomidan, mustaqil mamlakatimiz halki nomidan Olimpiya uyinlarida katnashganingiz, garchi, ayrimlaringizga omad qo‘lib bokmagan bulsa-da, butun kuch-gayrat va katiyat bilan kurashganingiz, O‘zbekiston obrusini yuksaltirishga xissa kushganingiz uchun barchangizga tashakkur bildirishdan baxtiyorman.

Yana va yana bir marta aytmoqchiman. Vatanimizning munosib vakillari bo‘lib, bor kuch-gayratingizni safarbar etib, shunday nufo‘zli musobaqalarda katnashganingizning o‘zi men uchun, va uylaymanki, butun halkimiz uchun katta g‘alaba, desak xato bulmaydi. Shu bois, barchangizning, O‘zbekiston jamoasining mana shu yutugiga qo‘limizdan kelganicha xissa kushdik, deya boshingizni baland kutarib yurishingiz tarafdoriman. Ma’lumki, sportchini olimpiya uyinlariga tayyorlash o‘zok, va mashakkatli mehnatdir. Shu sababli, bu jarayon bevosita xukumatimiz raxnamoligida amalga oshirildi.
Ular uchun eng yaxshi sport maydonlari va zallari ajratib berildi. Ammo, yaxshi sharoit o‘z yuliga, ustozlarning ugitiyu tavsiyalari, tajribalari esa bebaho. E’tirof etish kerak, sporchilarimizni mashakkatli, ayni paytda, sharafli bellashuvga tayyorlashda murabbiy va ustozlarning xissasi katta bo‘ldi. Shu bois, mamlakatimiz raxbari ularga, shuningdek, Olimpiadada ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi raxbarlariga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Sidney Olimpiadasi O‘zbekiston boksiga unutilmas shuxrat ato etdi. Muhammadkodir Abdullayev o‘zbek bokschilari orasida birinchi bo‘lib "Olimpiya chempioni" degan yuksak nomga mo‘sharraf bo‘ldi. Prezident bu sportchimizning Sidney ringlarida ko‘rsatgan matonat va jasoratini chinakam kaxramonlik, deb atadi.

  • Muhammadkodir kuksida oltin medal bilan goliblik shoxsupasida magrur to‘rganida, uning sharafiga davlatimiz madxiyasi yangrab, bayrogimiz baland kutarilganida, uning timsolida halkimizning kuch-kudrati, shijoat va matonati namoyen bo‘ldi, desam aslo xato bulmaydi, - dedi Islom Karimov. - Fursatdan foydalanib, O‘zbekistonning xakikiy iftixori bo‘lgan shunday paxlavon yigitni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onasiga, barcha ustoz va murabbiylariga chin yurakdan tashakkur aytaman.

Prezident Olimpiadaning boshqa kaxramonlari - kumush medal sovrindori kurashchi Artur Taymazov, bronza medali soxiblari - bokschilar Sergey Mixaylov va Rustam Saidovni ham erishgan g‘alabalari bilan muborakbod etdi.
Bugun Vatanimiz ham, halkimiz ham, jumladan, sportchilarimiz ham, ta’bir joiz bulsa, katta tarakkiyot yulining boshida turibdi. Shu ma’noda, sportchilarimizning bu muvaffakiyati kelgusida qo‘lga kiritiladigan olamshumul zafarlarning debochasidir. Prezidentning ta’biri bilan aytganda, bu yutuqlar O‘zbekiston sportchilari uchun yana turt yildan so‘ng Olimpiya harakatining vatani bulmish kadim yunon diyori - Gretsiyada utkazilajak navbatdagi Olimpiadadagi katta g‘alabalar uchun zamin bo‘ladi.
Shundan so‘ng, Olimpiadaning xakikiy kaxramoni, XXVII yozgi Olimpiya uyinlari chempioni Muhammadkodir Abdullayev so‘zga chikib, yurtimizda sportni rivojlantirishga berilayotgan katta e’tibor uchun mamlakatimiz raxbariga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda so‘zga chikkan O‘zbekiston Milliy Olimpiya kumitasi raxbari Sobir Ro‘ziyev ham Sidneyda sportchilarimizning muvaffakiyatli ishtirokini ta’minlagan bosh omil, xukumatimiz, shaxsan Prezident Islom Karimov tomonidan sportga va sportchilarga ko‘rsatilayotgan katta gamxurlik va e’tibor bo‘lganini alohida ta’kidladi. U davlatimiz raxbariga Olimiadada ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari nomidan minnatdorlik izxor etib, sporchilarimiz bunday gamxurlikka javoban kelgusi musobaqalarda yanada muvaffakiyatli katnashadi va Vatanimiz obrusini tagin ham yuksaltiraveradi, deb ishontirdi.
Yoshlarni ma’naviy barkamol qilib yetishtirish uchun jismoniy tarbiya xodimlari shahar va kishlokda olib boriladigan ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlariga e’tiborni kuchaytirishlari, kishlok va shahar yoshlari uchun ma’qo‘l keladigan, ularbop sport turlarini rivojlantirishlari, tuman markazlarida doimo sport musobaqalari utkazib turishlari kerak va xokazo.
Bizning yoisharimiz har tomonlama ma’lumotli va ma’naviy guzalgina emas, balki sog‘lom, chinikkan, jismoniy baquvvat bo‘lishi xam kerak.
Jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, hal etiladigan vazifalardan kelib chiqqan holda bo‘linadi: tarbiya, o‘rganish, rivojlantirish
metodiga bo‘linadi. Bu asosiylaridan tashqari yana qator usullar mavjud: rahbarlik, tashkil qilish, yordamchi metodlar, asoslashtirishi, jismoniy yuklarni me’yorlash, yordam berish, tadqiqot, tanlash. Biroq jismoniy tarbiya nazariyasi ta’limot to‘g‘risida juda oz. Ko‘pchilik o‘rgatish metodi - bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi ishlar usuli deb hisoblaydilar qaysiki buning yordamida o‘quvchilar tomonidan bilimlar o‘zlashtirib olinadi. Bilim, ko‘nikma shakllanib boradi, dunyoqarashi rivojlanadi, qobiliyati o‘sadi, bu yerda rahbarlik, va tashkiliy shakllar deb tanishish mumkin. Jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanish jarayonida uni mazmuni sifat tomonga o‘zgaradi (maqsadi, vazifasi, manbasi, shartlari, tamoillari va metodlari). Mazmunini o‘zgartirish orqali eski shaklli tashlab yuboriladi, yangisi esa uni mazmunini o‘zgartirishga olib keladi. Bunga misol qilib maktab darsini ko‘rsatish mumkin, mana to‘rt yuz yildan ortiq o‘quv – tarbiyaviy jarayoni asosiy shakli bo‘lib kelmoqda. Chunki darsning mazmuni maktab dasturi materiallari belgilaydi.
Jismoniy tarbiya darsi klassifikatsiyasi.
Dars tuzilishi uni mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun dars tuzilishi tadqiqot qilish (vazifasi, manbasi, metodlari).
Darsning maqsadi darsga qo‘yilgan aniq vazifalar bilan belgilanadi. Shu bilan birga aniq manbalarni qo‘llay bilish talab etiladi.
Dars vazifasi va uning manbasi muvoffaqqiyat bilan amalga oshirilishi mumkin, faqat uning prinsiplari va metodlari to‘g‘ri saqlanganda.
Jismoniy tarbiya darsi jarayonida xilma xil tarbiyaviy, ta’lim va gigiyenik vazifalar hal etiladi, xima xil jismoniy mashqlar bajariladi.
O‘zidan o‘zi ma’lumki, eng avvalo darsning tuzilishining qonuniyatlarini, tamoilini , metodlarini saqlash talab etiladi. Shunday qilib dars o‘zining asosiy pedagogik kategoriyalari tizimi bilan harakterlanadi. Dars tuzilishining juda ko‘p komponentlari mavjud, demak uning cheksiz variantlari mavjud bo‘lishi kerak deb bilmog‘imiz zarur.
Umumpedagogik va maxsus adabiyotlarda dars klassifikatsiyasiga turlicha yondashishlar mavjud, ba’zi xollarda darsni didaktik maqsadlariga (o‘rgatish darsi, qaytalash darsi). Darslarni klassifikatsiya qilishda ularni bir biriga o‘xshashligi mohiyati didaktiv maqsadni o‘quv materiallini vujudga keltiradi.
O‘rgatish jarayonini barcha komponentlari ( o‘rgatish, metodi, o‘quv metarillarini olish, jismoniy yuk berish usullari (jismoniy tarbiya darsi va boshqa mashg‘ulotlar jarayonida o‘qitish so‘zini) atamasini ishlatish o‘rniga o‘rgatish so‘zini atamasini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bizni fanimizda o‘qitilmaydi, harakat faoliyatlariga o‘rgatiladi (yurish, sportcha yurish, uloqtirish, sakrash, otish, sport o‘yinlari va boshqalarga o‘rgatilishi sababla o‘rgatish atamasini qo‘llashni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. V.V. Belinovaya, N.N. Yefremov va boshqalarning tabiri bilan aytganimizda. Ular darsni to‘rt tipiga ajaratadi:

  1. yangi materiallni o‘zlashtirish darsi;

  2. qaytalash darsi (takomillashtirish) o‘zlashtirib olganni mustaxkamlash;

  3. shug‘ullanuvchilarni bilim malakasini, ko‘nikmasini tekshirish, nazorat darsi;

  4. aralash tipidagi darslar (o‘quv mashqlanish).

Bu klassifikatsiyada faqat kirish harakteriga ega bo‘lgan dars yo‘q (bu dars o‘rgatish jarayoni boshlanishida qo‘llaniladi).
Har qanday alohi kontingent bilan ishlashda jismoniy mashqlar mashg‘ulotini tashkil etish asosini bilish zarur. To‘g‘ri tashkil etilgan mashg‘ulot butun jismoniy tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi, mustaqil ish ko‘rish, ijod qilish, ko‘pol hatolarga yo‘l qo‘ymaslik va ishda ko‘zbo‘yamachilikni yo‘qotish imkonini beradi.

    1. Yüklə 85,1 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin