O’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning ahamiyati. Rejasi



Yüklə 85,1 Kb.
səhifə3/9
tarix28.09.2023
ölçüsü85,1 Kb.
#150086
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning ahamiyati

Tadqiqot maqsadi: Jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuksak insoniy fazilatlarni egallash imkoniyatlarini aniqlash va ulardan vatanparvarlik tarbiyasida foydalanish yo‘llari va usullarini ishlab chiqish.
Tadqiqot predmeti: Jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmuni.
Tadqiqot ob‘ekti: Jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoni.

Tadqiqot vazifasi:


  • mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;

  • Jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlarini aniqlash;

  • - o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan suhbat, anketa, test va boshqa ilmiy- tadqiqot metodlarini qo‘llab o‘quvchilarda vatanparvarlik hislarini shakllanish va rivojlanish darajasini o‘rganish;

  • Jismoniy tarbiya darslarida ta’lim – tarbiya jarayonida halq og‘zaki ijodidan keng doirada foydalanib, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yo‘l va usullarini ishlab chiqarish;

  • jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir tavsiyalar tayyorlash.

Tadqiqotimiz metodlari: adabiy manba‘larni o‘rganish, kuzatish, test, anketa va eksperiment kabi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalandik.
Tadqiqot ishimizning metodologik asosi: «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun,
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», Prezident nutqlarida ifoda etilgan mustaqillik mafko‘rasi, falsafaning dialektik kontsepsiyasi, Sharq mutafakkirlarining yoshlarni jismoniy tarbiyalash haqidagi yondashuvlari.

Tadqiqotimizimizning ilmiy yangiligi:


  • o‘quvchilarida Vatanga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalashning samarali foydalanish yo‘llari ishlab chiqildi;

  • jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlarini aniqlandi;

  • o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan suhbat, anketa, test va boshqa ilmiy- tadqiqot metodlarini qo‘llab o‘quvchilarda vatanparvarlik hislarini shakllanish va rivojlanish darajasini o‘rganildi;

  • jismoniy tarbiya darslarida ta’lim – tarbiya jarayonida halq og‘zaki ijodidan keng doirada foydalanib, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yo‘l va usullarini ishlab chiqildi;

  • jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir tavsiyalar tayyorlandi.


Yüklə 85,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin